Barcha HLlarda ish joyidagi ko‘chma erga ulagichlarni chuqurligi 0,5 metrdan kam bo‘lmagan chuqurlikda
erga kiritilgan maxsus erga ulagichga yoki mahalliy sharoitlarga qarab boshqa turdagi erga ulagichlarga ulash
mumkin.
48. 1000 V gacha kuchlanishli HLlarda ishlar tayanchlardan yoki izolatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lmagan
teleskopik minoralardan turib bajarilganda, erga ulagichlar ta’mirlanayotgan simlar bilan bir qatorda, ushbu
tayanchlarga osilgan barcha simlarga, shu jumladan telemexanika va radiotranslatsiya simlariga ham o‘rnatilishi
kerak.
49. HL simlari turli balandliklarda osilgan bo‘lsa, erga ulagich eng pastdagi simdan boshlab, pastdan
yuqoriga qarab o‘rnatilishi, gorizontal osilganida esa — eng yaqin turgan simdan boshlab o‘rnatilishi kerak.
50. Ilashgan kuchlanish zonasidan o‘tadigan yoki boshqa zanjirlari kuchlanish ostida turgan ko‘p zanjirli
liniyaning uzilgan zanjiridagi simlarda (troslarda) tayanchda turib olib boriladigan ishlarda, erga ulagich ishlar
bajarilayotgan har bir tayanchga o‘rnatilishi kerak.
Ilashgan kuchlanish zonasi — bu HL o‘qidan 110 kV kuchlanishli HL uchun — 100 metr, 220 kV kuchlanishli
HL uchun — 150 metr, 500 kV kuchlanishli HL uchun 200 metr masofada XL bo‘ylab ikki tarafidan vertikal tekislik
bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo fazosidagi 110 kV va undan yuqori kuchlanishli o‘zgaruvchan tok
HLning uzunasi bo‘yicha zona.
51. Ilashgan kuchlanish zonasida izolatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lmagan teleskopik minoradan yoki odamlarni
ko‘tarish uchun ishlatiladigan boshqa mexanizmlardan turib simlarda (trosslarda) ishlar bajarilganda, ularning
ishchi maydonchalari ko‘chma erga ulagich yordamida sim (tross) bilan ulanishi, minora yoki mexanizmning o‘zi
esa erga ulanishi kerak. Bunda sim (tross) yaqin turgan tayanchda erga ulanishi kerak.
52. HLda ko‘chma erga ulagichlarni o‘rnatish va tayanchlarga o‘rnatilgan erga ulagich pichoqlarni ulash
1000 V dan yuqori kuchlanishli HLda elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga va 1000 V gacha kuchlanishli
HLda kamida III guruhga ega bo‘lgan tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan shaxslar,
ulardan biri ish bajaruvchi, ikkinchisi esa elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega brigada a’zosi
tomonidan bajarilishi kerak. Ko‘chma erga ulagichlarning kamida III guruhga ega bo‘lgan ikki shaxs tomonidan
yechib olinishiga ruxsat beriladi.
Yerga ulagichni o‘rnatishda va yechib olishda bu operatsiyalarni bajaruvchi ikki shaxsdan biri, shu jumladan
ish bajaruvchi ham erda turishi mumkin.
Yerga ulagich pichoqlarni uzishni tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan, elektr xavfsizligi
bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs amalga oshirishiga ruxsat etiladi.
Dostları ilə paylaş: