Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Yerga ulagichlarni saqlash va hisobini yuritish



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/77
tarix03.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#124761
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77
712-сон 11.11.2020. Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

7-§. Yerga ulagichlarni saqlash va hisobini yuritish
53. Ko‘chma erga ulagichlar komplekti raqamlangan bo‘lishi va ular uchun ajratilgan joyda saqlanishi lozim.
Ko‘chma erga ulagichlarni ilib qo‘yish yoki taxlab qo‘yish uchun ajratilgan maxsus joylar ularning komplektlarida
ko‘rsatilgan raqamlarga mos raqamlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
54. Ko‘chma erga ulagichlarni o‘rnatish va yechib olish, erga ulagich pichoqlarni ulash va uzish tezkor yoki
mnemonik sxemalarda, tezkor jurnalda va naryadda aks ettirilishi shart.
Barcha ko‘chma erga ulagichlar ularning turgan joylari ko‘rsatilgan holda raqamlari bo‘yicha hisobga
olinishi kerak.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini
ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
qoidalariga
  
10-ILOVA
Alohida ishlarni bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalari
1-bob. Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilish
1. Elektr dvigatellarga yoki aylanuvchi qismlarga va ular orqali harakatga keltiriladigan mexanizmlarga
tegish bilan bog‘liq ishlarni bajarishda, elektr dvigatelni to‘xtatish va uni ishga tushirish qurilmasiga yoki
boshqarish kalitiga “ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” plakatini osib qo‘yish zarur.
2. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr dvigatelning yoki u orqali harakatga keltiriladigan
mexanizmlarning tok o‘tkazuvchi yoki aylanuvchi qismlariga tegish bilan bog‘liq ishlarni bajarishda, mazkur
Qoidalarga 9-ilovaning 
4-bandiga 
va 
10-ilovaga 
muvofiq elektr dvigateldan kuchlanishni olish lozim.
Elektr dvigatelda ishlanganda, erga ulagich kabelga (uni elektr dvigateldan ajratib yoki ajratmasdan turib)
yoki uning TQdagi ulanmasiga o‘rnatilishi zarur.
Aylanuvchi qismlarga tegish bilan bog‘liq bo‘lmagan yoki ulash muftasi ajratilgan mexanizmlardagi ishlarni
bajarishda, elektr dvigatelni ta’minlovchi kabelni erga ulash zarur emas.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellarda yoki u orqali harakatga
keltiriladigan mexanizmlarda ishlashda, kuchlanishni olish va kabelning tok o‘tkazuvchi qismini erga ulash
mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 
7

8
 va 
36-bandlariga 
muvofiq bajarilishi lozim.
3. Nasoslar, tutun so‘rgich va shamollatkichlarning elektr dvigatellarida ishga ijozat berishdan oldin, agar
elektr dvigatellarga ulangan mexanizmlar orqali ularda aylanish ehtimoli mavjud bo‘lsa, bu mexanizmlardagi
surilma klapanlar va shiberlar yopiq holatda va qulflangan, shuningdek, elektr dvigatellarning rotorlarini
tormozlash choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
4. Elektr dvigatellarning aylanuvchi qismlari ishlab turgan vaqtda ularning to‘siqlarini olish man etiladi.
5. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellarni qo‘lda boshqariladigan ishga tushiruvchi apparat
yordamida ulash va uzish operatsiyalarini izolatsiyalangan taglik ustida dielektrik qo‘lqopdan foydalanib bajarish
kerak.
6. Ishlab turgan elektr dvigatelning cho‘tkali apparatiga xizmat ko‘rsatishni tezkor xodimlardan bo‘lgan
shaxs yoki shu maqsadda ajratilgan bunday ishlarni bajarishga o‘qitilgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III
guruhga ega bo‘lgan shaxs bajarishiga ruxsat etiladi. Bunda quyidagi ehtiyot choralariga rioya etilishi zarur:
ishni bosh kiyimda va tugmalari taqilgan maxsus kiyimda, kiyim mashinaning aylanuvchan qismlariga
tortilib ketishidan ehtiyot bo‘lib bajarish;
dielektrik kalish yoki rezina gilamchadan foydalanish;
qo‘l bilan birdaniga ikki qutbdagi tok o‘tkazuvchi qismlarga yoki tok o‘tkazuvchi va erga ulangan qismlarga
tegmaslik.
Aylanayotgan elektr dvigatelidagi rotor halqalarini silliqlash ishlarini faqat izolatsiyalangan dasta yordamida
himoya ko‘zoynagini taqib bajarish kerak.


7. Ishlab turgan katta tezlikdagi elektr dvigatelning ishlatilmayotgan chulg‘ami va uning ta’minlovchi kabeli
kuchlanish ostida deb hisoblanishi kerak.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin