Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Kabel va muftalarni osish hamda mahkamlash



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/77
tarix03.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#124761
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77
712-сон 11.11.2020. Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

2-§. Kabel va muftalarni osish hamda mahkamlash
38. Ochiq muftalar handaq ustidan tashlangan ko‘ndalang taxtalarga sim yoki tros yordamida o‘rnatilgan
mustahkam to‘singa osilib, quti bilan yopilishi lozim. Qutining bir tomoni yechib olinadigan va mixsiz
mahkamlanadigan bo‘lishi kerak.
39. Kabellarni osish uchun qo‘shni kabellardan, quvurlardan va shunga o‘xshash materiallardan foydalanish
man qilinadi.
40. Kabellarni shunday osish kerakki, ular keyinchalik joyidan siljimasligi kerak.
41. Qazib ochilgan kabelni yopuvchi qutilar ustiga ogohlantiruvchi “TO‘XTA! KUChLANISh!” plakati osib
qo‘yilishi shart.
3-§. Muftalarni ochish va kabelni kesish
42. Muftalarni ochishdan yoki kabelni kesishdan oldin ta’mirlanishi kerak bo‘lgan kabel haqiqatan ham shu
ekanligiga, ish bajarish uchun u uzib qo‘yilganligiga va unda ishlashga ijozat berish uchun kerakli barcha texnik
tadbirlar bajarilganligiga ishonch hosil qilish kerak.
43. Ish joyida ta’mirlanishi zarur bo‘lgan kabel quyidagicha aniqlanishi kerak:
kabel tunnel, kollektor, kanal ichidan imorat devorlari bo‘ylab o‘tkazilgan bo‘lsa — uni trassa bo‘ylab
kuzatish bilan, chizma va sxemalar bo‘yicha kabellarning joylashish tartibini solishtirish va kabellardagi yorliqlarni
tekshirish orqali;
kabel yer ichidan o‘tkazilgan bo‘lsa — ularning erdagi joylashishini sxemada ko‘rsatilgan holatlarini
solishtirish orqali. Buning uchun oldindan kabel to‘plamidagi barcha kabellar ko‘zga ko‘rinadigan qilib, kabel
to‘plamiga ko‘ndalang bo‘lgan nazorat handag‘i (shurf) qazilishi kerak.
44. Ta’mirlanishi zarur bo‘lgan kabelni ishonch bilan aniqlab bo‘lmagan hollarda, kiydirma ramkasi bo‘lgan
kabel qidiruvchi apparat qo‘llanilishi kerak.
45. Kabel liniyalarida kabelni kesishdan yoki ulovchi muftani ochishdan oldin maxsus po‘lat ignali yoki
kesuvchi uchli izolatsiyalovchi shtangali moslama yordamida kuchlanish yo‘qligini tekshirish zarur. Moslama
yordamida kabelning zirhi va qobig‘ini tok o‘tkazuvchi fazalarigacha teshish yoki kesish, bir-biriga qisqa
tutashtirib, uning erga ulanishini ta’minlash lozim. Kabelning teshiladigan joyi ustiga oldindan berkituvchi ekran
o‘rnatilishi kerak. Tunnellarda, kollektorlarda va quduqlarda bunday moslamani qo‘llash uchun faqat masofadan
boshqarish mavjud bo‘lganda ruxsat etiladi.
46. Kabelning shikastlanishi natijasida uning barcha tok o‘tkazuvchi fazalari ochilib qolgan bo‘lsa,
kuchlanish yo‘qligini kabelni teshmasdan kuchlanishni bevosita ko‘rsatuvchi asbobning o‘zi bilan tekshirish
mumkin.
47. Kabelni teshish ishlari javobgar rahbar yoki ijozat beruvchi yoxud uning kuzatuvi ostida ish bajaruvchi
tomonidan bajariladi.
Kabelni himoya ko‘zoynagini taqib va dielektrik qo‘lqop kiyib teshish lozim. Teshish vaqtida handaq
ustidagi izolatsiyalovchi moslamada va imkoni boricha kabeldan uzoqroqda turish kerak.
48. Teshadigan moslamani erga ulash uchun kabelning zirhidan yoki 0,5 metr chuqurlikda erga kiritilgan
maxsus moslamadan foydalaniladi. Yerga ulovchi sim zirhga halqasimon qisqich yordamida ulanadi; qisqich
ostidagi zirh tasmasi tozalangan bo‘lishi zarur.
Agar zirh tasmasi zanglagan bo‘lsa, u holda erga ulovchi simni kabelning metall qobig‘iga ulashga ruxsat
etiladi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan to‘rt tolali kabel liniyasida ishlar bajarilganda, uning nol simi ikkala
uchidan ajratib qo‘yiladi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin