Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Taqsimlash qurilmalarining tok o‘tkazuvchi qismlaridan va ular yaqinidan kuchlanish olinmasdan



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/77
tarix03.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#124761
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77
712-сон 11.11.2020. Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

6-bob. Taqsimlash qurilmalarining tok o‘tkazuvchi qismlaridan va ular yaqinidan kuchlanish olinmasdan
turib izolatsiyani tozalash
90. YOTQlarining tok o‘tkazuvchi qismlaridan va ular yaqinidan kuchlanishni olmasdan turib, izolatsiyani
tozalash izolatsiyalangan shtanga bilan ta’minlangan maxsus cho‘tka yoki chang yutgich yordamida bajariladi.
91. YOTQlarining kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida izolatsiyani
tozalash faqat poldan yoki mustahkam taglikdan turib, chang tozalovchi vositalar bilan bemalol harakatlanish


uchun kengligi yetarli darajada bo‘lgan yo‘laklarda bajarilishi mumkin.
92. Izolatsiyani chang yutgich bilan tozalashda elektr qurilmaning kuchlanishiga mo‘ljallangan maxsus
moslamalar o‘rnatilgan g‘ovak izolatsiyalovchi shtangadan foydalaniladi. Bu shtangalar tutashuvga yo‘l
qo‘ymaslik uchun va ichidagi changni yo‘qotish uchun ish boshlashdan oldin va ish davomida muntazam
tozalab turilishi zarur.
93. G‘ovak izolatsiyalovchi shtangalarga o‘rnatilgan qalpoqcha shunday ishlangan bo‘lishi kerakki, unda
izolatsiyani tozalash chog‘ida qo‘shni fazalarga tegib, tutashuv hosil bo‘lmasligi kerak.
94. Kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida izolatsiyani tozalash dielektrik
qo‘lqoplarda va botiklarda bajarilishi kerak.
95. Kuchlanish olinmasdan tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida izolatsiyani tozalash qanday
uslubda bajarilishidan qat’i nazar, kamida ikkita shaxs tomonidan bajarilishi, ulardan biri elektr xavfsizligi
bo‘yicha kamida IV, qolganlari — kamida III guruhga ega bo‘lishi kerak.
Ushbu shaxslar maxsus o‘qitilgan va ko‘rsatilgan ishlarni bajarishi uchun ijozat olgan bo‘lishlari va bu haqda
guvohnomalarida belgi qo‘yilgan bo‘lishi shart.
Izolyatorlarni tozalash ish bajaruvchining yoki brigadaning kamida IV guruhga ega bo‘lgan a’zosining
uzluksiz nazorati ostida, brigada a’zolaridan faqat III guruhga ega bo‘lgan shaxslardan biri tomonidan bajarilishi
mumkin.
96. Izolyatorlarni tozalash ishlari bo‘yicha mahalliy sharoit hamda ish texnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan
qo‘shimcha talablarni ko‘zda tutuvchi yo‘riqnoma tuziladi. Yo‘riqnoma korxonaning bosh energetigi tomonidan
tasdiqlanadi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin