4-§. Trassani daraxtlardan tozalash
228. Daraxtlarni qulatishdan oldin ish joyi tozalangan bo‘lishi kerak. Qish
paytida qorga qulatilayotgan
daraxt tagidan tez qochish maqsadida uning qulaydigan tarafiga qarama-qarshi tarafga burchak qilib, 5-6 metr
uzunlikda tozalangan ikkita yo‘lakcha ochilishi kerak.
229. Ish bajaruvchi ish boshlashdan oldin barcha brigada a’zolari qulatilayotgan daraxtlar, yo‘g‘on arqonlar
va boshqalarning HL simlariga yaqinlashishi xavfli ekanligi haqida ogohlantirilishi shart.
230. Daraxtlar simlarning ustiga qulashining oldini olish uchun ular chopishdan oldin tortqi bilan tortib
qo‘yilishi zarur.Chopilayotgan yoki arralanayotgan daraxtlar ustiga chiqish taqiqlanadi.
231. Daraxt
simlarga qulagan taqdirda, HLdan kuchlanish olinmaguncha, unga 8 metrdan kam bo‘lgan
masofaga yaqinlashish man etiladi.
232. Kesilayotgan daraxtning qulashi to‘g‘risida arrakashlar boshqa ishchilarni ogohlantirishi shart. Daraxt
qulashi mo‘ljallangan tomonda hamda uning qarama-qarshi tomonida turish taqiqlanadi.
233. Daraxtning ma’lum qismini chopmasdan yoki arralamasdan qulatish man etiladi.
Shuningdek,
daraxtni yalpisiga arralab qulatish ham taqiqlanadi. Qiyshaygan daraxtni egilgan tarafiga qulatish zarur.
234. Ishdagi tanaffus yoki boshqa daraxtni kesishga o‘tish vaqtida kesilayotgan yoki arralanayotgan
daraxtlarni qulatmasdan qoldirish man qilinadi.
235. Chirigan va qurigan daraxtni qulatishdan oldin uning
mustahkamligini tekshirish, shundan so‘ng
qulatish uchun arralashni boshlash zarur. Bunday daraxtlarni chopib qulatish taqiqlanadi.
236. Bir necha daraxtlarni oldindan ma’lum qismini arralab bir yo‘la va birini ustiga birini ag‘anatish yo‘li
bilan qulatish taqiqlanadi. Birinchi navbatda, chirigan, kuygan va qurigan daraxtlar qulatilishi kerak.
13-bob. Elektrod qozonlari. Elektr filtrlari
237. Izolatsiyalangan korpusli, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektrodli qozonning g‘ilofi qulflanib
yopilishi shart. Qozondan kuchlanish olingandan keyingina g‘ilofni ochishga ruxsat beriladi.
238. Ishlab turgan elektrodli qozonga ulangan quvurlarda ularning erga himoya
ulagichlarini buzish yoki
ularni ajratish bilan bog‘liq ishlarni bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
239. Quvurlarni ajratishdan avval elektr payvandlash yordamida bo‘laklar orasida mustahkam metall
kontakt bo‘lishini ta’minlash lozim. Bir-biridan ajratilishi baypas aylanmasi bilan jihozlangan quvurlarni bo‘laklari
orasida bunday kontaktni ta’minlash talab etilmaydi.
240. Elektr filtrlarini ekspluatatsiya qilishda quyidagilar man etiladi:
javobgar rahbarning naryaddagi alohida ko‘rsatmasi bo‘yicha naryadda ko‘rsatilgandan
tashqari hollarda
odamlarning elektr filtri ichida bo‘lgan paytlarida silkitish mexanizmini ulash;
elektr filtrlarining bunker va seksiyalarida bir vaqtda baravariga ta’mirlash ishlarini olib borish;
ta’minlovchi agregatlarning blokirovka qurilmalari nosoz bo‘lgan paytda elektr filtrining seksiya teshiklari,
izolyator g‘iloflari va lyuklarni yopuvchi zulfinlar va shunga o‘xshash moslamalarda nosozlik bo‘lmasa, elektr
filtrlarga hamda uni ulovchi kabellarga kuchlanish berish.
241. Qozon elektr filtrining har qanday maydonchasida, zahiradagi shinada, elektr filtrini manbaga ulovchi
har
qanday kabelda ishlanganida, ushbu elektr filtrini barcha ta’minlovchi agregatlari uzilishi va erga ulanishi
kerak.
242. Elektr filtri seksiyalarida odamlar ishlashiga ijozat berishdan oldin seksiyalar shamollatilishi va
bunkerdagi kul (chang) olib tashlanishi shart. Havo harorati esa 45 °C dan oshmasligi zarur.
243. Elektr filtri o‘chirilgandan keyin undan va uni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi kabellardan 1000 V
dan yuqori kuchlanishli elektr agregatlarini erga ulash yo‘li bilan elektrostatistik zaryad olib tashlanishi zarur.
Elektr filtrini erga ulanmagan qismidan zaryad olib tashlanishiga qadar unga tegish taqiqlanadi.
244. Korxonalarda mavjud kul (chang) ushlaydigan qurilmaning
alohida xususiyatlariga qarab, elektr
filtrlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mahalliy yo‘riqnoma ishlab chiqilishi kerak.
Yo‘riqnomada sexlar o‘rtasida xizmat ko‘rsatish chegaralari o‘rnatilishiga qarab, naryad va ishlashga ijozat
berish tartibi belgilanadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2020-y., 09/20/712/1502-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)