Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Naryad berish va rasmiylashtirish tartibi



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/77
tarix03.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#124761
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77
712-сон 11.11.2020. Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

Naryad berish va rasmiylashtirish tartibi
69. Ishlash uchun naryad ikki nusxada yoziladi. Ikkala nusxasini ham aniq va tushunarli yozilishiga rioya
etilganda, u ko‘chirgich qog‘oz (kopirka) qo‘yilib to‘ldiriladi. Yozilgan yozuvni o‘chirish yoki tuzatishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
70. Naryadni naryad beruvchi shaxs tomonidan javobgar rahbarga yoki ushbu obyektning tezkor
xodimidan hisoblangan katta xodimga telefon orqali berilishiga ruxsat etiladi.
Bunda naryad uch nusxada to‘ldiriladi: bir nusxasini naryad beruvchi shaxs to‘ldiradi, ikkita nusxani esa
telefon orqali qabul qilayotgan shaxs to‘ldiradi.
Elektr qurilmalarida ishlar doimiy tezkor xodimlari bo‘lmagan va tezkor yoki tezkor ta’mirlovchi xodim
hisoblangan shaxs tomonidan ijozat beruvchi va javobgar rahbar vazifasini o‘rindoshlik asosida bajarganda
naryad ikki nusxada yoziladi. Ulardan biri ish bajaruvchiga beriladi, ikkinchisi esa naryad beruvchi shaxsda qoladi.
Naryad telefon orqali berilganda, naryad beruvchi shaxs uning matnini (telefonogramma shaklida) aytib
yozdiradi. Matnni qabul qilayotgan shaxs esa naryad blankasini to‘ldirib, qayta tekshirib ko‘radi. Bunda naryad
beruvchi shaxsning imzosi o‘rniga uning familiyasi ko‘rsatiladi va matnni qabul qilayotgan shaxsning imzosi bilan
tasdiqlanadi.
Telefon orqali qabul qilingan naryad asosidagi ishga ijozat berish umumiy tartibda amalga oshiriladi.
71. Naryad bitta brigadali bitta ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) yoziladi. Ish bajaruvchining qo‘liga faqat
bitta naryad beriladi.
Bitta brigada tomonidan kuchlanishni olmasdan bir nechta ulanmalarda, bir yoki xar hil TQlarda,
podstansiyaning har xil xonalarida bajariladigan bir xil turdagi ishlarga navbat bilan ketma-ket bajarish uchun
bitta umumiy naryad berilishi mumkin. Bir ish joyidan boshqa ish joyiga o‘tishni faqat bir TQdan boshqasiga,
TQning bir qavatidan boshqa qavatiga o‘tilgan taqdirda, rasmiylashtirish talab qilinadi.
72. Bitta javobgar rahbarga bir paytda beriladigan naryadlar soni har bir alohida holatda naryad beruvchi
shaxs tomonidan belgilanadi.
Naryad tezkor xodimga bevosita ish joyini tayyorlash oldidan beriladi.
Naryadni ish bajaruvchiga ishni boshlash arafasida berishga ruxsat etilmaydi.
73. Barcha tok o‘tkazuvchi qismlardan, shu jumladan, HL va kabel liniyalarining (keyingi o‘rinlarda — KL)
ning chiqishlaridan kuchlanish olingan va qo‘shni elektr qurilmalariga kirish yopiq (1000 V gacha bo‘lgan yig‘ma
va shchitlar kuchlanish ostida qolishi mumkin) bo‘lsa, elektr qurilmasining barcha ulanmalarida bir vaqtning
o‘zida ishlash uchun bitta naryad berilishiga ruxsat etiladi.
74. Ish joyi kengaytirilgan yoki ish joylarining soni o‘zgargan taqdirda, yangi naryad berilishi lozim.
75. Brigada tarkibini naryad beruvchi shaxs belgilaydi.
76. Brigada a’zolarining soni va malakasi bo‘yicha tarkibi hamda ish bajaruvchining (kuzatuvchi)malakasi,
ish bajaruvchining (kuzatuvchi)brigada a’zolari ustidan yetarlicha nazoratni ta’minlash imkonidan kelib chiqib,


ishlarni bajarish sharoitini hisobga olgan holda belgilanadi.
77. Naryad muddatini naryad beruvchi yoki ushbu elektr qurilmasida ishlashga naryad berish huquqiga
ega bo‘lgan boshqa xizmatchi uzaytirishi mumkin.
Naryad muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ruxsatnomani ijozat beruvchiga, javobgar rahbarga yoki ish
bajaruvchiga telefon, radio yoki kuryer orqali berilishi mumkin. Bunday hollarda ushbu xodim o‘z imzosi bilan
naryad muddatini uzaytirgan xizmatchining ismi va familiyasini yozib ko‘rsatadi.
78. Naryadlar bo‘yicha ishlar bajarib tugatilgandan so‘ng ular 30 kun davomida saqlanishi kerak, keyin esa
ularni saqlash talab etilmaydi.
Agar naryad bo‘yicha ishlarni bajarishda avariya yoki elektrdan jarohatlanish sodir bo‘lgan bo‘lsa, bu
naryadlar korxonaning arxivida saqlanishi shart.
79. Naryad bo‘yicha ish bajarilganda brigada kamida ikki kishidan — ish bajaruvchi va brigada a’zosidan
iborat bo‘lishi kerak. Ish bajaruvchi rahbarlik qiladigan brigada tarkibiga elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhga ega
bo‘lgan har bir brigada a’zosiga I guruhga ega bo‘lgan bitta elektrotexnik yoki elektrotexnologik xodim kiritilishi
mumkin. Ammo brigadadagi I guruhga ega bo‘lgan xodimlarning umumiy soni ikki kishidan oshmasligi kerak.
80. Navbatchilik vaqtida tezkor xodimlar yuqori turuvchi shaxsning ruxsati va tezkor jurnalga yozish sharti
bilan naryadga kiritilmasdan, ta’mirlash brigadasida ishlash uchun jalb etilishi mumkin.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin