Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Ish jarayonida nazorat olib borish, brigada tarkibini o‘zgartirish



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/77
tarix03.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#124761
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77
712-сон 11.11.2020. Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

Ish jarayonida nazorat olib borish, brigada tarkibini o‘zgartirish
87. Brigada ishiga ijozat berilgan paytdan boshlab, xavfsizlik texnikasi talablari buzilishining oldini olish
maqsadida uning ustidan nazorat olib borish ish bajaruvchi yoki kuzatuvchi zimmasiga yuklanadi. Ish bajaruvchi
va kuzatuvchi o‘z ishini shunday tashkil etishi kerakki, brigadaning hamma a’zolari ustidan nazorat qila olishi va
imkoni boricha xavfli ishlar bajarilayotgan ish joyida bo‘lishi kerak.
Kuzatuvchiga nazorat bilan birga boshqa bir ishni o‘rindoshlik asosida bajarish taqiqlanadi.
Ish bajaruvchi va brigada a’zolari naryad bo‘yicha ko‘zda tutilgan ish joyi maydonidan tashqaridagi boshqa
brigada o‘z ishini tamomlashi yoki elektr qurilmasini ulash sxemasi o‘zgarishi oqibatida uning naryadda ko‘zda
tutilgan ish joyidan tashqarida bo‘lgan qismlari xohlagan paytda kuchlanish ostida bo‘lib qolishi mumkinligini
yodda saqlashlari kerak va shuning uchun ularga yaqinlashish taqiqlanadi.
Ish bajaruvchining ruxsati bilan brigada a’zolaridan biri yoki bir nechtasini qisqa muddatga tashqariga
chiqishiga ijozat beriladi. Ish joyida qoladigan brigada a’zolari soni ish bajaruvchini qo‘shib hisoblaganda ikki
kishidan kam bo‘lmasligi shart. Qaytib kelgan brigada a’zolari faqat ish bajaruvchining ruxsati bilan ishga
kirishishlari mumkin.


Chiqib ketgan brigada a’zolari qaytib kelishiga qadar ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ish joyidan chiqib ketish
huquqiga ega emas. III guruhli brigada a’zolari ish joyidan yakka o‘zlari chiqishi va qaytishlari, I — II guruhli
brigada a’zolari esa faqat III guruhli brigada a’zosi kuzatuvida chiqishi va qaytishlari mumkin.
88. Yopiq yoki ochiq TQlar ichida ish bajaruvchining yakka o‘zi yoki brigada a’zolarini ish bajaruvchisiz
qolishlariga ruxsat etilmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
a) brigada a’zolaridan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhli bir yoki bir nechta xodim ishlarni bajarish
sharoitlari bo‘yicha (masalan, uzatmalari boshqa xonaga chiqarilgan o‘chirgich yoki ajratkichlarni rostlash,
ikkilamchi zanjirlarni tekshirish, ta’mirlash yoki montaj qilish, kabellarni o‘tkazish, uskunalarni sinash, himoyani
tekshirish va shunga o‘xshashlar) bir ulanmaning turli ish joylarida, turli xonalarida bo‘lishlari zarur bo‘lgan
taqdirda.
Bunda, ish bajaruvchi alohida turgan brigada a’zolarini ish joylariga olib borib qo‘yishi va ularga xavfsizlik
texnikasi bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berishi shart;
b) bir brigada tomonidan ishlar turli ulanmalarda bajarilgan hollarda (shinalarning differensial himoyasini
tekshirish, ajratkich bilan blokirovkalangan o‘chirgichlar zanjirini tekshirish, zaxirani avtomatik ulash (keyingi
o‘rinlarda — ZAU) qurilmasini sozlash va rostlash va boshqalar).
Bunday ishlarga, ularni bir vaqtning o‘zida turli ulanmalarda bajarishga bitta naryad yoki ishlarning
xususiyatiga qarab, umumiy tartibda rasmiylashtirilgan holda bir ulanmadan boshqa ulanmaga o‘tishga naryad
berilishi mumkin.
Kuchlanish olingan TQlarda brigada tarkibidan bittasi ish joyida qolishi va ishni davom ettirishi mumkin.
89. Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) qisqa muddatga ish joyidan ketishi zarur bo‘lganda, agar bu vaqtga
javobgar rahbar yoki ushbu naryadni bergan shaxs yoki tezkor xodim hisoblangan shaxs uni almashtira olmasa, u
brigadani taqsimlash qurilmasidan chiqarishi va o‘zi chiqqanidan so‘ng eshiklarni qulflashi, naryadda tanaffus
rasmiylashtirishi zarur.
Agar ish bajaruvchi o‘rnida javobgar rahbar yoki naryad bergan shaxs qolsa, ish bajaruvchi o‘zining ish
joyidan ketish vaqtida naryadni unga qoldirishi zarur.
90. Javobgar rahbar va tezkor xodimlar vaqti-vaqti bilan ishlayotganlar tomonidan xavfsizlik texnikasi
qoidalariga rioya etilayotganligini tekshirib turishlari zarur. Xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishi yoki
ishlayotganlar xavfsizligiga xavf soladigan boshqa holatlar aniqlangan taqdirda, naryad ish bajaruvchidan olib
qo‘yiladi va brigada ish joyidan chiqarib yuboriladi.
Aniqlangan buzilishlar va kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng tezkor xodim tomonidan umumiy tartibda
ishga ijozat berish rasmiylashtirilib, brigada javobgar rahbar ishtirokida ishlashiga ruxsat berilishi mumkin.
91. Brigada tarkibidagi o‘zgarishlar naryad bergan shaxs, u bo‘lmagan taqdirda esa, ushbu elektr qurilmasi
bo‘yicha naryad berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan naryadda rasmiylashtirishi zarur. Ushbu
o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur bo‘lgan taqdirda telefon orqali berilishi mumkin.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin