12. Konstruksiyasi ularning xavfsiz o‘rnatilishini ta’minlaydigan turg‘un va ishonchli mahkamlanadigan
maxsus ko‘chma to‘siqlarni, qafaslar, qiyshaytirib yasalgan shchit va boshqalarni qo‘llashga ruxsat etiladi.
13. 15 kV gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida hamda tok o‘tkazuvchi qismlarni shchitlar bilan to‘sib
bo‘lmaydigan hollarda, uzilgan va kuchlanish ostida turgan tok o‘tkazuvchi qismlar (masalan, uzilgan
rubilnikning, ajratkichning kontaktlari) orasiga joylashtiriladigan izolatsiyalovchi
qoplamadan foydalanishga
ruxsat etiladi. Bu izolatsiyalovchi qoplamalar kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib turishi mumkin.
Qoplamalarni kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida V va IV guruhga, 1000 V gacha
bo‘lgan qurilmalarda IV va III guruhga ega (ulardan biri tezkor, boshqasi ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lishi
mumkin) ikki shaxs dielektrik qo‘lqop va izolatsiyalovchi shtangadan yoki himoya ko‘zoynagini qo‘llab,
izolatsiyalovchi qisqichdan foydalanib o‘rnatishi va olib qo‘yishi lozim.
14. Yopiq elektr qurilmalarida erga ulagich pichoqlar ulanib yoki ko‘chma erga ulagich o‘rnatilganidan
so‘ng ish joyi bilan qo‘shni va uning ro‘parasidagi yacheykalarning to‘rli yoki yaxlit to‘siqlariga “TO‘XTA!
KUChLANISh!” plakatlari osib qo‘yilishi shart.
Bunday to‘siqlari bo‘lmagan ish joyi yaqinidagi yacheykada hamda qo‘shni va ro‘paradagi yacheykalarda,
shuningdek, xodimlarning kirishlari taqiqlangan yo‘lkalar xuddi shunday plakatlar
bilan jihozlangan shchitlar
(pardalar) bilan to‘sib qo‘yilishi kerak. Ko‘chma shchitlar shunday joylashtirilishi kerakki, bunda xavf paydo
bo‘lgan taqdirda, ular xodimlarning chiqib ketishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
15. OTQda poydevorga va alohida konstruksiyalar ustiga o‘rnatilgan uskunalarda erdan turib ish
bajarilganda, ish joyi (o‘tish uchun yo‘lak qoldirilib) ichkariga qaratib “TO‘XTA! KUChLANISh!”
plakatlari osib
qo‘yilgan izolatsiyali elektr sim yoxud o‘simlik yoki sintetik toladan ishlangan yo‘g‘on arqon bilan to‘sib qo‘yilishi
kerak.
Yo‘g‘on arqonni osish uchun ish joyi zonasiga kirmaydigan kontruksiyalardan ular to‘silgan maydon
chegarasidan tashqarida qolishi sharti bilan foydalanishga ruxsat etiladi.
Liniya ajratkichlaridan tashqari OTQning barchasidan kuchlanish olinganida, liniya ajratkichlari to‘silgan
maydon tashqarisiga qaratib osib qo‘yilgan “TO‘XTA! KUChLANISh!” plakatlari osilgan yo‘g‘on arqon bilan to‘sib
qo‘yilishi lozim.
16. OTQning kuchlanish bor bo‘lgan qo‘shni uchastkalariga o‘tish mumkin bo‘lgan joydagi
konstruksiyalarning uchastkalariga yaxshi ko‘rinadigan “TO‘XTA! KUChLANISh!” plakatlari o‘rnatilishi kerak. Bu
plakatlar elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan tezkor ta’mirlovchi yoki ta’mirlash
xodimlaridan bo‘lgan shaxs tomonidan ijozat beruvchining rahbarligi ostida o‘rnatilishi mumkin.
Ko‘tarilish ruxsat etilgan konstruksiyalarga qo‘shni bo‘lgan konstruksiyalar pastida “ChIQMA! O‘LDIRADI!”
plakati osilishi shart.
Ko‘tarilish ruxsat etilgan ko‘chmas narvonlar va konstruksiyalarga “ShU YERDAN ChIQILSIN!”
plakati osib
qo‘yilishi kerak.
17. Elektr qurilmalarida HL dan tashqari tayyorlangan barcha ish joylariga erga ulagich o‘rnatilishi va ish joyi
to‘silishidan keyin “ShU YERDA IShLANSIN!” plakati osib qo‘yilishi lozim.
18. Ishlash vaqtida xodimlarga to‘silgan maydonchalar tashqarisiga o‘tish, o‘rnatilgan vaqtincha to‘siq va
plakatlarni olib qo‘yish yoki joyini o‘zgartirish taqiqlanadi. Barcha plakatlar faqat tezkor xodimlarning farmoyishi
bo‘yicha osib va olib qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: