Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Kuchlanish yo‘qligini tekshirish



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/77
tarix03.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#124761
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77
712-сон 11.11.2020. Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

3-§. Kuchlanish yo‘qligini tekshirish
19. Elektr qurilmalaridagi kuchlanish olinganda bajariladigan barcha turdagi ishlarni boshlashdan oldin
ishlanadigan uchastkada kuchlanish yo‘qligini tekshirish zarur. Elektr qurilmasining ishlash uchun uzilgan
qismida kuchlanish yo‘qligini tekshirish taqiqlovchi plakatlar osilganligidan keyin ijozat beruvchi tomonidan
amalga oshirilishi lozim.
20. Elektr qurilmasida kuchlanishning yo‘qligi foydalanishdan oldin soz holatda ekanligi maxsus asboblar
orqali yoki yaqinda joylashgan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqinlashtirib aniqlangan, zavodda
ishlab chiqarilgan kuchlanish ko‘rsatkichi yordamida tekshirilishi kerak.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida kuchlanish ko‘rsatkichidan dielektrik
qo‘lqoplarda foydalanish zarur.
Kuchlanish ko‘rsatkichining yaroqli ekanligini ish joyida tekshirib ko‘rish uchun yaqin orada avvaldan
kuchlanish ostida turgan tok o‘tkazuvchi qismlar yoki boshqa imkoni bo‘lmagan taqdirda, uni boshqa elektr
qurilmasida avvaldan tekshirib qo‘yishga ruxsat etiladi.
Agar bunday yo‘l bilan tekshirib qo‘rilgan kuchlanish ko‘rsatkichi tushirib yuborilgan yoki zarbaga (qattiq
silkinishga) uchragan bo‘lsa, uni qayta tekshirmasdan turib qo‘llash taqiqlanadi.
Uzilgan uskunalarda kuchlanish yo‘qligini barcha fazalarda, o‘chirgich va ajratkichda esa oltita kirish
qisqichlarining barchasida tekshirish kerak.
Agar ish joyidagi elektr zanjirida uzilish bo‘lsa, kuchlanish yo‘qligi uzilgan joyning ikkala tarafidagi tok
o‘tkazuvchi qismlarda tekshiriladi.
Doimiy to‘siqlar bevosita kuchlanish yo‘qligini tekshirishdan oldin ochilishi yoki olinishi kerak.
21. Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida kuchlanish yo‘qligini tekshirish uchun,
shuningdek, izolatsiyalovchi shtangadan ham foydalanish mumkin, buning uchun uni tok o‘tkazuvchi qismlarga
bir necha marta tekkizib ko‘rish lozim, bunda chirsillash va uchqun chiqmasligi kuchlanish yo‘qligidan dalolat
beradi.
Kuchlanishi 220 kV gacha bo‘lgan OTQda kuchlanish yo‘qligini kuchlanish ko‘rsatkichi yoki shtanga bilan
faqat quruq ob-havo sharoitida tekshirishga ruxsat etiladi. Nam ob-havo sharoitida kuchlanish yo‘qligini mavjud
sxemani sinchiklab kuzatish orqali tekshirishga ruxsat etiladi. Bunday hollarda chiqib ketayotgan liniyada
kuchlanish yo‘qligi tezkor xodim yoki dispetcher tomonidan tasdiqlanadi.
Agar sxemani tekshirishda, shinalarda yoki uskunalarda kuchlanish borligini tasdiqlovchi tojlanish yoki
liniya ajratkichlarini uzish paytida uning kontaktlari orasida liniyada kuchlanish borligidan darak beruvchi
uchqun chiqayotganligi aniqlansa, sxemani qaytadan tekshirib chiqish va liniyaning holati to‘g‘risidagi
mulohazalarni tezkor xodimga yoki dispetcherga yetkazish zarur.
Barcha kuchlanishdagi KTP va TKTQda kuchlanish yo‘qligini turli ob-havo sharoitida foydalanishga
mo‘ljallangan maxsus ko‘rsatkich bo‘lmagan hollarda, nam ob-havo sharoitida mavjud sxema bo‘ylab sinchiklab
kuzatish yo‘li bilan tekshirib ko‘rishga ruxsat etiladi.
Mavjud sxema bo‘ylab kuzatish paytida HL va KL kirishlarida kuchlanish yo‘qligi ushbu liniya tezkor
boshqaruvi ostida bo‘lgan xodimlar tomonidan tasdiqlanadi.


HLlarda sxema bo‘ylab joyida kuzatish uning yo‘nalishini va tashqi belgilarini tekshirishdan, shuningdek,
tayanchdagi belgilarni liniyalarning dispetcherlik nomlariga muvofiqligini tekshirishdan iborat.
22. 6 — 20 kV kuchlanishli HLning yog‘och va temir beton tayanchlarida hamda teleskopik minora ustida
ishlanganda, sig‘im toki oqishi prinsipiga asoslangan kuchlanish ko‘rsatkichi bilan kuchlanish yo‘qligini
tekshirishda uning yetarlicha sezgirligi ta’minlanishi shart. Buning uchun ko‘rsatkichning ishchi qismining
ko‘ndalang kesimi 4 mm dan kam bo‘lmagan sim bilan erga ulanishi kerak.
23. Simlari turli sathlarda osilgan HLlarda kuchlanish yo‘qligini kuchlanish ko‘rsatkichi yoki shtanga bilan
tekshirish va erga ulagichlarni o‘rnatish, eng pastki simdan boshlab, pastdan yuqoriga qaratib amalga oshirilishi
lozim. Gorizontal osilgan simlarda esa tekshirishni eng yaqin joylashgan simdan boshlash kerak.
24. 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida kuchlanish yo‘qligi ham fazalar orasida, ham har bir faza
bilan uskunaning erga ulangan korpusi yoki erga ulanadigan (nol simi) simi orasida tekshirilishi kerak. Avvaldan
tekshirilgan voltmetrni qo‘llashga ruxsat etiladi. Nazorat lampalarini qo‘llash taqiqlanadi.
25. Apparatlar, blokirovka qurilmalari, doimiy ulangan vol’tmetrlar va boshqa moslamalarning o‘chganlik
holati haqida signal beruvchi qurilmalar faqat qo‘shimcha vositalar bo‘lib hisoblanadi va ularning ko‘rsatkichlari
yoki harakatlariga asoslanib kuchlanish yo‘qligi haqida xulosa chiqarish mumkin emas.
Signal beruvchi qurilmalarning kuchlanish borligini ko‘rsatishi ushbu qurilmaga yaqinlashish mumkin
emasligidan dalolat beradi.
26. Podstansiyalarning elektr qurilmalarida va TQda kuchlanish yo‘qligini kuchlanishi 1000 V dan yuqori
elektr qurilmalarida tezkor yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV
guruhga, 1000 V gacha qurilmalarda kamida III guruhga ega bulgan shaxsning yakka o‘zi tekshirishiga ruxsat
etiladi.
HLlarda kuchlanish yo‘qligini tekshirishni kuchlanishi 1000 V dan yuqori HLda kamida IV va III guruhga,
kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HLda — III guruhga ega bo‘lgan ikki shaxslar amalga oshirishlari kerak.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin