36. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida TQning, shchitlarning yig‘ma shinalarida va
ushbu shinalarning yig‘malarida (izolatsiya bilan qoplangan simlardan yasalgan shinalardan tashqari) kuchlanish
olinib ishlanganda, bu shinalarga erga ulagich o‘rnatilishi kerak. Ushbu TQ, shchitlar, yig‘malarning ulanmalariga
va ulardan ta’minlanuvchi uskunalarga erga ulagich o‘rnatish
zarurati va imkoni naryad, farmoyish beruvchi
shaxs tomonidan belgilanadi (mazkur Qoidalarning
60-bandi
).
37. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida:
erga ulovchi pichoqlarni tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan kamida IV guruhga
ega bo‘lgan bitta shaxs yakka o‘zi bajarishiga ruxsat etiladi;
ko‘chma erga ulagichlarni o‘rnatish elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV va III guruhga ega bo‘lgan tezkor
yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan ikki shaxs tomonidan bajarilishi kerak. Kamida III guruhga ega
bo‘lgan ikkinchi shaxs ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lishi va u elektr qurilmasining sxemasi bilan tanishib
chiqqan hamda yo‘l-yo‘riq olgan bo‘lishi kerak;
erga ulovchi pichoqlarni uzish va ko‘chma erga ulagichni olish tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi
xodimlar
jumlasidan bo‘lgan kamida III guruhga ega bitta shaxs tomonidan bajarilishi mumkin.
38. 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida erga ulagichni o‘rnatish va olib tashlash bo‘yicha barcha
operatsiyalarni tezkor yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan bo‘lgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga
ega bo‘lgan bitta shaxs bajarishiga ruxsat etiladi.
39. Agar bajarilayotgan ishning xususiyatiga ko‘ra talab etilsa (masalan, izolatsiya qarshiligini o‘lchash va
shunga o‘xshash), ish joyini tayyorlash vaqtida o‘rnatilgan erga ulagichlarni vaqtincha olib turishga ruxsat etiladi.
Bunda ish joyi mazkur Qoidalarning talablariga to‘la mos ravishda tayyorlanishi kerak va faqat ishni bajarish
vaqtida xalaqit berishi mumkin bo‘lgan erga ulagichlar olib qo‘yiladi.
Yerga ulagichlarni vaqtincha olib turish va qayta o‘rnatish tezkor xodim yoki uning kuzatuvi ostida elektr
xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan brigada a’zosi tomonidan bajariladi.
Mahalliy tezkor xodimlari bo‘lmagan kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida erga
ulagichni vaqtincha olib turish va qayta o‘rnatish ijozat beruvchi shaxs bo‘lmagan hollarda javobgar rahbar yoki
ish bajaruvchi, yoki uning kuzatuvi ostida kamida III guruhga ega bo‘lgan brigada a’zosi
tomonidan bajarilishi
mumkin.
Naryadni topshirish paytida erga ulagichni vaqtincha olib turishga ruxsat, uning “Alohida ko‘rsatmalar”
satrida bu operatsiya qayerda va qaysi maqsadlar uchun talab qilinishi to‘g‘risida yozib qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: