Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Elektr uzatish havo liniyalarini erga ulash



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/77
tarix03.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#124761
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77
712-сон 11.11.2020. Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

6-§. Elektr uzatish havo liniyalarini erga ulash
40. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori HL taqsimlovchi qurilmalarning barcha uzilgan joylarida va seksiyaga
ajratadigan kommutatsiya apparatlari oldida erga ulanishi kerak. Quyidagi hollarda:
shoxoblangan 35 kV va undan yuqori kuchlanishli HLning ikkala uchidan erga ulanishiga va shu
podstansiyalarda erga ulagichlar tarmoqdan uzilgan liniya ajratkichlaridan keyin (podstansiya tomonidan)
o‘rnatilishi sharti bilan erga ulamaslikka ruxsat etiladi;
6 — 20 kV kuchlanishli HLni faqat bitta TQda yoki seksiyaga ajratuvchi bitta apparat oldida yoki bu
qurilmaga yaqin joyda erga ulagich qurilmasi bo‘lgan tayanchdagi seksiyaga ajratuvchi apparat oldida erga
ulashga ruxsat etiladi. Ushbu kuchlanishdagi boshqa TQda va havo liniyasi tarmoqdan uzilgan joydagi
seksiyalarga ajratuvchi kommutatsiya apparatlari oldida HLga ish joyi bilan TQ o‘rtasida yoki seksiyaga ajratuvchi
kommutatsiya apparatlari oralig‘ida erga ulagich o‘rnatish sharti bilan HLni erga ulamaslikka ruxsat etiladi. Yerga
ulagichlar erga ulash qurilmasi bo‘lgan tayanchlarda o‘rnatiladi. 1000 V gacha kuchlanishli HL uchun erga
ulagich faqat ish joyida o‘rnatilishi yetarlidir.
41. HLning alohida fazalarini ta’mirlashda TQda o‘chirilgan faza simini erga ulash taqiqlanadi.
42. 40-bandda ko‘rsatilgan erga ulagichlarga qo‘shimcha ravishda har bir brigadaning ish joyidagi simlar,
zarur bo‘lganda esa troslar ham erga ulanishi kerak.
Tarmoqdan uzilgan va erga ulangan 35 kV va undan yuqori kuchlanishli HLning bir fazasida yoki navbat
bilan har bir fazasida ishlanganda, ish joyida faqat ish bajarilayotgan faza simini erga ulashga ruxsat etiladi.
Bunda qolgan erga ulanmagan fazalarga mazkur Qoidalarga 
7-ilovaning 
1-jadvali 2-ustunida ko‘rsatilgandan
kam masofaga yaqinlashish taqiqlanadi.
35 kV va yuqori kuchlanishli HLlardagi boshqa ishlarda, shuningdek, kuchlanishi 35 kV dan past HLlardagi
barcha ishlarda hamma fazalarning simlari ish joyida erga ulanishi kerak.
43. Bir zanjirli HLlarda ish joyidagi erga ulagichni ish bajarilayotgan tayanchga yoki unga qo‘shni tayanchga
o‘rnatish zarur. Yerga ulagichlarni ularning orasidagi masofa 2 km dan oshmasligi sharti bilan brigada
ishlayotgan HL uchastkasining ikkala tomonidan o‘rnatishga ruxsat etiladi.
44. Kuchlanish ostidagi boshqa HL bilan kesishgan oraliqdagi HL simlarida ishlar bajarilganda (mazkur
Qoidalarning 
46-bandi
), erga ulagich ish bajarilayotgan tayanchga o‘rnatilishi lozim.
Agar bu oraliqda sim yoki tros almashtirilayotgan yoki yangidan tortilayotgan bo‘lsa, almashtirilayotgan sim
ham, tros ham, yangidan tortilayotgan sim ham kesishgan joyning ikkala tarafidan erga ulanishi shart.
45. Tayanchdan izolatsiyalangan yashin qaytargich troslarida yoki ushbu trossga 1 metrdan kam masofaga
yaqinlashish talab etiladigan tayanch konstruksiyalaridagi ishlarni bajarishda tros erga ulanishi kerak. Yerga
ulagich tayanchdan turib tros izolatsiya qilingan tarafdagi oraliqqa qaratib yoki ushbu oraliqda o‘rnatilishi zarur.
Agar ushbu oraliqda muz eritish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, unda ish boshlashdan oldin tros tarmoqdan uzilishi
va unga qaysi tomondan kuchlanish berilishi mumkin bo‘lsa, shu tomonlardan erga ulanishi zarur.
46. Ish joyidagi elektr zanjirini uzishdan avval (simlarni, troslarni bo‘laklab olish, seksiyaga ajratuvchi
ajratkichni uzish) uziladigan joyning ikkala tomonidan erga ulagich o‘rnatilishi kerak.
47. Ko‘chma erga ulagichlarni quyidagilarga ulash kerak:
metalldan yasalgan tayanchlarda — uning elementlariga;
erga ulash simi bilan jihozlangan temir-beton yoki yog‘och tayanchlarda erga ulovchi simlarga, ularning
butunligi tekshirilganidan so‘ng.
Temir-beton tayanchlarda ko‘chma erga ulagichni tayanchning armaturasiga yoki tayanchning armatura
bilan bog‘liq bo‘lgan metall elementlariga ulashga ruxsat etiladi.
Neytrali erga ulangan 1000 V gacha kuchlanishli elektr tarmoqlarida nol simni qayta erga ulash bajarilgan
hollarda, ko‘chma erga ulagichlarni nol simga ulashga ruxsat etiladi.
Ko‘chma erga ulagichlarning erga ulovchi simlariga yoki konstruksiyaga ulash joylari bo‘yoqdan tozalangan
bo‘lishi lozim.


Barcha HLlarda ish joyidagi ko‘chma erga ulagichlarni chuqurligi 0,5 metrdan kam bo‘lmagan chuqurlikda
erga kiritilgan maxsus erga ulagichga yoki mahalliy sharoitlarga qarab boshqa turdagi erga ulagichlarga ulash
mumkin.
48. 1000 V gacha kuchlanishli HLlarda ishlar tayanchlardan yoki izolatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lmagan
teleskopik minoralardan turib bajarilganda, erga ulagichlar ta’mirlanayotgan simlar bilan bir qatorda, ushbu
tayanchlarga osilgan barcha simlarga, shu jumladan telemexanika va radiotranslatsiya simlariga ham o‘rnatilishi
kerak.
49. HL simlari turli balandliklarda osilgan bo‘lsa, erga ulagich eng pastdagi simdan boshlab, pastdan
yuqoriga qarab o‘rnatilishi, gorizontal osilganida esa — eng yaqin turgan simdan boshlab o‘rnatilishi kerak.
50. Ilashgan kuchlanish zonasidan o‘tadigan yoki boshqa zanjirlari kuchlanish ostida turgan ko‘p zanjirli
liniyaning uzilgan zanjiridagi simlarda (troslarda) tayanchda turib olib boriladigan ishlarda, erga ulagich ishlar
bajarilayotgan har bir tayanchga o‘rnatilishi kerak.
Ilashgan kuchlanish zonasi — bu HL o‘qidan 110 kV kuchlanishli HL uchun — 100 metr, 220 kV kuchlanishli
HL uchun — 150 metr, 500 kV kuchlanishli HL uchun 200 metr masofada XL bo‘ylab ikki tarafidan vertikal tekislik
bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo fazosidagi 110 kV va undan yuqori kuchlanishli o‘zgaruvchan tok
HLning uzunasi bo‘yicha zona.
51. Ilashgan kuchlanish zonasida izolatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lmagan teleskopik minoradan yoki odamlarni
ko‘tarish uchun ishlatiladigan boshqa mexanizmlardan turib simlarda (trosslarda) ishlar bajarilganda, ularning
ishchi maydonchalari ko‘chma erga ulagich yordamida sim (tross) bilan ulanishi, minora yoki mexanizmning o‘zi
esa erga ulanishi kerak. Bunda sim (tross) yaqin turgan tayanchda erga ulanishi kerak.
52. HLda ko‘chma erga ulagichlarni o‘rnatish va tayanchlarga o‘rnatilgan erga ulagich pichoqlarni ulash
1000 V dan yuqori kuchlanishli HLda elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga va 1000 V gacha kuchlanishli
HLda kamida III guruhga ega bo‘lgan tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan shaxslar,
ulardan biri ish bajaruvchi, ikkinchisi esa elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega brigada a’zosi
tomonidan bajarilishi kerak. Ko‘chma erga ulagichlarning kamida III guruhga ega bo‘lgan ikki shaxs tomonidan
yechib olinishiga ruxsat beriladi.
Yerga ulagichni o‘rnatishda va yechib olishda bu operatsiyalarni bajaruvchi ikki shaxsdan biri, shu jumladan
ish bajaruvchi ham erda turishi mumkin.
Yerga ulagich pichoqlarni uzishni tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan, elektr xavfsizligi
bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs amalga oshirishiga ruxsat etiladi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin