Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Elektr qurilmalarini ta’mirlash



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/77
tarix03.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#124761
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77
712-сон 11.11.2020. Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

6-§. Elektr qurilmalarini ta’mirlash
84. Elektr qurilmalarini ishga yaroqli holda saqlab turish, tiklash va ushbu Qoidalar va boshqa NTH
talablariga mos holga keltirilishi uchun har bir korxonada texnik xizmat ko‘rsatish, kapital va joriy ta’mirlash,
shuningdek, profilaktik sinovlarni o‘tkazish tashkil etilishi kerak.


Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi elektr qurilmalarini ta’mirlash ish jadvali korxona
rahbari tomonidan tasdiqlanishi shart.
Korxonalar, shuningdek, uzoq muddatga mo‘ljallangan texnik qayta jihozlash va elektr qurilmalarni
rekonstruksiya qilish rejalarini ishlab chiqishlari lozim.
85. Elektr uskunani kapital ta’mirlash, uning ishga yaroqligini tiklash va ta’mirlash orasidagi davrda
ishonchli hamda tejamli ishlashini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Uskunani kapital ta’mirlashda uni qismlarga ajratish, diqqat bilan ko‘zdan kechirish, tekshirish, o‘lchash,
sinash, rostlash, aniqlangan nosozliklarni bartaraf qilish, yemirilgan uzel va detallarni tiklash va almashtirish
amalga oshiriladi.
Kapital ta’mirlashni o‘tkazishda elektr uskunaning uzluksiz ishlash vaqtini uzaytirishga, texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmalar talablari bajarilishi, shuningdek, kerak
bo‘lganda ilg‘or ekspluatatsiya tajribasi hisobga olingan holda alohida uzellar modernizatsiya qilinishi shart.
86. Joriy ta’mirlash keyingi rejali ta’mirgacha elektr uskuna va apparatlarning ishlash qobiliyatini ta’minlash
uchun o‘tkaziladi.
Uskunani joriy ta’mirlashda quyidagilar bajarilishi shart: ekspluatatsiya qilish davomida yuzaga kelgan
nuqsonlarni bartaraf etgan holda uni ko‘zdan kechirish, tozalash, zichlash, rostlash, alohida uzel va detallarini
ta’mirlash.
87. Texnik xizmatlar ko‘rsatish va rejali ogohlantiruvchi ta’mirlashlarning hajmi bosh muhandis yoki elektr
ho‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan elektr qurilmalarining ishlash qobiliyatini saqlab turish zarurati maqsadida
ularni davriy ravishda tiklash va o‘zgaruvchan ishlash sharoitiga moslashtirishdan kelib chiqib belgilanishi shart.
88. Barcha ta’mirlash turlarining davriyligi va davomiyligi, shuningdek. elektr uskunalarining alohida turlari
uchun har yili ta’mir davrida ishlamay turish davomiyligi ushbu Qoidalarga, sohaning amaldagi me’yorlariga va
ishlab chiqaruvchi zavod ko‘rsatmalariga binoan belgilanadi.
Me’yoriy muddatlarga nisbatan ta’mirlash davriyligining ortishiga yoki kamayishiga, ta’mir vaqtining
ortishiga elektr uskunalar va apparatlarning holatidan va yuqori namunaviy ishlarni o‘tkazish hajmidan kelib
chiqib hamda tegishli texnik asoslangan holda, faqat yuqori turuvchi tashkilotning ruxsati bilan yo‘l quyiladi.
Ta’mirlashlar orasidagi davr qisqartirilganda, ta’mirlashlar orasidagi davrni me’yoriy holatga keltirish uchun
tadbirlar ishlab chiqiladi va ko‘rib chiqish uchun yuqori tashkilotga taqdim etiladi.
89. Bevosita texnologik agregatlar bilan bog‘liq bo‘lgan elektr uskunalar va apparatlarni ta’mirlash
texnologik agregatlarni ta’mirlash bilan bir vaqtda bajarilishi shart.
Energiyani ko‘p iste’mol qiluvchi uskunalarni ta’mirlash, odatda kuz — qish davrida o‘tkazilishi kerak.
90. Elektr uskunalar va apparatlarni konstruktiv o‘zgartirish faqatgina tasdiqlangan loyihalar bo‘yicha
amalga oshiriladi. Ta’mirlarni bajarishda elektr sxemalarni o‘zgartirish belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik
hujjatlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
91. Elektr uskunani kapital ta’mirlashga chiqarishdan oldin quyidagilar tayyorlanishi shart:
uskunani ochib va ko‘zdan kechirgandan keyin aniqlashtiriladigan nosozliklar ro‘yxati va ishlar hajmi
smetasi, shuningdek, ta’mirlash ishlari grafigi tuzilgan bo‘lishi kerak;
nuqsonlar ro‘yxati va ishlar hajmi smetasiga ko‘ra, zarur materiallar va ehtiyot qismlari tayyorlangan bo‘lishi
kerak;
kapital ta’mirlash davrida bajarilishi ko‘zda tutilgan rekonstruksiya ishlariga texnik hujjatlar tuzilgan va
tasdiqlangan bo‘lishi, ularni bajarish uchun materiallar va uskunalar tayyorlangan bo‘lishi kerak;
asboblar, moslamalar, takelaj uskunalari, yuk ko‘tarish-transport mexanizmlari butlangan va ishga yaroqli
holga keltirilgan bo‘lishi kerak;
ta’mirlash uchun ish joylari tayyorlangan, qismlar va detallarning joylashishi ko‘rsatilgan holda maydoncha
rejalashtirilgan bo‘lishi kerak;
ta’mirlash brigadalari jamlangan va yo‘riq olgan bo‘lishlari kerak.
92. Korxonada ta’mirlash — ekspluatatsiya qilish ishlarini bajarish uchun o‘rnatilgan elektr uskunalar
ehtiyot qismlar va materiallar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Omborda, sexlarda va uchastkalarda mavjud ehtiyot qismlar va uskunalar hisobga olingan bo‘lishi kerak.
Ro‘yxat va ehtiyot qismlarning mavjudligi elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan davriy ravishda tekshirib
turilishi kerak.
Elektr uskunalarini kapital ta’mirlash bo‘yicha hujjatlarni korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tuzadi.
Korxonaning texnik rahbari (bosh muhandis) tomonidan tasdiqlanadi va ta’mirlash markazlashtirilgan holda
bajarilayotgan bo‘lsa, hujjatlar ta’mirlovchi korxonaning javobgar rahbari bilan kelishiladi.
93. Ehtiyot qismlar, zaxira elektr uskunalari va materiallari buzilishdan saqlanishi hamda ular to‘g‘ridan
to‘g‘ri maqsad bo‘yicha ishlatilishi ta’minlanishi kerak.
Atmosfera sharoiti ta’sirida saqlaganda buziladigan uskuna, ehtiyot qismlar va materiallar yopiq
omborlarga joylashtirilishi kerak.
94. Uskunani kapital ta’mirdan qabul qilayotganda, ko‘zda tutilgan barcha ishlarning bajarilganligi
tekshirilishi, uskunaning tashqi holati (issiqlik izolatsiyasi borligi, tozaligi, bo‘yalganligi, panjaralar va
maydonchalar holati va boshqalar), ta’mirlash-hisobot-texnik hujjatlarning mavjudligi va sifati tekshirilishi shart.
95. Uskunalar ta’mirdan keyin ishga tushirishda “Elektr uskunalarni sinash qoidalari va me’yorlari”ga
(keyingi o‘rinlarda — elektr uskunalarni SQ va M) muvofiq sinalishi shart.
Ekspluatatsiya qilinayotgan uskunalarning maxsus sinovlari elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tasdiqlagan
sxema va dasturlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Sinash me’yorlari to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmaganda, ishlab chiqaruvchi zavod ma’lumotlaridan
foydalaniladi.
96. Elektr qurilmalarining asosiy uskunalari kapital ta’mirlashdan dastlabki qabul qilib olinganidan keyin
ishlab chiqaruvchi zavod ko‘rsatgan, lekin 24 soatdan kam bo‘lmagan muddatda yuklama ostida ishlatib
tekshiriladi.
Ushbu vaqt mobaynida ishlaganda nosozliklar bo‘lmasa, uskuna ekspluatatsiyaga qabul qilinadi.
Nosozliklar topilsa, ular bartaraf etilmaguncha va agregat yuklanish ostida keyingi 24 soat maboynida shunday
tekshirilmagunga qadar kapital ta’mir tugallangan hisoblanmaydi.


97. Asosiy elektr uskunalarini kapital ta’mirlashda bajarilgan barcha ishlar dalolatnoma bo‘yicha qabul
qilinadi. Unga ta’mirlash bo‘yicha texnik hujjatlar ilova qilinishi kerak. Dalolatnomalar barcha ilovalari bilan birga
uskunalarning pasportida saqlanadi.
Qolgan elektr uskuna va apparatlarni kapital ta’mirlashda bajarilgan ishlar haqida elektr uskunalarining
pasportida yoki maxsus ta’mirlash jurnalida batafsil yozib qo‘yiladi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin