It uning dumiga bog’langan tovaning jaranglashini eshitmasligi uchun necha km/soat tezlik bilan yugurishi kerak?



Yüklə 21,78 Kb.
tarix25.09.2022
ölçüsü21,78 Kb.
#117962
mantiqiy savollar


It uning dumiga bog’langan tovaning jaranglashini eshitmasligi uchun necha km/soat tezlik bilan yugurishi kerak?
0 km/soat tezlikda, ya’ni umuman harakatlanmasligi kerak
Itning bo’yniga uzunligi 5 metr bo’lgan arqon bog’langan edi, lekin shunga qaramay to’g’ri bo’ylab 10 metr uzoqlikka keta oldi.
U buni qanday uddaladi?
Itning bo’yniga bog’langan arqonning ikkinchi uchi hech qayerga bog’lanmagan edi.
Balandligi 10 metr bo’lgan narvondan sakrab, umuman jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak?
Narvonning eng quyi pog’onasidan sakrash.
Javobini ko’rish

Qaysi talaffuz to’g’ri: «oq rangdagi tuxum sarig’ini ko’rmayapman» yoki «tuxumning oq rangli sarig’ini ko’rmayapman»?


Tuxumning sarig’i oq rangda bo’lmaydi.
Qanday sharoitda qora mushukka uyga kirish eng qulay bo’ladi?
Uyning eshigi ochiq bo’lganda.
Ikki ota va ikki o’g’il yo’lda ketayotib, 3 ta olma topib olishdi. Ularning har biriga bittadan olma tegdi. Bu qanday sodir bo’ldi?
Ular bobo, ota va farzand edilar

Qanday idishdan umuman hech qanday ovqat yeb bo’lmaydi?


Bo’sh idishdan.
«To’yingda elak bilan suv tashiy» degan ibora mavjud. Bu mumkinmi?
Xa, suvni avval muzlatib olish kerak

Kun va tun nima bilan tugaydi?


«N» harfi bilan.
Beshta yigit bir etikda qolishi uchun nima qilish kerak?
Ularning har birining bittadan etigini yechib olish.

2+2*2 ning javobi necha bo’ladi?


6, avval ko’paytirish bajariladi.
Qaysi oyda odamlar eng kam gap gapirishadi?
Fevral oyida, chunki bu eng qisqa oy.
O’tgan yilgi qorni topish uchun nima qilsa bo’ladi?
1 yanvar kuni ko’chaga chiqish kerak.
Qaysi so’z doimo xato bo’lib eshitiladi?
«Xato» so’zi.
Xo’roz o’zini parranda deb atashi mumkinmi?
Yo’q, xo’roz gapirishni bilmaydi.
Uning balandligi ham, bo’yi ham, eni ham yo’q, lekin uni o’lchasa bo’ladi. U nima?
Harorat, vaqt.
Yer yuzidagi barcha aholi bir vaqtning o’zida nima qiladi?
Ulg’ayadi.
Ikki kishi shaxmat o’ynayotgan edi. Ularning har biri 5 martadan yutdi. Bu qanday qilib mumkin?
Ular boshqa-boshqa odamlar bilan o’ynayotgan edilar.
Tuxumni balandlikdan tashlab yuborishdi. U pastga tomon 3 metr tushganda ham yorilmadi. Buning sababi nimada?
Tuxum 10 metr balandlikdan tashlangandi. 3 metr o’tgach, sinishi uchun yana 7 metr masofa qolgandi.
Haydovchi yuk mashinasini haydab ketayotgan edi. Mashinaning yoritgichlari (faralari) o’chgan, osmonda oy ham ko’rinmasdi. Shu vaqt yo’lni bir ayol kesib o’ta boshladi, lekin haydovchi u ayolni uzoqdan ko’ra oldi. Haydovchining bunday muvaffaqqiyati nimaga bog’liq edi?
Chunki o’sha vaqt kunduzi edi.
Odamzod o’rgimchakka qarab, osma ko’priq qurishni o’rgandi, mushuklarni kuzatib, fotoapparat diafragmasi va nur qaytargichlarni kashf qildi. Aytingchi, ilonni kuzatib, odamzod nimani yaratdi?
Shpritsni.
Yerdan osonlikcha ko’tarib olish mumkin, lekin uzoqqa otish imkonsiz. U nima?
Qushning pati.
Hatto eng katta kastryulkaga ham uni solib bo’lmaydi. U nima?
O’sha kastryulkaning qopqog’i.
Sun’iy yo’ldosh yer orbitasini 1 soat 40 daqiqada aylanib chiqadi, lekin teskari yo’nalishda shu aylanib chiqish uchun 100 daqiqa vaqt ketadi. Buning sababini izohlang.
100 daqiqa == 1 soat 40 daqiqa
Qaysi hayvonlar ko’zini ochgan holda uxlaydi?
Baliqlar.
Juda mashhur mantiqiy masala. Cho’pon karam, qo’y va bo’rini olib ketayotgan edi. Oldidan daryo chiqib qoldi. Qarasa sohilda qayiq turibdi, faqat unga cho’pon o’zi bilan birga uchta narsadan birini olib o’tirishi mumkin edi. Cho’pon qo’y, karam va bo’rini sohilni narigi betiga olib o’tish uchun nima qilishi kerak? (Cho’pon qarovisiz qolganda bo’ri qo’yni, qo’y esa karamni yeb qo’yishi mumkin)


Avval cho’pon o’zi bilan qo’yni olib o’tadi, uni tashlab, qaytib keladi va bo’rini olib o’tadi. Bo’rini qoldirib, qo’yni yana oldingi sohilga qaytib olib keladi. Endi qo’yni qoldirib, karamni olib o’tadi va sohilning narigi betiga (bo’ri turgan tomonga) qoldirib keladi. Oxirgi o’rinda qaytib kelib, nihoyat qo’yni olib o’tadi.

Bir erkak bozorga borib, 50 so’mga ot sotib oldi. Bir hafta o’tgach, otlarning narxi qimmatladi va erkak foyda qilaman deb olgan otini 60 so’mga sotib yubordi. Bir-ikki kun o’tgach, uzoq safarga chiqish uchun ulovi yo’qligini o’ylab, borib endigi safar 70 so’mga ot sotib oldi. Qimmat olib qo’ydimmikin deb uzoq o’ylanib, nima bo’lsa-bo’ldi deb o’sha otni 80 so’mga sotib yubordi. Erkak qancha zarar yoki foyda ko’rdi?


(-50) + 60 + (-70) + 80 = 20 so’m foyda qildi.
Ikki odam bir vaqtning o’zida daryo sohiliga kelishdi. Ularning maqsadi daryoning narigi sohiliga o’tish edi. Qarasa qayiq turibdi, ammo u ulardan faqat bittasini ko’tara olardi. Shunga qaramay, ularning ikkalasi ham ko’zlaganlaridek daryoning narigi sohiliga o’ta olishdi. Ular buni qanday qilib epladilar?
Ikkala kishi dastavval daryoning turli sohillari tomonida edilar.

Rimliklar sanchqi (vilka) konstruktsiyasiga revolyutsion yangilik kiritishdi. Sanchqilarning barcha keyingi modellari ularning kashfiyoti varianti qilib yasala boshlandi. Bu kashfiyotdan oldin sanchqi qanaqa edi?


Bir tishli edi.
G’ishtning vazni 2 kg va yana yarimta g’ishtning vazniga teng. Xo’sh, g’ishtning vazni necha kilogramm?


Tarozining bir pallasiga bitta butun g’isht, ikkinchi pallasiga esa 2 kg’lik tosh va yana yarimta g’isht bo’lagini qo’yamiz. Tarozi pallasi tenglashdi. Butun g’ishtni ikkiga bo’lamiz va yarimini tarozi pallasiga qo’yamiz. Ikkinchi palladan esa yarimta g’ishtni olib tashlaymiz. Tarozi ularning vazni yana tengligini ko’rsatadi. Demak, yarimta g’isht ikki kilogramm bo’lsa, bitta butun g’isht 4 kg tosh bosadi.

Bir vaqtlar Nissa shahrida eng chidamli chekuvchi bo’yicha konkurs o’tkazilgandi. Ishtirokchilardan biri ketma-ket 60 dona sigareta chekib, rekord o’rnatdi, lekin sovrin olmadi. Nega?


U sigaretadan zaharlanish tufayli vafot etgandi.
Qaysi o’simlik yig’ib olinganidan so’ng, uning 90% yoqib yuboriladi, 10% esa tashlab yuboriladi. U qaysi o’simlik?
Tamaki.
Oq bo’lganda tozalash kerak bo’ladi, yashil bo’lganda esa toza hisoblanadi. Gap nima haqida bormoqda?
Maktab doskasi.
Traktorchining Farhod ismli akasi bor edi, lekin Farhodning ukasi yo’q edi. Buning sababi qanday?
Traktorchi Farhodning singlisi edi.
Italiyaning bayrog’i qizil-oq-yashil rang ketma-ketligidan iborat. Qaysi mevaning ko’ndalang kesimi ularga bu ranglarni tanlashga yordam bergan?
Tarvuz.
Yuliy Sezar o’z qo’shinlariga qalqon va qilichlarini qimmatbaho narsalar bilan bezatishni buyurgan. Nima uchun?
Shu holda qo’shinlari o’z qurol-aslahalarini osonlikcha tashlab qochishmagan.
Yurishning yugurishdan farqi nimada. Javob berishdan oldin bir joyda yugurish ham mavjudligini inobatga oling. Ba’zan esa yugurishda yurishdan sekinroq harakatlanish ham mumkin.
Farqi tezlikda emas. Yurishda u yoki bu oyoq doimo yer bilan aloqa qilib turadi, yugurishda esa qisqa muddatga ikkala oyoq ham yerdan uzilishi mumkin.
Bir kasalxonada bemorlar soni qabul qila olish ko’rsatkichidan oshib keta boshlayverdi. Bemorlarning aksariyati YTH jarohat olgan haydovchilar edi. Bemorlar sonini kamaytirish uchun shahar ma’muriyati haydovchilarga xavfsizlik kamarini taqishni majburiy qilib qo’ydi. Vaqt o’tgach, statistika o’rganilganda YTH-lar soni kamaymagani, ammo kasalxonaga tushgan bemorlar soni ancha ko’payganini aniqlandi. Buning sababi nimada?


Chunki xavfsizlik kamari taqilganda YTH’da vafot etadiganlar soni kamaydi, ular jarohat tufayli kasalxonaga tusha boshladi. Oldin esa vafot etishi sababli kasalxonaga tushmasdilar.
1 Suv muzlaganda uning hajmi 1 qismga ortadi. Muz eriganda, hosil bo'lgan suvning hajmi muz hajmiga nisbatan qanchaga kamayadi?
2) Bir binoda 120 ta xonadon bor. Ikkinchisida undan 3 marta kam, uchinchisida esa 15 ta ko'p xonadon bor. Jami xonadonlar sonini toping.
3) 188 sonini 2 ga bo'lib, 100 soni hosil qila olasizmi?
4) Biror son o'ylang. Uni 2 ga ko'paytiring. Ko'paytmaga 5 ni qo'shing. Uni 5 ga ko'paytiring. 10 ni qo'shing. Yig'indini 10 ga ko'paytiring. Ko'paytmadan 350 ni ayirib tashlang. Ayirmani 100 ga bo'lsangiz siz o'ylagan son hosil bo'ladi. Nima uchun?
5) Qo'shiluvchilardagi raqamlar o'rnini almashtirish orqali tengliklarni to'g'rilang.
15+48=89; 34+68=111; 492+751=901;
Yüklə 21,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin