Mintaqaviy iqtisodiyot muayyan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni tadqiq etadi,
ijtimoiy va iqtisodiy omillarni o‘rganadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi
mamlakat xo‘jaligining hududiy tashkil etilishi bilan chambarchas bog‘liq. Mintaqaviy iqtisod va
siyosatning nazariy va amaliy muammolarini o‘rganish (renta
munosabatlari,
hududiy ijtimoiy
jarayonlar va h.k.) iqtisod nazariyasini yanada boyitadi, yangi ilmiy xulosalar chiqarish imkonini
beradi.
Shuning uchun mintaqaviy iqtisodiyotda ko‘pgina iqtisodiy omillarni (mehnat unumdorligi
o‘sishi, milliy daromadni hududiy taqsimlash, renta munosabatlari, asosiy fondlarning tarkibi va
samaradorligi, baho va tariflarning hududiy tafovutlari va h.k.) chuqur
tahlil etiladi va shular
asosida ushbu fan ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
Mintaqaviy iqtisodiyot bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borishda bir qancha ilmiy uslublardan
foydalaniladi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar:
Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o‘tishi munosabati bilan mintaqaviy iqtisodiyot fanining
ahamiyati ortib bormoqda. Mintaqalarni o‘rganishda hozirgi paytda ularda ro‘y berayotgan holatni
chuqur (qaysi jihatlari ortayotganini) tushunish lozim. Bozor munosabatlariga o‘tish
davrida
O‘zbekistondagi har bir mintaqaning iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha. Masalan, Toshkent
shahri, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari asosiy xalq xo‘jalik tarmoqlarining rivojlanishiga ko‘ra
respublikaning boshqa mintaqalaridan oldinda turadi. Aksincha,
Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax
viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha quyi o‘rinlarni egallaydi.
Qishloq xo‘jaligida ortiqcha ishchi kuchlari mavjudligi – Farg‘ona vodiysi viloyatlari oldidagi
dolzarb muammolardan hisoblanadi. Sirdaryo
va Jizzax viloyatlarida esa, aksincha, qishloq
xo‘jaligini xodimlar bilan ta’minlash jiddiy muammo bo‘lib turibdi.
Navoiy viloyatida ishsizlik
darajasi yuqori.
Hozirgi vaqtdagi mintaqaviy siyosatning muhim vazifalaridan yana biri – iqtisodiy
kooperatsiya va mintaqalararo hududiy mehnat taqsimotini takomillashtirishdan iborat. Mintaqalar
rivojlanishidagi eng muhim vazifalardan biri - turli hududlar aholisining turmush darajasi bo‘yicha
tafovutlarni bartaraf etishdan iborat. Ushbu vazifani bajarishda rivojlanish darajasi past bo‘lgan
hududlarni rivojlantirish uchun maxsus davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tabiiy
resurslarga boy mintaqalarda hududiy ishlab chiqarish mintaqalarini tashkil etish muhim
ahamiyatga ega.
U muayyan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etadi,
ijtimoiy va iqtisodiy
omillarni o‘rganadi. Mintaqaviy iqtisodiyot iqtisod nazariyasi, sotsiologiya,
tarmoqlar iqtisodi,
iqtisodiy geografiya, demografiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy aloqador. Bozor
munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi mamlakat xo‘jaligining hududiy tashkil etilishi
bilan chambarchas bog‘liq. Mintaqaviy iqtisod va siyosatning nazariy va amaliy muammolarini
o‘rganish (renta munosabatlari, hududiy ijtimoiy jarayonlar va h.k.) iqtisod nazariyasini yanada
boyitadi, yangi ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Mamlakatimizda ijtimoiy va demografik
yo‘nalishdagi tadqiqot ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: