Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


 O’zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to’g’risida”gi qonuni va uning



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

 
17.4. O’zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to’g’risida”gi qonuni va uning 
ahamiyati. 
Ushbu Qonunning maqsadi ekologik nazorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan 
iborat. 
Ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan 
iboratdir. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining 
ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar 
belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 
Ekologik nazoratning asosiy vazifalari 
Ekologik nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi 
qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish; 
atrof muhit holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan 
nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin 
bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash
mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning 
ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash; 
yuridik va jismoniy shaxslarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular 
tomonidan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash; 
atrof muhitdagi o‘zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan 
foydalanilishi va ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat tashkilotlari va boshqa 
tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish
tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik 
dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirokini ta’minlash. 
Ekologik nazoratning asosiy prinsiplari qonuniylik, xolislik, mustaqillik, oshkoralik
shaxs, jamiyat hamda davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. 
Ekologik nazorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan 
iborat: 
-ekologik nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish; 


-fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i uchun qulay atrof muhitni yaratish
-ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari (bundan buyon matnda 
maxsus vakolatli davlat organlari deb yuritiladi), mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va 
xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan atrof muhitning muhofaza qilinishi va 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash borasida hamkorlik qilishining tashkiliy-
huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish; 
ekologik nazorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin