Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Ekologik nazorat subyektlari quyidagilardan iborat



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

Ekologik nazorat subyektlari quyidagilardan iborat: 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
-maxsus vakolatli davlat organlari; 
-mahalliy davlat hokimiyati organlari; 
-davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari; 
-xo‘jalik yurituvchi subyektlar; 
-fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari; 
-nodavlat notijorat tashkilotlari; 
-fuqarolar. 
 
Tayanch iboralar: 
 
Tabiiy resurslar, tugaydigan resurslar, tugamaydigan resurslar, ekologik nazorat, qazilma 
boyliklar,davlatning ekologik nazorati. 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.Tabiiy resurslardan foydanishni tartibga solishda davlatning ekologik siyosati? 
2.Hozirgi kunda O’zbekistonda qanday ekologik muammolar mavjud? 
3.O’zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilishda qanday xalqari konventsiyalarga a’zo bo’lgan? 
4.Tabiiy resurslardan unumli foydalanishda nimalar ahamiyatga ega? 
5.Ekologik nazoratning asosiy vazifalari. 
6.Ekologik nazorat sub’ektlarini sanab bering? 
18.DAVLATNING TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI DAVLAT TOMONIDAN 
TARTIBGA SOLINISHI 
 
1.Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatining mohiyati va zaruriyati. 
2.Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari va tarkibiy qismlari. 
3.Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita va bevosita usullari. 
4.O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining xatti-harakatlarini erkinlashtirish 
bosqichlari. 
18.1. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatining mohiyati va zaruriyati. 
 
Dunyo mamlakatlarining jadallik bilan rivojlanib borayotganligi, ular o’rtasida ishlab 
chiqarish aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi hamda iqtisodiy aloqalarning 
kuchayishi, har bir davklatdan tashqi aloqalardan oqilona qaratilgan qaratilgan tashqi iqtisodiy 
siyosat yuritishni talb etadi.Shu bilan birga, mamlakat iqtisodiyotining, jahon iqtisodiyoti bilan 
ichki bozorning tashqi bozorlar bilan o’zaro hamkorligi uchun sifat jihatidan yangi negizlarini 
shakllantiradigan tub bozor o’zgarishlarini amalga oshirish obyektiv ravishda tashqi iqtisodiy 
omillarni kuchaytirishni taqazo etadi. 
Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati – xalqaro munosabatlarda milliy manfaatlarni 
ta’minlash borasidagi davlat faaoliyatining yo’nalishi va sohasi, shuningdek, tegishli maqsad va 
vazifalarni amalga oshirishdagi aniq chora-tadbirlar yig’indisidir. Tashqi iqtisodiy siyosatning 
mohiyatiuning davlat va xalqning suverinetitini ta’minlashdan iborat bo’lgan, milliy manfaatlarni 


himoya qilish bo’yicha mexanizmining butun say-harakati ijtimoiy –iqtisodiy integratsion 
jarayonlarda milliym mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlashda o’z ifodasini topadi. 
Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati negizida tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish va 
ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimlanishida mamlakat ishtirokini maqbullashtirish 
tartibini belgilashga doir bir maqsadga yo’naltirilgan faoliyatlar yotadi. 
Tashqi iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismlari bo’lib tashqi savdo siyosati, xorijiy 
investitsiyalarni jalb etish va xorijdagi milliy capital qo’yilmalarni tartibga solish borasidagi 
siyosat valyuta siyosatlari xisoblanadi. Bundan tashqari mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini 
ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan alohida davlatlar va mintaqalar bilan tashqi iqtisodiy 
operatsiyalarni amalga oshirish ko’rinishlari ham mvjud. 
Tashqi iqtisodiy siyosat tashqi iqtisodiy faoliyatni ham tartibga soladi.Ko’plab davlatlard 
mavjud bo’lgan tashqi iqtisodiy siyosat vositalarining keng doirasi ularga o’z tashqi iqtisodiy 
aloqalari tarkibini va ularni rivojlantirish yo’nalishlarini shakllantirishga ham, boshqa 
mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari tarkibini va ularni rivojlantirish yo’nalishlarini 
shakllantirishga ham, boshqa mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari va tashqi iqtisodiy 
siyosatiga ham faol ta’sir etish imkonini beradi. Tashqi iqtisodiy siyosat vositalarini siyosiy 
mexanizm sifatida ta’riflash mumkin. 
Tashqi iqtisodiy siyosatni shakllantirish uchun uning asosiy tamoyillarini aniq va ravshan 
belgilash lozim. Unda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining hatti-harakatlarini iqtisodiy-
huquqiy tartibga solishga asosiy o’rin ajratilgan bo’lib, umummilliy manfaatlarga mos kelishi 
lozim. 
Davlatning tashqi iqtisodiysiyosatni normative tartibga solish negizida milliy hamda 
halqaro huquq meyorlari yotadi. 
Boroq, davlatning tashqi iqtisodiy siyosat sohasidagi munosabatlarini tartibga solishda 
milliy xuquqiy mehanizmlarning ham ahamiyati katta.Bunday mehanizmlar hozirgi kunda 
davlatning xalqaro maydondagi strategic faoliyatini belgilashda muhim rol o’ynab kelmoqda. 
O’zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlari va uni amalga oshirishga 
qaratilgan chora-tadbirlar sifatida mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida uning o’z oldiga 
qo’ygan vazifalari mavjud bo’lib, davlatning iqtisodiy siyosati bu vazifalarni bajarilishiga 
qaratilmog’i kerak. 
Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining har bir bosqichida davlat tashqi iqtisodiy siyosatining 
maqsadlari shu davrning o’ziga xos xususiyatlariga bo’lishi kerak.Ular orasida eng muhimlari 
quyidagilar: 
-eksportni rivojlantirish va uning tarkibiy tuzilishini yahshilash 
-importning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, ya’ni uni milliy ishlab chiqarishni 
zamonaviylashtirish va kengaytirishga qaratish
-ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish uchun chet el 
investitsiyalarini jalb etish 
-mamlakatning iqtisodiy xaffsizligini ta’minlash, ya’ni ma’lum darajada tashqi iqtisodiy 
faoliyatda beksport-import operatsiyalari, valyutani olib chiqish, boshqa xalqaro bitimlar ustidan 
davlat nazoratini o’rnatish. 
Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maqsadlar va uarni amalga oshirishga 
qaratilgan asosiy tadbirlarni o’z ichiga oladi.
`
Birinchidan, respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport bo’g’inini tashkil etuvchi va 
uni jahon bozorida munosib o’ringa ega bo’lishini ta’minlovchi sohalarini aniqlash. 
Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport bo’g’inida davlat tomonidan qo’llab –quvvatlash 
usullaridan keng foydalanish.Bu usullar quyidagilardan iborat: 
-ekspotrga yo’naltirilgan ishlab chiqarishni kuchaytirish uchun imtiyozli foizlar bo’yicha 
uzoq muddatli kreditlar ajratish; 
-milliy investitsiyalarni sug’urtalash;
-eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilari ishlab 
chiqarish xarajatlari o’rtasidagi farqni qoplash; 


-davlat tomonidan respublikagailg’or texnalogiyalar, tajribalar, bilimlarni kirib kelishiga 
subsidiyalar ajratish; 
-eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni olib 
kelishga fuxsatnomalar berish; 
-Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosat milliy valyutani mustahkamlash va uni boshqa 
valyutalarga erkin almashinuvini ta’minlashni, ichki narxlarni jahon bozori narxlariga 
yaqinlashtirish maqsadida baholar islohotini tugallashni, tashqi iqtirivojlantirish va iqtisodiy 
faoliyatning me’yoriy va huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga yetkazishni nazarda tutadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin