Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

11-masala.
A tovardan 1000 dona tayyorlangan. Ulardan 800 tasini tayyorlash uchun 8000 soat, 50 tasini 
tayyorlash uchun 250 soat, qolgan tovarlarning har birini tayyorlashga 8 soatdan vaqt sarflangan. 
Agar 1 soatda sarflangan mehnat qiymati 500 so`mga teng bo`lsa, tovar birligining ijtimoiy 
qiymatini aniqlang. 
12-masala.
1784 yilda Angliyada 1 funt qo`lda yigirilgan ip 130,4 pens turgan. 1823 yilda yigiruv 
mashinasining ixtiro qilinishi mehnat unumdorligini 11,7 marta oshirishga imkon berdi. Mashina 
ishlatilgandan keyingi 1 funt ipning qiymatini aniqlang.
13-masala.
Tovar ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat 6 soatni tashkil etadi. 1 gramm 
oltin qazib chiqarish uchun 0,3 soat sarflanadi. 1 dollarning oltin mazmuni 0,888 g. Agar oltin 
qazib chiqarish sanoatida mehnat unumdorligi 1,5 marta oshirilsa, tovarning qiymati oltinda va 
dollarda qanday o`zgaradi?
14-masala.
Ishlab chiqarish vositalariga sarflangan xarajatlar tovar qiymatining ¼ qismini tashkil etib, 
o`zgarmay qolsa, jonli mehnatning unumdorligi yiliga 10%dan ortib borsa, necha yildan keyin 
tovarning qiymati 2 marta kamayadi?
15-masala.
Yil davomida sotilgan tovarlar 10 mlrd. so`mni tashkil etadi. Ulardan 40 mlrd. so`mlik tovar 
kreditga sotilgan. Kreditga sotilib, muddati yetib kelgan to`lovlar – 30 mlrd. so`m, o`zaro hisob-
kitoblar – 15 mlrd. so`m. Quyidagi hollarda muomala uchun zarur bo`lgan pulning miqdorini 
aniqlang: 
a) pulning yil davomidagi aylanishlari soni n = 5. 
b) pulning yil davomidagi aylanishi 20% qisqargan. 

16-masala.
A tovarga talab va taklif bir xil proportsiyada o`sadi. V tovarga talab taklifga nisbatan tezroq 
o`sadi. D tovarga taklif talabga nisbatan tezroq o`sadi. Yuqoridagi omillarning ta`sirida narxlar, 
tovar ishlab chiqaruvchilarning qayta taqsimlanishi qanday o`zgaradi? Tovar ishlab chiqarish 
hajmi o`zgaradimi?
17-masala.
Har kuni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur tirikchilik vositalarining qiymati 
– 10 doll. Har haftada iste`mol qilinadigan tovarlar – 30 doll., har chorakda kerak bo`ladigan 
tovarlar 150 doll., har yarim yilda kerak bo`ladigan tovarlar – 400 doll., yiliga kerak bo`ladigan 
tovarlar 690 doll.ni tashkil qilsa, ishchi kuchining bir kunlik qiymatini aniqlang. 

18-masala.
Ishchi kuchining bir kunlik qiymati 10000 so`m. Shundan 3000 so`m ovqatlanishga, 6000 so`m 
kiyim va uy anjomlariga, 1000 so`m madaniy ehtiyojlarni qondirish uchun sarflanadi. Agar 
ijtimoiy mehnat unumdorligi 2 marta oshsa, mehnat intensivligi ishchining moddiy ehtiyojlarini 
25% oshirsa, madaniy ehtiyoj 1,5 marta oshganda ishchi kuchi qiymatining o`zgarishini aniqlang. 

19-masala.
Kostyum 100 ming so`m turadi. Unga 1 metri 20000 so`m turadigan gazlamadan 3 m sarflangan. 
Tikuv mashinasining yemirilgan qismi – 2 ming so`m, astarning qiymati 14 ming so`m.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin