Ishbay haq to`lash bo`yicha ishchi smenada 5 ta mahsulot yaratib, 15 dollar olgan. Teylor tizimi
bo`yicha ishlashga o`tilishi bilan norma – 10 mahsulot birligi qilib belgilangan va ikki rastsenka
belgilangan normani bajarganda – 4 dollar, bajarmaganda – 2 dollar.
Agar ishchilarning 10% normani 100% bajarsa, qolgan ishchilar 80% bajarsa, normani
bajarmagan ishchilar yaratgan mahsulot massasi va ularning ish haqining o`zgarishini aniqlang.
22-masala.
Bir qator mamlakatlarda qo`llanilayotgan Xelsi tizimi bo`yicha ishni bajarish uchun belgilangan
vaqt normasi – 150 soat, 1 soat uchun belgilangan stavka – 1,2 dollar, «mukofot» - 1 soatga
belgilangan stavkaning 30% miqdorida belgilangan. Ishchi ish normasini 75 soatda bajarsa,
mehnatning intensivligi va ish haqining o`zgarishini aniqlang.
23-masala.
3 mlrd. so`m hajmdagi kapital yiliga 1,6 marta aylangan. Kapital 1 marta aylanish vaqtini va 1
yilda aylangan kapital miqdorini aniqlang.
24-masala.
Avanslangan kapital – 200 mln. so`m. Shundan bino va inshootlarning qiymati – 40 mln., mashina
va jihozlar – 100 mln., asbob-uskunalar – 12 mln. (shundan tez yemiriladiganlari – 4 mln.), xom
ashyo va yordamchi materiallar – 30 mln., yoqilg`i va energiya – 8 mln., ishchi kuchi – 10 mln.
so`m. Doimiy va o`zgaruvchi, asosiy va aylanma kapital miqdorini aniqlang.
25-masala.
Ishlab chiqarish binolari va inshootlarini qurishga 90 mln., mashina va jihozlar sotib olishga 120
mln. so`m sarflangan. Bino va inshootlar – 30 yil, mashina va jihozlar o`rtacha 10 yil xizmat
qiladi. Asosiy kapitalning umumiy aylanish tezligini toping. Asosiy kapital aylanishining
xususiyatlari nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: