Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

VII. GLOSSARIY
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish
– davlat tomonidan aholining yetarli darajadagi hayotiy 
faoliyati uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga maqsadli yunaltirilgan kafolatlar tizimi. 
Aholining real daromadlari
– 
narx darajasi o`zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida 
bo`lgan daromadga sotib olish mumkin bo`lgan tovar va xizmatlar miqdori, ya`ni, aholining 
ixtiyorida bo`lgan daromadning xarid quvvati. 
Bozor kon`yunkturasi
– muayyan vaqt mobaynida tovarlar bozorining holatini tavsiflovchi 
vaqtinchalik iqtisodiy vaziyat bo`lib, quyidagi belgilar orqali aniqlanadi: ichki va tashqi savdodagi 
o`zgarishlar; ishlab chiqarish va qurilish dinamikasi; tovar zaxiralari harakati; narxlar dinamikasi 
va boshqalar. 
Byudjet defitsiti
– byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan oshib ketishi natijasida 
vujudga kelgan taqchillik. 
Davlat byudjeti
 – 
davlat daromadlari va sarflarining moliyaviy rejasi. 
Daromad solig`i
– fuqarolarni bir yil davomidagi yalpi daromadidan olinadigan majburiy 
to`lov (soliq). 
Daromad solig`i stavkalari
 
– aholi daromadlaridan tabaqalashtirilgan holda olinadigan 
soliqlarning foizlardagi darajalari. 
Ijtimoiy soha
– 
aholi turmush tarzi, uning farovonligi, iste`mol
 
darajasiga bevosita bog`liq 
bo`lgan va ularni belgilab beruvchi tarmoqlar, korxonalar va tashkilotlar majmui. Ijtimoiy sohaga 
eng avvalo xizmat ko`rsatish sohasi (maorif, madaniyat, sog`liqni saqlash, ijtimoiy ta`minot, 
jismoniy tarbiya, umumiy ovqatlanish, kommunal xizmat ko`rsatish, yo`lovchi transporti, aloqa va 
boshqalar) kiradi. 
Ijtimoiy soha obektlari
 
– aholining munosib turmush sharoiti va farovonligini ta`minlashga 
xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmui. Bular qatoriga uy-joy fondlari, sog`liqni saqlash, 
maorif, sport, madaniyat muassasalari va boshqalarni kiritish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin