Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

Soliq yuki

mablag`larni boshqa foydalanish mumkin bo`lgan yo`nalishlardan olib, 
soliqlarni to`lash uchun yo`naltirish orqali vujudga keladigan iqtisodiy cheklovlar darajasi bo`lib, 
odatda soliq to`lovchining muayyan davrda byudjetga to`langan soliqlar va boshqa majburiy 
to`lovlarning yig`indisi sifatida namoyon bo`ladi. Mamlakat miqyosida soliq yuki darajasini 
soliqlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog`i orqali ifodalanadi. 
Soliq yukini yengillashtirish
– 
soliqlarning foiz stavkalari kamaytirish va imtiyozlar 
yaratish. 
Iqtisodiyotning real sektori
– iqtisodiyotning bevosita moddiy ne`matlar ishlab chiqarish va 
xizmatlar ko`rsatish bilan bog`liq sohasi bo`lib, u o`z ichiga sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, 
transport, aloqa va boshqa xizmat ko`rsatish tarmoqlarini oladi. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash
 
– ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan 
jihozlash, uni ma`naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi 
chora-tadbirlarni o`z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy 
yo`nalish va vositalari bo`lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni 
chiqarish; ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy 
resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni 
tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza 
texnologiyalarni joriy etish va boshqalar. 
Inqirozga qarshi mo`ljallangan choralar dasturi
– O`zbekiston Respublikasi hukumati 
tomonidan 2009-2012 yillarga mo`ljallanib inqirozga qarshi ishlab chiqilgan choralar dasturi 
bo`lib, mazkur dasturda talab va taklifni rag`batlantirishga yo`naltirilgan bir qator moliyaviy 
imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o`sish sur`atlarini ta`minlovchi chora-tabdirlar majmui o`z aksini 
topgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin