Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Bank-moliya tizimining barqarorligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

Bank-moliya tizimining barqarorligi
 
– banklarning va boshqa moliya muassasalarining o`z 
majburiyatlari yuzasidan talablarga to`la javob bera olishi. Bu likvidlilik, kapitalning yetarliligi, 
aktivlar sifati, rentabellik ko`rsatkichlari orqali aniqlanadi. 
Bank aktivlari
– 
banklarning asosiy faoliyatini amalga oshirishda foydalanuvchi turli 
moddiy va moliyaviy resurslar majmui. Ular asosan bank kreditlari, asosiy vositalari, sotib olgan 
qimmatli qog`ozlari, investitsiyalari, valyuta boyliklari ko`rinishida bo`ladi. 
Bank tizimining likvidligi
– bankning o`z majburiyatlarini vaqtida va so`zsiz bajara olish 
imkoniyati. 
Banklar likvidligi
– banklar aktivlarining qisqa muddat ichida pulga aylanish qobiliyati. 
Likvidlik bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar o`sishini moliyalash bilan birgalikda 
depozitlar va qarz mablag`lari darajasining pasayishini samarali boshqarishni ham bildiradi. 
Banklarning kredit portfeli
– tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarning umumiy 
jamlanmasi bo`lib, ular quyidagicha tasniflanadi: a) yaxshi; b) standart; v) substandart; g) 
shubhali; d) umidsiz. Tijorat banklarining ma`lum sanaga ssuda hisobvaraqalarida qolgan pul 
mablag`lari majmuasi (qoldig`i).
Investitsion kreditlar
– 
ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va texnologik jihatdan 
yangilash, modernizatsiyalash va rekonstruktsiya qilish, yangi bino va inshootlarni qurish uchun 
zarur bo`lgan vositalarni sotib olish maqsadida olingan kreditlar. 
Kooperatsiya aloqalari
– turli soha ishlab chiqarish tarmoqlarida ma`lum mahsulotni 
tayyorlash bo`yicha uzoq muddatli aloqalarni o`rnatish. 
Kreditor qarzdorlik
– 
korxona, tashkilot yoki muassasaning tegishli yuridik yoki jismoniy 
shaxslarga to`lanishi lozim bo`lgan pul mablag`lari bo`lib, ular me`yordagi (muddati o`tmagan) 
hamda muddati o`tgan qarzdorliklarga bo`linishi mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin