Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

Kasanachilik
– 
yirik sanoat korxonalari bilan tuzilgan shartnoma asosida uy sharoitida 
mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatish. 
Kooperatsiya aloqalari
– turli soxa ishlab chiqarish tarmoqlarida ma`lum maxsulotni 
tayyorlash bo`yicha uzoq muddatli aloqalarni o`rnatish. 
Bandlik
– mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg`ul bo`lishi; 
fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan va qonunga zid 
kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati. 
Makroiqtisodiy ko`rsatkichlar
 – 
mamlakat yaxlit iqtisodiyoti darajasidagi ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayon va hodisalarni o`lchash va baholash imkoniyatini beruvchi ko`rsatkichlar. Masalan, yalpi 
ichki mahsulot, milliy daromad, iqtisodiy o`sish, ishsizlik, inflyatsiya darajasi va boshqalar. 


Yalpi ichki mahsulot
– 
mamlakatda bir yil davomida ishlab chiqarilgan jami pirovard 
mahsulot va xizmatlarning bozor qiymati. 
Profitsit
– davlat byudjeti daromadlarning xarajatlardan ko`proq bo`lishi. 
Pul - kredit siyosati
– davlat tomonidan iqtisodiy o`sishni ta`minlash maqsadida pul 
muomalasini tashkil etish va barqarorligini ta`minlash uchun amalga oshiriladigan barcha chora-
tadbirlar majmui. 
Samarali iqtisodiy siyosat
 –
davlatning iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga qaratilgan, har 
tomonlama asoslangan, izchil va o`zaro uyg`unlashtirilgan chora-tadbirlari majmui. 
Xalqaro moliya tashkilotlari –
davlatlar o`rtasidagi valyuta va moliya-kredit 
munosabatlarini tartibga solish, mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga ko`maklashish, kredit 
ko`rinishida yordam berish maqsadida davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan tashkilotlar. 
Bunday tashkilotlar qatoriga Xalqaro hisoblashuvlar banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro 
tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi, Xalqaro moliyaviy korporatsiya, 
Osiyo taraqqiyot banki, yevropa investitsiya banki, mintaqaviy xalqaro rivojlanish banklari va 
boshqalarni kiritish mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin