Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

Institutsional siyosat
 - 
davlat tomonidan mulkchilik, mehnat, moliyaviy, ijtimoiy va boshqa 
sohalarda yangi iqtisodiy institutlarni shakllantirish, eskilarini yo`qotish, mavjudlarini 
transformatsiyalash bo`yicha amalga oshiradigan chora-tadbirlar, hatti-harakatlar. 
Intermodal markaz
– yuk tashishlar bo`yicha xalqaro kommunikatsiya va logistika markazi. 
Inflyatsiya darajasi
– 
ma`lum vaqt ichida (oy, yil) kamida 300 ta tovar va xizmatlardan 
tashkil topgan iste`mol savati bo`yicha narxlar darajasining foizdagi o`zgarishi. 
Iste`mol
– ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining oxirgi fazasi, ijtimoiy mahsulotdan aholini 
iqtisodiy talablarini qondirish jarayoni. 
Iste`mol
 
krediti
– markaziy bank tomonidan barqarorlik davrida qo`llaniladigan pul siyosati 
dastagi. U banklar va boshqa maxsus kredit institutlari tomonidan aholining uzoq muddatli 
iste`mol tovarlarini sotib olish uchun beriladigan kredit.
Ish bilan band bo`lgan jami aholi
 
– ishchi kuchi (iqtisodiy faol aholi)ning ijtimoiy ishlab 
chiqarishda band bo`lgan qismi. 
Ishsizlik
– 
iqtisodiy jihatdan aktiv (faol) aholining bir qismi o`z kuchini qo`llay olmay 
«ortiqcha» bo`lib, mehnat zaxirasi armiyasi bo`lib qolish hodisasi.
Kapital xarajatlar
- asosiy kapitalga kiritiladigan mablag`lar va zaxiralarning o`sishi. 
Kichik biznes sub`ektlari
– 
korxona ko`lami, ishlab chiqarish hajmi, ishlovchilar soni, 
moliyaviy mablag`lari miqdori va boshqalar jihatidan imkoniyatlari cheklangan ishlab chiqaruvchi 
sub`ektlar. Respublikamizda kichik biznes sub`ektlari toifasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar, 
mikrofirmalar va kichik korxonalar kiradi.


Kichik korxona
– kichik biznes sub`ektlarining bir turi bo`lib, mamlakatimizda amaldagi 
qonunchilikka ko`ra sanoat ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida (masalan, yengil va oziq-
ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik sanoati va h.k.) 100 kishigacha, ayrimlarida 
(masalan, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg`i-energetika sanoati va boshqalarda) 50 kishigacha, 
xizmat ko`rsatish sohasida 25 kishigacha ishlovchi korxonalar kichik korxona hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin