Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

Qonunchilik palatasi
 
– O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasi. 
Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo`yicha ko`ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz 
ellikta deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, 
doimiy faoliyat ko`rsatishiga asoslanadi. 
Kredit 
– jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo`sh mablag`larlarini muayyan 
tamoyillar asosida qaytarish sharti bilan foydalanishga berish jarayonida vujudga kelgan iqtisodiy 
munosabatlar majmui.
Kutilayotgan inflyatsiya darajasi
– 
mavjud ijtimoiy-iqtisodiy axborotlar, ma`lumotlar 
asosida alohida shaxs va korxonalar tomonidan kutiladigan bo`lg`usi davrdagi inflyatsiya darajasi. 
Kuchli davlat 
– 
omma faoliyatiga asoslangan kuchli boshqaruv tizimiga, rivojlangan 
iqtisodiyot, yuksak ma`naviyatga ega bo`lgan davlat. Bunday davlat mustahkam iqtisodiy, 
huquqiy va ma`naviy asosga ega bo`ladi. Uning qudrati fuqarolar hamjihatligi, jamiyatdagi 
do`stlik va bag`rikenglik, har bir fuqaroning onglilik darajasi, davlat boshqaruvidagi faol 
ishtirokiga asoslanadi. 
Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari
– 
mustahkam iqtisodiy asosga ega bo`lgan, 
demokratik qadriyatlar qaror topgan, ma`naviy

ma`rifiy yuksaklikka erishgan va boshqaruvning 
demokratik uslublari shakllangan davlatdan jamoat va nodavlat tashkilotlari hal qiluvchi o`rin 
tutadigan jamoatchilik fikri, tashabbusi va davlat idoralari ustidan nazorati ustuvor ahamiyat kasb 
etadigan, fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish idoralarining roli muttasil ortib boradigan jamiyatga 
o`tish kontseptsiyasi. 
Kuchli jamiyat
– 
mustahkam negizning barqarorligi ta`minlangan, davlatning 
boshqaruvchilik faoliyati qisqarib, jamoat tashkilotlarining roli kuchaygan, fuqarolarning qonun 
asosida, ularning huquq va erkinliklari oliy qadriyatlarga aylangan jamiyat.



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin