Soliq stavkasi
–
soliqlarni hisoblashda soliq bazasining har bir birligi hisobiga to`g`ri
keladigan soliq me`yori.
Soliq yuki
–
mablag`larni boshqa foydalanish mumkin bo`lgan yo`nalishlardan olib,
soliqlarni to`lash uchun yo`naltirish orqali vujudga keladigan iqtisodiy cheklovlar darajasi bo`lib,
odatda soliq to`lovchining muayyan davrda byudjetga to`langan
soliqlar va boshqa majburiy
to`lovlarning yig`indisi sifatida namoyon bo`ladi. Mamlakat miqyosida soliq yuki darajasini
soliqlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog`i orqali ifodalanadi.
Soliqlar
– belgilangan va muayyan
miqdorlarda undiriladigan, muntazam,
qaytarib
berilmaydigan va beg`araz xususiyatga ega bo`lgan, byudjetga yo`naltiriladigan majburiy pul
to`lovlari tushuniladi.
Soliqlarni unifikatsiya qilish
–
soliq mexanizmini soddalashtirish maqsadida iqtisodiy
mohiyati, soliqqa tortish ob`ekti o`xshash bo`lgan soliq turlarini birxillashtirish.
Tashqi qarz
–
mamlakat hukumati, moliya-kredit tashkilotlari, yirik korxonalarining boshqa
mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy mablag`larining jami hajmi.
Dostları ilə paylaş: