Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

Asosiy tushuncha va atamalar 
Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmi, iqtisodiyotni tartibga solishning davlat 
mexanizmi, davlat sektori, iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning to``gri va egri usullari, 
indikativ rejalashtirish, davlat dasturlari, markazlashtirilgan rejalashtirish. 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
1.
Iqtisodiyotni tartibga solishda bozor mexanizmining ustunlik va kamchilik tomonlarini ayting? 
2.
Bozor mexanizmi qanday ijtimoiy vazifalarni bajara olmaydi? 
3.
Davlat boshqaruv rolisiz kerakli natijalar bera olmaydigan bozor mexanizmi vazifalarni 
sanang? 
4.
Zamonaviy davlatning iqtisodiy vazifalari nimalardan iborat? 
5.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish shaklinining asosiy rivojlanish boqichlarini 
tavsiflang. Davlat tomonidan tartibga solishdan asosiy maqsad. YaIM va davlat xarajatlari 
xajmi o`rtasidagi mutanosiblik nimani bildiradi? 
6.
Markazlashgan-rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o`tishda iqtisodiyotni davlat 
tomonidan tartibga solish xususiyatlarini ayting? 
2. IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY 
ASOSLARI 
2.1. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqida Merkantilizm va Fiziokrat 
maktablari namoyondalarining nazariy qarashlari. 
Dastlabki iqtisodiy nazariyalar kapitalizmning boshlan`gich davriga to``gri keladi (XV-
XVII asrlar). Bu davrda merkantilistlar jamiyat boyligi muomala sohasida yaratiladi, millat 
boyligi esa pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikrni ilgari surishadi. Merkantilizm – bu iqtisodiy 
nazariyadagi birinchi maktab bo`lib, uning mashhur namoyondalaridan biri Tomas Men 
hisoblanadi (1571-1641 y.). 
Merkantilizm kapitalni dastlabki jam`garilishi davriga xos bo`lib, savdo burjuaziya 
manfaatlarini ifoda etadi. Merkantilizmga ikki xususiyat xosdir: 1) boylik pul bilan ifodalanadi 
(davlat qancha ko`p pulga ega bo`lsa, u shuncha badavlat hisoblanadi) 2) davlat xokimiyati 
yordamida pul boyliklarini jam`garishga erishish mumkin. Ushbu maktab namoyondalari 
mamlakatga olib kirilgan va olib chiqilgan tovarlar o`rtasidagi farqning (aktiv savdo balansi) 
yuqoriligi bilan davlat boyligi oshadi va davlat aktiv savdo balansida siyosiy ishlarni olib borishi 


zarur deb hisoblashadi. Davlat mamlakatdan tovarlarni olib chiqishni ra`gbatlantirish va 
mamlakatga tovarlar olib kirishni cheklash, ba`zi tovarlarni esa olib kirilishini ta`qiqlash bilan 
protektsionizm siyosatini yuritishi lozim. Bunda quyidagi tamoyil ol`ga suriladi: chet eldan arzon 
bahoga sotib olish, boshqa davlatlarga qimmatroq sotish. 
Merkantilizm maktabi «Siyosiy iqtisod» atamasining paydo bo`lishi bilan bo`gliq. U 
frantsuz merkantilisti A.Monkrettonning 1615 yilda chiqqan «Siyosiy iqtisod traktlari» kitobiga 
kiritilgan edi. Merkantilistlar birinchi bo`lib iste`mol qiymatini emas, balki almashinuv qiymatini 
boylik deb e`lon qildilar. 
Keyingi iqtisodiy maktab fiziokratlar edi. Ushbu maktabning eng ko`zga ko`ringan 
namoyondasi – F.Kene (1694-1774 y.). Uning xizmati: fiziokratlar muomala sohasini taxlil 
etishdan ishlab chiqarishni taxlil etishga tomon burilish yasadi. Faqat ular qishloq xo`jaligi bilan 
chegaralanishdi. Kene ekvivalent ayirboshlash ta`limini ol`ga surdi va savdodagi ayirboshladan 
xech qanday boylik yaratilmasligini va ayirboshlash xech narsa ishlab chiqarilmasligini isbotladi. 
F.Kene «tabiiy tartiblanish» holatini, ya`ni bozor narxining beqaror tebranishi, erkin 
raqobat va ba`zi hollarda davlat aralashuvi asosida iqtisodiyotni rivojlatirishni ol`ga surdi. 
Fiziokratlar iqtisodiy rivojlanish o`zida tabiiy jarayonni namoyon qilishi, qonunlarga amal 
qilinishi va odamlar ta`siridan holi bo`lishini lozim deb bilishdi. Bu ularning mutloq yutuqlari edi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin