Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


 Institutsional islohotlar va iqtisodiyotni tartibga solish tizimini shakllantirishning



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

3.2. Institutsional islohotlar va iqtisodiyotni tartibga solish tizimini shakllantirishning 
zarurligi va ahamiyati 
Mustaqillikka erishganimizdan keyin davlatimiz va uning ko`p millatli xalqi manfaatlariga 
muvofiq keladigan mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish imkoniyati tu`gildi. Bu 
vaqtda respublikamiz oldida o`ta muhim bo`lgan bir qator vazifalarni hal etish masalasi turardi. 
Birinchidan, yakkahokimlik tizimidan meros bo`lib qolgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish, 
ikkinchidan, mustaqil, demokratik jamiyatning mustahkam poydevorini yaratish va o`tish davriga 
xos muammolarni hal qilish.
Avvalambor, asosiy e`tibor yakkahokimlik tizimining illatlarini zudlik bilan tugatish
boshqaruvning ma`muriy-buyruqbozlik uslublari va direktiv rejalashtirishning salbiy oqibatlarini 
tugatish, iqtisodiy va moliyaviy vaziyatni barqarorlashtirishga e`tibor qaratildi.
Respublikada yakkahokimlik, ma`muriy-buyruqbozlik tizimining amal qilishi iqtisodiyotni 
nochor ahvolga tushirib qo`ydi. Iqtisodiyotda ziddiyatlar kuchayib bordi, amaldagi xo`jalik 
yuritish mexanizmi esa mazkur ziddiyatlarni bartaraf etishga noqobil edi. Bu holat jamiyat 
hayotida 60-yillardayoq yaqqol namoyon bo`la boshlagan edi. Iqtisodiyotning rivojlanish sur`ati 
keskin pasayib, sarf-xarajatlar ortib bordi. Rivojlanishning iqtisodiy vositalari va omillari amalda 
ishlamadi.
Respublikamiz davlat mustaqilligini qo`lga kiritgandan keyin bu salbiy oqibatlarni tugatish 
va rivojlanish sari dadil qadam tashlash imkoniyatiga ega bo`lindi. Totalitar tuzumdan qolgan 
“meros”ning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish 
lozim deb qaraldi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o`zining «O`zbekiston - bozor 
munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li» kitobida shunday yozadi: «...totalitar merosning o`gir 
oqibatlarini tugatish, iqtisodiyotga bozor asosida madaniylik baxsh etish faoliyatning ayrim 
sohalarini o`zgartirish yo`li bilan emas, balki keng miqyosda tubdan yaxlit iqtisodiy islohot 
o`tkazish orqaligina erishish mumkin...»
1

Bozor iqtisodiyotiga o`tish iqtisodiy munosabatlarni yangilash, institutsional o`zgarishlarni 
amalga oshirish va boshqarishning tegishli strukturasini yaratishni talab etadi. Shuning uchun ham 
respublikamizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichida boshqaruv tizimini 
isloh qilish masalasiga alohida e`tibor qaratildi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin