iqtisodiy yakkahokim bo`lib qolishlari mumkin. Shu boisdan rivojlangan mamlakatlarda to`plangan
yakkahokimlikka qarshi kurash tajribalari asosida antimonopol siyosatni ishlab chiqish va amalga
oshirish maqsadga muvofiqdir.
Dastlabki monopolizmga qarshi qonun 1890 yilda (trestlarga qarshi Sherman qonuni) AQShda
qabul qilingan. Hozirgi davrda ana shunga o`xshash qonunlar deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda
qabul qilingan bo`lib, mazkur qonunchilik asosan uch yo`nalishga ega. Birinchidan,
har qanday
yirik firma, korporatsiya mahsulot ishlab chiqarishning 40-50 foizdan orti`gini o`z qo`lida
to`plamasligi zarur.
Ikkinchidan, barcha yirik korxonalar jismoniy va yuridik shaxslar uchun o`zining va boshqa
hissadorlik jamiyatlari aktsiyalarining to`planadigan ulushlari miqdori cheklab qo`yiladi. Uchinchidan,
bozor baholarini talab va taklif nisbatini inobatga olmay, o`zaro kelishib belgilash va ushlab turishga
qaratilgan kelishuvlar, bozorlarni o`zaro taqsimlab olishlar man qilinadi.
Monopoliyaga qarshi qonunchilikni tatbiq etish uchun maxsus ma`muriy muassasalar, qo`mitalar
tuziladi. Ular korxonalarning tuzilishiga, qimmatbaho qo`gozlarning taqsimlanishiga aralashadilar va
barcha uchun majburiy qaror ishlab chiqaradi. Bunda Yaponiya tajribasi qo`l kelishi mumkin.
Yaponiyada Ikkinchi jahon urushidan keyin yakkahokim monopoliyalarni
man qiluvchi qonunga
amal qilishni nazorat qiluvchi odilona kelishuvlar yuzasidan tashkil topgan qo`mita keng vakolatlarga
ega bo`lib, mazkur qo`mita mustaqil ravishda ish yuritadi. Agar amaldagi qonunchilikning buzilishini
qo`mita aniqlasa va bu holat sud tomonidan tasdiqlansa, uni buzgan firmaga juda katta jarima solinadi.
Qo`mita o`zaro raqobat qiluvchi korporatsiyalarning bir-birlari bilan kartel shartnomalari tuzishlarini
man qiladi. Agarda ana shunday shartnomalar iqtisodiy zarurat sifatida tuzilsa, qisqa muddatli bo`lishi
nazorat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: