Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

 
o'zbekiston 
respublikasining 
qonuni
“Raqobat to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi natijasida quyidagilarga erishilishi 
mumkin: 
-
raqobatni himoya qilish tovar va moliyaviy bozorlarni ham qamrab oladi; 
-
iqtisodiy, kapital kontsentratsiyasi (aktsiyalarni sotish-sotib olish, qo`shilish, birlashtirish 
va h.k.) bo`yicha bitimlarni nazorat qilish kuchayadi. Bozor, kapital kontsentratsiyasi bo`yicha 
bitimlarga monopoliyaga qarshi organlardan ruxsat olish protseduralari, tartib-qoidalari bu 
sohadagi xalqaro me`yorlarga muvofiqlashtiriladi; 
-
monopolist-korxonalarning tovar va xizmatlariga narxni shakllantirishda narxlarni 
tartibga solishning bozor mexanizmini himoya qilish kuchayadi. Bu borada yangi usul va 
dastaklar ishlab chiqiladi.
O`zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida”gi Qonunining ishlab chiqilishi va qabul 
qilinishi milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish hamda erkin 
raqobatni himoya qilish maqsadida quyidagi vazifalarni hal qilish bo`yicha chora-tadbirlarni 
ishlab chiqishni taqozo etadi: 
-
monopolist-korxonalar va ayrim davlat boshqaruv organlarining raqobatga qarshi 
faoliyatining oldini olish, tadbirkorlik faoliyati erkinligi va iste`molchilar huquqlarini himoya 
qilish tizimini mustahkamlash, xo`jalik sub`ektlarining raqobatlashish madaniyatini oshirish; 
-
raqobatni jadallashtirish choralarini ishlab chiqish, monopoliyaga qarshi organlar tarkibiy 
tuzilishini o`zgartirish, ularning vakolatlari, vazifalari va faoliyatini takomillashtirish tadbirlarini 
amalga oshirish; 
-
monopoliyaga qarshi kurashuvchi organlar uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish tizimini shakllantirish hamda muntazam ravishda takomillashtirish, ular 
faoliyatining ochiqligini ta`minlash, raqobatni himoya qilish bo`yicha amalga oshirayotgan 
ishlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin