Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

Asosiy tushuncha va atamalar 
Raqobat, raqobat muhiti, raqobat turlari, raqobat usullari, monopoliya, iqtisodiy monopoliya, 
tabiiy monopoliya,antimonopol siyosat, antimonopol siyosat usullari, raqobatni himoya qilish, 
raqobatni rivojlantirish, 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
1.Raqobat nima? 
2.Qanday raqobat turlarini bilasiz? 
3.Qanday rabatlashish usullari mavjud? 
4.Raqobat bozor iqtisodiyoti sharoitida qanday vazifalarni bajaradi va qanday ahamiyatga ega? 
5.Nima uchun davlat raqobatni rivojlantirishga intilishi va uni himoya qilishi kerak? 
6.Monopoliya nima va uning qanday shakllari mavjud? 
7.Monopoliya va monopolistik faoliyat bozor iqtisodiyotida qanday rol o`ynaydi? 
8.Monopoliyalar faoliyatini nima uchun tartibga solish kerak? 
9.Davlatning antimonopol siyosatining maqsadlari qanday? 
10.Davlat monopoliyaga va monopolistik faoliyatni qanday usullar yordamida tartibga soladi?
11.Tabiiy monopoliyalar qanday tartibga solinadi? 
12.O`zbekiston Respublikasining “Raqobat to``grisida”gi qonuning mazmuni va asosiy talablari 
bo`yicha qanday tasavvurga egasiz? 
 
7. BOZOR IQTISODIYOTIDA NARXNING REGULYATORLIK VAZIFASI VA
DAVLATNING NARX VA INFLATSIYAGA QARSHI SIYOSATLARI 
 
1
Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини 
ривожлантириш концепцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2010, 52-бет. 


7.1. Qiymat va narxning zamonaviy nazariyasi. Ularning mehnat qiymati va naflilik 
nazariyalaridan farqi. 
Hozirgi zamon iqtisodiyotida narx, narx belgilash tizimi – bu iqtisodiy munosabatlarning 
muhim tizimchasi va bozor mexanizmining tarkibiy qismlaridan biridir. Narx – bu ishlab 
chiqaruvchilar va iste`molchilar harakatlarini belgilovchi ko`rsatgichi va bozor iqtisodiyotining 
asosidir. Davlat iqtisodiyotni tartibga solishda narx va narx belgilash orqali ta`sir ko`rsatadi. 
Hozirgi zamon qiymat va narx nazariyasi – bu iqtisodiy nazariya fanining uzoq muddatli 
rivojlanishi natijasidir. Iqtisodiy nazariyada qiymat, narx va ularni aniqlovchi omillar muhim 
masalalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy nazariya – bu mehnatning qiymat nazariyasi va naflilik 
nazariyalarining o`zaro aloqalari va farqlari nuqtai nazaridan, ya`ni marjinalistik nazariya tahlillari 
natijasidir. Ingliz klassik siyosiy iqtisod namoyondalari A.Smit va D.Rikardolar qiymatning 
mehnat nazariyasini asoschilari hisoblanadi. Jamiyat uchun ishlab chiqarish zarur bo`lgan 
mahsulot qiymatini ijtimoiy-zaruriy mehnat sarflari yaratadi, degan `goya ushbu nazariyaning 
asosini tashkil etadi.
 
Qiymat sifat (xaridorlar va sotuvchilar o`rtasidagi, tovarlarni oldi-sotdi jarayonida insonlar 
o`rtasidigi iqtisodiy munosabatlarni namoyon qiladi) va miqdor (qiymatning miqdori unga ketgan 
ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan aniqlanadi) jihatlariga ega. Marjinalistlarning fikriga ko`ra 
narx – bu qiymatning puldagi ifodasidir. Agar qiymatning miqdori unga ketgan ijtimoiy zaruriy 
mehnat sarflari bilan aniqlansa, u holda narxning asosida tovarning qiymati yotadi, biroq talab va 
taklif mutanosibligiga bo`gliq holda narx miqdori tovar qiymatiga nisbatan o`zgaradi. 
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarining qiymat ijtimoiy zaruriy mehnat sarflar bilan 
aniqlanadi degan qarashlari qiymatni tovarning nafliligi belgilaydi, degan marjinal nazariya, 
naflilik nazariyasining vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Ushbu nazariyaning asoschilari avstriya 
maktabi namoyondalari K.Mengera, ye.Bem-Baverka va F.Vizeralar hisoblanishadi. Bu maktab 
XIX asrning oxirgi uchinchi qismida yuzaga kelgan. Bu nazariyaga asosan qimmat (qiymat) 
quyidagilarga bo`gliq: 1) iste`molni qondirishning muhimligiga(naflilikka); 2) naflilikni 
ta`minlanganlik darajasiga. Naflilik nazariyasi – bu sub`ektiv qiymat nazariyasidir, ya`ni har bir 
haridor tovarning nafliligi, qimmati haqida o`zini tasavvuridan, dididan kelib chiqqan holda 
xulosa qiladi. Ushbu maktab namoyondalari xarajatlarni xisobga olishmaydi. Qiymatning mehnat 
nazariyasi namoyondalari esa aksincha, tovarning nafliligini hisobga olishmagan. 
Yuqorida nomlari keltirilgan nazariyalarning eng katta kamchiligi – bu qiymat miqdorini 
belgilovchi yagona manbani topishga urinish hisoblanadi: birida ijtimoiy mehnat sarflari, 
boshqasida esa, tovarning nafliligi va bozorda uni ta`minlanganlik darajasiga ur`gu beriladi. 
Amaliyot, qiymat mehnat sarflariga qanday bo`gliq bo`lsa, tovarning nafliligiga, iste`molchilarni 
unga bergan bahosiga ham shunday bo`gliqlikda ekanligini ko`rsatdi. Bu nazariyalarni 
umumlashtiriladi(sintez), ya`ni mehnat sarflari hamda, mehnat natijalari nafliligini ham hisobga 
olish zarur. Bunday sintez A.Marshal, Dj.Klarkom, P.Samuel sonlar tomonidanamalga oshirilgan. 
Zamonaviy narx va qimmat (qiymat) nazariyalari yo`nalishi asosichisi taniqli ingliz iqtisodchisi 
A.Marshal hisoblanadi. U qiymatning yagona manbaini aniqlashga urinishdan voz kechib, naflilik 
nazariyasinitalab va taklif nazariyasi va ishlab chiqarish xarajatlari(sarflari) nazariyasi bilan 
birlashtirdi. Tovarning qiymati ijtimoiy sarflar hamda, uning nafliligi bilan aniqlanishini yoritib 
berdi. 
Qiymat bozor orqali aniqlanadi. Bozor – bu sotuvchi va haridorlar (talab va taklif) 
manfaatlari to`qnashuvi orqali narx shakllanishiga olib keluvchi iqtisodiy jarayondir. Buni 
quyidagi sxema bo`yicha tasvirlash mumkin: 
Taklif 
Bozor 
Talab 
Foydani 
maksimallashtirish 
Narx 
Naflilikni 
maksimallashtirish 


Narx axborot berish, taqsimlash va ra`gbatlantiruvchilik funktsiyalarini bajaradi. 
Bozor munosabatlari sharoitida narxlarning turli ko`rinishlari mavjud bo`ladi. Xususan: 
korxonalarning ulgurji narxlari, chakana narxlar, davlat buyurtma narxlari, ta`riflar va b. 
Shuningdek quyidagi narxlardan farqlanadi: joriy, haqiqiy bozor munosabatlarida amal 
qiluvchi narxlar va iqtisodiy ko`rsatkichlarni (ishlab chiqarish xajmi, narx indeksi va 
b.)o`zgarishini aniqlashda foydalaniluvchi taqqoslama narxlar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin