Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

1. Qisqa muddatli tsikl (2-4 yil)
iste`mol tovarlariga bo`lgan bozor talabi va taklifi 
muvozanatining buzilishi va tiklanishi tarzida yuz beradi. Bu tsiklda ishlab chiqarish hajmi bozor 
kon yunkturasiga qarab o`zgaradi: 
— narxlar darajasi kam o`zgaradi, ko`pchilik firmalar o`z xaridorlarini yo`qotmaslik uchun 
tovarlar narxini uzoq vaqt (yilda bir marta) o`zgartirmaslikka harakat qiladilar; 
— ish bilan bandlik ham nisbatan barqaror, tebranish kichkina, asosan, alohida korxona va 
tarmoqlarda ish haqi o`zgarishiga bo`gliq; 
— foyda normasi ham bu davr mobaynida kam o`zgaradi; 
— qisqa muddatli davr uchun miqdoriy ko`rsatkichlar kam o`zgaradi. 
2. O`rta muddatli tsikl (7-12 yil)
tebranishlar katta, bu esa muvozanatning chuqur 
buzilganini ko`rsatadi: 
— jamiyatda iqtisodiyotgina emas, balki ijtimoiy sohada ham barqarorlik buziladi; 
— eng asosiysi, iqtisodiy o`sish tushkunlik bilan almashadi.
Ko`pchilik iqtisodchilarning fikricha, bu muddat asbob-uskuna, mashina, mexanizmlarga 
bozor talabi va taklifi muvozanatining buzilishi hamda tiklanishini ifodalaydi.
Ushbu tsiklda kapitalning bir tarmoqdan boshqa tarmoqqa oqib o`tishi yuz beradi. 
Iqtisodiy tsiklning klassik varianti 4 fazadan iborat bo`lib, ularning har birida ishlab 
chiqarish hajmi dinamikasi, narxlar darajasi, ish bilan bandlik, protsent normasi turli xil bo`lishi 
kuzatilgan. 
TSiklning birinchi fazasi krizis (tanglik, tushkunlik) bo`lib, iqtisodiy o`sish darajasi va 
sur`ati tushib ketadi, so`ngra mahsulot ishlab chiqarish hajmi qisqaradi. Bunday holat ortiqcha 
ishlab chiqarishga xos bo`lib, realizatsiya qilinmagan tovarlar zaxirasi ko`payib boradi va sanoat, 
savdo korxonalarining yoppasiga bankrot bo`lishiga olib keladi. Ishlab chiqarish to`xtashi 
natijasida ishsizlik ko`payadi, ish haqi pasayadi. Jamiyatda kredit aloqalari buziladi. Qimmatbaho 
qo`gozlar bozorida aktsiya kursi tushib ketib, barcha tadbirkorlarning pulga ehtiyojlari ortadi, qarz 
to`lash uchun bank protsenti o`sadi. 
Krizisdan keyingi faza–depressiya
 
(tur`gunlik) fazasi keladi. Bu fazada ishlab chiqarishdagi 
tushkunlik ham narxlar tushishi ham to`xtaydi. Tovar zaxiralari va pul kapitalining massasi 
ko`payib, bank protsenti stavkasi eng past darajaga tushadi. Tovar taklifini talabdan ortib ketishi 
to`xtaydi. 
Iqtisodiyotda tur`gunlik bilan bir vaqtda narxning ko`tarilishi, ya`ni inflyatsiya yuz berishi 
mumkin. Bunday holat stagnatsiya deb atalib, aholi turmush darajasining pasayishiga katta ta`sir 
qiladi. 
Depressiyadan so`ng jonlanish fazasi keladi. Bunda ishlab chiqarish avvalgiga nisbatan 
o`sadi, tovar zaxiralari bozorni uzluksiz ta`minlash darajasida bo`ladi. Sotib olish quvvati o`sishi 
bilan jonlanish kuzatiladi. Pul kapitaliga talab ortadi, protsent o`sadi, narxlar ham o`sa boshlaydi. 
Jonlanishdan so`ng yuksalish fazasiga o`tiladi. Mahsulot ishlab chiqarish avvalgiga nisbatan 
o`sadi, ishsizlik kamayadi, talab ortishi natijasida narxlar o`sadi. Kreditga talab oshib, protsent 
ham o`sadi. Investitsion tovarlar ishlab chiqarishning ko`payishi bilan xom ashyo resurslariga 
talab ortadi, narxlar ham o`sadi. Jonlanish fazasida yuzaga kela boshlagan disproportsiya kuchaya 
boradi. Iqtisodiyot yangi tushkunlikka yaqinlashadi va yana tushkunlik davri boshlanadi. Ana 
shunday tarzda tsikl qaytariladi.
Birinchi krizis 1825 yili Angliyada yuz berdi, so`ngra 1836 yili Angliya va AQShda, 1841 
yili AQShda, 1847 yili AQSh, Angliya, Frantsiya va Germaniyada. 1857 yilgi krizis birinchi jahon 
tsiklik krizisi bo`lib tarixda qoldi, keyin – 1873, 1882, 1890 yillardagi krizis ro`y berdi. 
Iqtisodiyotga nisbatan katta talafotlar keltirgan krizis – 1900-1901 yildagi tushkunlik bo`ldi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin