XIX asr oxiri XX asr boshlarida ko`pchilik iqtisodchilar statistik ma`lumotlar
asosida
narxlar va protsent stavkalarining ko`tarilishi hamda tushishiga e`tibor qaratishda. Keyinchalik esa
u bilan bo`gliq iqtisodiy jarayonlarda ham o`zgarishlar sodir bo`lishi sabablarini izohlab berishga
harakat qilishdi.
Bir uzun to`lqinni ikkinchisi bilan almashinishi ishlab chiqarish absolyut miqdorining
pasayishi tarzida yuz berishi shart emas. U iqtisodiy o`sish sur`atining tezlashuvi va sekinlashuvi
almashib turishini uzoq muddatli tendentsiyasi tarzida yuz beradi.
Iqtisodiyotdagi ana shunday holatni chuqur hamda o`z fikrlarini
asoslagan holda rus
iqtisodchisi N. D. Kondrat yev (1892-1938 yil) izohlab berdi. Shu sababli uni Kondrat yev tsikli
deb ham atashadi.
Katta yuksalish asosini u ishlab
chiqarishga yangi texnologiya, jahon xo`jaligiga yangi
mamlakatlarning qo`shilishi (iqtisodiy ravnaqi), oltin qazib olish hajmining o`zgarishi, umuman,
texnik
taraqqiyot, ishlab chiqarishning tarkibiy o`zgarishi bilan bo`glaydi.
Muvozanatning tiklanishi fazasida asosiy kapitalning passiv qismi yangilanadi, o`rta tsiklda
esa, asosan, aktiv qismi yangilanadi.
Shu bilan birga, katta tsikllarning davri aniqlanadi:
1- to`lqin 1772-1783 yillardagi depressiyadan 1812-1825 yildagi beqarorlikkacha;
2- to`lqin 1825-1838 yillardagi depressiyadan 1866-1873 yillardagi beqarorlikkacha;
3- to`lqin 1873-1885 yillardagi depressiyadan 1913-1929 yillardagi beqarorlikkacha;
4- to`lqin 1929-1938 yillardagi depressiyadan 1966-1974 yillardagi beqarorlikkacha;
5- to`lqin 1974-1982 yillardagi depressiyadan boshlangan. Bu to`lqin,
iqtisodchilarning
fikricha, 2010 yillargacha davom etishi va 2010-2015 yillardan yangi 6–to`lqin boshlanishi
mumkin. Bu tsikl mikroelektronika, boshqariladigan
termoyadro energetikasi, gen injenerligini
ishlab chiqarishga jalb etilishi bilan ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: