Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

Birinchidan – 
korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada 
jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish.
Ikkinchidan
– joriy kon`yunktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga 
mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo`lishini qo`llab-
quvvatlash bo`yicha konkret chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni ra`gbatlantirish uchun 
qo`shimcha omillar yaratish: 
1
Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг 
йўллари ва чоралари. –Т.: Ўзбекистон, 2009, 30-31-бет. 


- aylanma mabla`glarini to`ldirish uchun korxonalarga Markaziy bank qayta moliyalash 
stavkasining 70 foizidan ortiq bo`lmagan stavkalarda 12 oygacha bo`lgan muddatga imtiyozli 
kreditlar berish; 
- tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan 
korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to`lovlardan – qo`shimcha qiymat soli`gi bundan 
mustasno – ozod qilish muddatini 2012 yilgacha uzaytirish; 
- banklar kreditlari bo`yicha to`lov muddati o`tgan va joriy qarzlar miqdorini qayta ko`rib chiqish, 
byudjetga to`lanadigan to`lovlarning penyasidan kechish hamda boshqa muhim imtiyoz va 
preferentsiyalar berish. 
Uchinchidan
– qat`iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot 
tannarxini kamaytirishni ra`gbatlantirish hisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish. 
To`rtinchidan
– elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya inte`molini 
kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish. 
Beshinchidan
– jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni 
ra`gbatlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash iqtisodiy o`sishning 
yuqori sur`atlarini saqlab qolishda `goyat muhim ahamiyatga ega. 
Ichki bozorda talabni ra`gbatlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash 
maqsadida Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalar hajmini 3-4 barobar ko`paytirish 
mo`ljallanmoqda. 
2012 yilning 1 yanvarigacha quyidagi soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda: 
- go`sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun bo`shagan 
mabla`glarni ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilishga maqsadli 
ravishda yo`naltirish sharti bilan yagona soliq to`lovi stavkasini 50 foizga qisqartirish
- tayyor nooziq-ovqat tovarlarning muayyan turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 
korxonalarni foyda va mulk soliqlaridan, mikrofirma va kichik korxonalarni yagona soliq 
to`lovidan ozod qilish. 
Mamlakatimizda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta`sirini bartaraf etish 
hamda inqirozdan so`ng barqaror va mutanosib iqtisodiy rivojlanishni ta`minlash maqsadida 2009-
2014 yillarga mo`ljallangan ishlab chiqarishni uzluksiz modernizatsiyalash, texnik va texnologik 
qayta jihozlash, iqtisodiyot raqobatbardoshligini doimiy ravishda oshirish, eksport salohiyatini 
o`stirish maqsadida innovatsiyalarni joriy etish asosida chuqur tarkibiy o`zgartirishlar qilish uchun 
eng muhim investitsiyaviy loyihalar dasturi amalga oshirilmoqda. Bu loyihalarning umumiy 
qiymati 55,4 mlrd. dollarni tashkil etib, uning 15,3 mlrd. dollari (ya`ni 27,6 %) neft gaz sohasiga, 
12,1 mlrd. dollari (12,1%) neftgazkimyo sanoatiga, 7,5 mlrd. dollari (13,5%) transport va 
infratuzilmaga, 5,8 mlrd. dollari (10,5%) energetika sohasiga yo`naltiriladi (12.2.1-jadval). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin