Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

Yagona soliq to`lovi

 
kichik biznes sub`ektlarini qo`llab-quvvatlash maqsadida turli solik 
va yig`imlar o`rniga soddalashtirilgan tartibda to`lanuvchi yagona soliq turi. 
Ijtimoiy-amaliy markaz
– ish bilan band bo`lmagan aholi va ishsizlar o`rtasida kichik 
tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o`rinlarini yaratish bilan shug`ullanuvchi, odatda 
bandlik markazlari qoshida tashkil etiluvchi tuzilma. 


Texnopark
– o`z hududida kichik innovatsion korxonalarni yaratish va rivojlantirish orqali 
ilmiy salohiyatdan foydalanish va ishlab chiqilgan texnologiyalarni tijoratlashtirish maqsadida 
tashkil etiluvchi tuzilma. 
Konsalting
– ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko`rsatish sohasida ixtisoslashgan 
firmalarning o`z mijozlariga maslahat xizmati ko`rsatish va texnikaviy loyihalarni ekspertiza 
qilish bilan bog`liq iqtisodiy faoliyat.
Sug`urta kompaniyasi
– sug`urtalovchi rolida maydonga tushuvchi, ya`ni sug`urta hodisasi 
ro`y bergan chog`da sug`urtalangan shaxsning zararlarini qoplash majburiyatini o`ziga oluvchi
tashkilot.
Investitsiyalar
– asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko`paytirishga, ishlab chiqarish 
quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko`rinishi. U pul mablag`lari, bank 
kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog`ozlar ko`rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag`lari 
ko`rinishidagi investitsiya 
nominal investitsiya
, ana shu pul mablag`lariga sotib olish mumkin 
bo`lgan investitsion resurslar 
real investitsiya
deyiladi.
Investitsiya dasturi
-
respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga 
erishishga, tabiiy, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona 
foydalanish yo`li bilan respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o`zgartirishning 
asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo`naltirilgan bir-biri bilan 
o`zaro bog`langan chora-tadbirlar kompleksi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin