Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

Konstitutsion burch
 
– O`zbekiston fuqarolari Konstitutsiyada belgilab qo`yilgan, fuqarolar 
bajarishlari shart bo`lgan majburiyatlardir. 
Konstitutsion hukumat
 
– demokratik hukumat qonunga va ayniqsa yozma hujjat

konstitutsiyasiga asoslanadi. Konstitutsiyalar hukumatning vakolati va majburiyatlarini 
ta`minlaydi. Shuningdek, ular qonunlar qanday tayyorlanishi va hayotga tatbiq etilishini ham 
o`zida aks ettiradi. Aksariyat konstitutsiyalar hukumatning vakolati va majburiyatlarini 
ta`minlaydi. 
Qonun 
– 
oliy yuridik kuchga ega bo`lgan, davlatning qonun chiqaruvchi muassasasi 
tomonidan yoki aholi tomonidan to`g`ridan-to`g`ri, referendum o`tkazish talablariga muvofiq 
qabul qilingan va o`zida qonunning amal qilish hududi, muddati va shaxslar doirasida huquqiy 
munosabatlar sub`ektlari faoliyatining umumiy namunasini mujassamlashtirgan me`yoriy

huquqiy hujjat. 
Qonun ustuvorligi 
– 
ushbu tamoyilning mazmuni shuni anglatadiki, qonun ijtimoiy 
hayotning barcha sohalarida qat`iy hukmron bo`ladi. Ya`ni hech kim, hech bir davlat organi, 
mansabdor shaxs, tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro qonunga bo`ysunmasligi mumkin emas
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi; uning barcha 
ishtirokchilari esa, hech bir istisnosiz, huquq normalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi 
kerak. Huquqiy normalarni tatbiq etishda konstitutsiya va qonunlarning normalari boshqa huquqiy 
normalardan ustun turadi. 
Qonunchilik
– 
1) davlat tomonidan o`z funktsiyalarini amalga oshirish-ning asosiy 
usullaridan biri bo`lib, davlat hukumati organlari tomonidan qonunlar chiqarishda ifodalanadi; 2) 
ijtimoiy munosabatlarni to`la tartibga soluvchi huquqiy normalar yig`indisi yoki ijtimoiy 
munosabatlarning bir ko`rinishi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin