Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


 Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

1.4. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishi. 
Markazlashgan-rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o`tishda iqtisodiyotni tartibga 
solish borasida davlatning roli mazmun va shakli jihatdan o`zgaradi. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda 
mulkchilik munosabatlari tizimini shakllantirish vazifasi yuzaga keladi. Bunday sharoitda 
davlatning aralashuvisiz ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o`tib bo`lmaydi. 
O`tish davrida davlat islohatlarni amalga oshirish, yo`naltirish va javobgarliklarni o`z 
zimmasiga oladi. Davlat bozor munosabatlariga o`tishda quyidagi vazifalar asosiy etib belgilaydi: 
1.
Monopoliyadan chiqarish, raqobatli muxitni yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish 
uchun huquqiy bazani yaratish va qulay sharoitni ta`minlash; 
2.
Aralash iqtisodiyotda yangi mulkchilik munosabatlarini va bozorning barcha 
elementlarini shakllantirish; 
3.
Inflyatsiyaga qarshi siyosat olib borishda, pul va moliya-kredit sohasida nazorat 
vazifalarini saqlab qolish va takomillashtirish.
2
Цитировано по «Общая экономическая теория (политэкономия)» учебник М.: 1995. стр. 144. 


Bozor iqtisodiyotiga o`tishda davlat iqtisodiyotdagi asosiy o`zgarishlarni amalga oshiruvchisi 
bo`lib, Prezidentimiz ta`kidlaganidek - «davlat iqtisodiyotda bosh islohotchi hisoblanadi». 
O`tish davrida ijtimoiy yo`naltirilgan bozor xo`jaligini shakllantirish maqsadi yo`lidagi barcha 
vazifalarni davlat bajaradi. 
Hozirgi kunda davlat, asosan rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishda va 
jamiyatni rivojlantirishda muhim rolni o`ynaydi. Iqtisodiy rivojlanishda davlatning rolini alohida 
olib ko`rsatish juda murakkabdir.
Iqtisodiy rivojlanishni boshqarishda davlat tomonidan tartibga solishning sifat o`zgarishlari 
yuzaga keladi. Gap shundaki, davlat va bozorning o`zaro aloqalari, ya`ni o`tish davrida bozor 
mexanizmi bajara olmaydigan nafaqat davlat vazifalari nazarda tutiladi, balki davlatning 
zamonaviy fuqarolik jamiyati bo``ginlari vazifalarini bajarish ham nazarda tutiladi. Bunda ishlab 
chiqaruvchilar, tadbirkorlar uyushmasi, inson huquqlarini himoya qilish jamiyati, istemolchilar 
huquqi, hayriya va boshqa fondlar nazarda tutiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin