Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi saboqlari va iqtisodiyotni rivojlanishida



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

2.3. 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi saboqlari va iqtisodiyotni rivojlanishida 
davlatning roli haqidagi iqtisodiy liberalizm nazariyasining inqirozi. 
Iqtisodiy inqiroz bozor mexanizmining o`zi iqtisodiyotni tartibga soluvchi va 
barqarorlashtiruvchi yagona mexanizm bo`la olmasligini ko`rsatdi. Iqtisodiy liberalizm 
kontseptsiyasining ta`siri zaiflashdi. 1929-1933 yillarda bo`lib o`tgan iqtisodiy inqiroz davrida 
ishlab chiqarish sur`ati 45% ga pasaydi, ishsizlik darajasi oshib ketdi va h.k. Asosan 1929-1933 
yillardagi inqiroz o`zgaruvchan sharoitda bozor davlatning aralashuvisiz ishlab chiqarishni 
tartibga solishga va resurslardan samarali foydalanishni ta`minlash imkoniyatiga ega emasligini 
ko`rsatdi. 
Ingliz iqtisodchisi Dj.M.Keyns(1883-1946) taklif etgan kontseptsiya iqtisodiyotni 
tartibga solishda davlatning roli haqidagi qarashlarning rivojlanishida yangi va muhim bosqichi 
hisoblanadi. U bozor iqtisodiyotida davlatning roli haqidagi klassik qarashlarda keskin burilish 
yasadi. U tartibga solishning bozor mexanizmi bilan uy`gunlashtirilgan iqtisodiyotda 
davlatning aralashuvisiz iqtisodiyot samarali rivojlana olmasligini ko`rsatib berdi. Keyns 
kontseptsiyasi o`sha davrdagi xo`jalik tizimini xalokatli larzalardan saqlab qolishga qaratilgan 
edi. U iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning o`rniga klassik(iqtisodiy liberalizm) 
qarashlarda burilish yasadi. Iqtisodiyotni rivojlanishida bozor va davlatning roli, iqtisodiyotni 
davlat tomonidan tartibga solishning zarurati haqidagi Keyns qarashlari iqtisodiy rivojlanishda 
davlatning roli haqidagi qarashlarda keyns inqilobi nomini oldi.
Keyns iqtisodiy modelning mazmunini «Bandlik, foiz va pulning umumiy 
nazariyasi»(1936 y.) asarida yoritib berdi. Bu tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti doktrinasi 
edi. U bozor iqtisodiyoti «kasal» uni davolash lozim deb hisoblaydi. 
«Keyns inqilobi» jarayonida ol`ga surilgan `goya klassik siyosiy iqtisodchilarni 
qarashlarida bozor iqtisodiyotiga qarashlarida burilish yasadi. Keyns yalpi talab va taklifni 
takomillashtirishda davlat siyosatidan foydalanmasdan turib ishlab chiqarish inqirozidan 
chiqish mumkin emasligini ko`rsatib berdi. 
Ja`mi talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari orqali davlat tomonidan tartibga solish 
- Keyns `goyasining asosini tashkil etadi. Keyns ta`limotidagi asosiy tezis: - talab taklifni 
belgilaydi. 
Ishsizlikni va resurslardan to`liq foydalanilmaslikni qisqartirish uchun esa davlat o`zning 
harajatlarini kengaytirish yo`li bilan talabni ra`gbatlantirishi, kam foizli soliq tizimi orqali 
xususiy investitsiyani ra`gbatlantirishi lozim. 
Keyns modeli narxlar va ish haqlari qisqa davr ichida sekin o`zgarishi bilan klassik 
modeldan farqlanadi. Keyns Seyning taklif shaxsiy talabni yuzaga keltiradi degan qonunini rad 
etdi. Keyns ja`mi talab ja`mi taklifni yuzaga keltiradi, degan fikrni ilgari suradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin