Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning neoklassik modeli



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning neoklassik modeli 
Neoklassik yo`nalishdagi iqtisodchilar, asosan, davlatning jamiyatdagi daromadlarni 
odilona taqsimlash va allokatsion, ya`ni iqtisodiyotdagi resurslarni samarali joylashtirish 
maqsadidagi vazifalarni tadqiq qiladilar. Bozor iqtisodiyotini mikroiqtisodiy tahlil qilish 
neoklassik modelning tadqiqot ob`ekti hisoblanadi. Bunda iqtisodiyotning alohida 
iste`molchilar va firmalarning o`zaro aloqadorlikdagi faoliyatining aniq holati o`rganiladi. 
Neoklassiklar rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega bo`lgan mamlakatlarda davlat mulkini 
uning tasarrufidan chiqarish, uning iqtisodiyotni tartibga solishini cheklashni talab qiladilar. 
Ammo ular umuman iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishini butunlay inkor 
etmaydilar. Ularning fikricha, bozorning baho mexanizmi, regulyatori ko`p hollarda 
resurslarning optimal, samarali ishlatilishini ta`minlaydi. Ammo ba`zi holatlarda bozor 
ulardan samarali foydalanishga erishishni ta`minlay olmaydi. Xuddi ana shunday holatlarda 
davlat allokatsiya (taqsimlash)ni yaxshilab, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni 
ta`minlashda ijobiy rol o`ynashi mumkin ekan. 
Ushbu neoklassik modelning asosini ratsional kutish nazariyasi tashkil qiladi. Unga 
ko`ra kishilar o`zlarini ratsional tarzda tutadilar. Ular o`zlarining pulli manfaatlariga muvofiq 
keladigan narsalar bilan bo`gliq kutishlarining shakllanishidagi axborotlarni yi`gadilar va 
ularni o`rganadilar. Ushbu axborotlarga muvofiq ravishda o`z hayotlarini yaxshilashga 
qaratilgan qarorlar qabul qiladilar. Kutish bozor talabining kengayishiga (yoki qisqarishiga) 
1
Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: принципы, проблемы и политика. В. 2 Т.Пер.с англ. 11-го изд. Т1.-
М.: Республика, 1992.- С. 328. 
1
Ўша жойда, 328-329-бетлар. 
2
Ўша жойда, 327-бет. 


olib keladi. Bu o`zgarishlar, o`z navbatida, tovarlar va xizmatlar baholarining ular hali ishlab 
chiqarilmasdan va sotilmasidan oldin o`sishi (yoki pasayishi)ni belgilab beradi. 
Ratsional kutish nazariyasi yangi axborotlarning talab va taklif egri chiziqlarida tezda 
o`z aksini topishini, shuning uchun ham muvozanat baholari va ishlab chiqarish hajmlarining 
bozordagi yangi holatlarga, davlat iqtisodiy siyosatidagi o`zgarishlarga tezda moslashuvchan 
bo`lishini ifodalaydi
1

Bu o`zgarishlar mohiyati Paretoning samaradorlik kriteriyalari asosida tushuntirilishi 
mumkin. Unga ko`ra jamiyat biron-bir a`zosining farovonligi boshqasining turmushini 
yomonlashuvi hisobiga yaxshilanishi mumkin bo`lmaydigan holatni vujudga keltiradigan 
resurslarning taqsimlanishi optimal hisoblanadi. Ayirboshlash munosabatlariga erkin kirishish 
imkoniyati bozorda muvozanat holatiga erishishni ta`minlaydi. 
Bu muvozanatda mavjud baho darajasida tovarlarga talab miqdori ularning taklifi 
miqdoriga tenglashadi. Bu shunday holatki, bironta ham sub`ekt yangi ayirboshlash 
operatsiyalari natijasida bir-birlari hisobiga yutuqqa erisha olmaydi. Bunda resurslarning 
taqsimlanishi optimal bo`ladi, chunki iqtisodiyotda muvozanatlashuv sodir bo`ladi. 
Demak, mukammal bozor resurslarning samarali alokatsiyani (taqsimlanishini) yaxshi 
ta`minlay olmaydi. Xuddi shu hol neoklassiklar nazarida bozor mexanizmiga davlatning 
aralashuvi uchun potentsial imkoniyatlar yaratadi
2

Ushbu oqim tarafdorlari jamoatchilik ne`matlarini ishlab chiqarishni tashkil etishni 
davlatning eng muhim iqtisodiy vazifasi deb qaraydilar. Bu ne`matlarga milliy mudofaa
jamoatchilik tartibotini saqlash, atrof-muhitni nazorat qilish, ta`lim, so`gliqni saqlash va 
boshqalar uchun zarur bo`lgan tovar va xizmatlar kiradi. Bunday ne`matlarni ishlab 
chiqarish davlat korxonalarida to`planishi yoki ularni iste`mol qiluvchilardan soliq olish 
orqali to`plangan mabla`glarni xususiy korxonalarga buyurtma berishga, ularni ishlab 
chiqarishni subsidiyalashtirishga yo`naltirilishi mumkin.
Iqtisodiyotda bozor munosabatlariga bo`gliq bo`lmagan, undan tashqarida bo`lgan atrof-
muhitning yomonlashuvi bilan bo`gliq munosabatlar ham neoklassiklar nuqtai nazariga ko`ra 
davlat tomonidan tartibga solinishi lozim.
Neoklassik yo`nalish tarafdorlari kapitalning erkin oqib turishi uchun ham to`siqlarni 
bartaraf etish maqsadida davlatning tartiblash mexanizmi zarur ekanligini ta`kidlaydilar. 
Ularning nuqtai nazarlariga ko`ra davlat kichik biznes, fermer xo`jaliklari hamda qo`shma 
korxonalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish; yangi tashkil topgan firmalarga 
imtiyozli kreditlar, subsidiyalar berish, imtiyozli soliq solish, litsenziya, patentlar, iqtisodiy 
faoliyatning ma`lum turi bilan shu`gullanish uchun mutlaq huquqlar berish; iqtisodiy 
yakkahokimlikka qarshi kurash mexanizmlari orqali davlat kapitalining erkin harakat qilishi 
uchun to`siqlarni bartaraf qilib iqtisodiyotda raqobat mexanizmining yaratilishini tartibga 
soladi. 
Demak, neoklassiklar davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash tarafdorlari 
bo`lishlariga qaramasdan, uning ma`lum, yuqorida bayon etilgan doirada iqtisodiyotni 
tartiblash borasidagi faoliyatini asoslab beradilar. 
Asosiy tushuncha va atamalar 
Klassik siyosiy iqtisod, iqtisodiy liberalizm, merkantilizm, fiziokratlar, iqtisodiy inqiroz
keynschilik, neokonservatorlar, monetarizm, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti. 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
1.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning o`rni haqida merkantilistlar qarashlarini izohlb 
bering? 
1
Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: Принципы, проблемы и политика. C. 331. 
2
Ширяева Л., Мамедова Н. Неоклассическая модель государственного регулирования рыночных отношений. 
– Российский экономический журнал. – 1992. -№4. С. 100-101. 


2.
Iqtisodiy rivojlanishda davlatni roli haqida fiziokrat maktabi namoyondalarining 
qarashlarini tavsiflab bering? 
3.
Iqtisodiy rivojlanishni tartibga solishda davlatning o`rni haqida klassik siyosiy iqtisod 
kontseptsiyasi mazmunini yoriting? 
4.
Iqtisodiy 
rivojlanishda 
davlatning 
roli 
haqida 
ratsional 
kutish 
maktabi 
namoyondalarining fikrlarini aytib bering? 
5.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli haqidagi qarashlarda Keyns inqilobini 
tavsiflab bering? 
6.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning o`rni haqida Monetar nazariyani tushuntirib 
bering? 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin