И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич
ikkinchi bosqichi „ommaviy xususiylashtirish” davri deb
nom oldi va u 1994-1998 yillarni o`z ichiga oladi. Bu davrda mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat
sanoati, qurilish, avtomobil transporti, agrosanoat kompleksi va boshqa tarmoqlarning o`rta va
yirik korxonalari ochiq aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi va xususiylashtirildi. Shu bilan bir
vaqtning o`zida qimmatli qo`gozlar, ko`chmas mulk bozorlarini shakllantirish boshlandi. Bundan
asosiy maqsad xususiylashtirish jarayoniga aholining keng qatlamlari hamda chet el sarmoyalarini
jalb etish va shu orqali mamlakatimiz iqtisodiyotining nodavlat sektorini jadal rivojlantirishni
ta`minlash bo`ldi. Ushbu bosqichda 21361 xususiylashtirilgan davlat korxonalari negizida 5747 ta
ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari, 3903 ta mas`uliyati cheklangan jamiyat va 11711 ta xususiy
mulkchilikning boshqa shaklidagi korxonalar tashkil etildi.
Xususiylashtirishning
uchinchi bosqichi 1999 yildan boshlanib hozirgi kungacha davom
etmoqda. Bu bosqich “yakka tartibda xususiylashtirish” davri hisoblanadi.
Xususiylashtirishning ushbu davri avvalgi bosqichlardan bir qator jihatlari bilan farq qiladi.
Birinchidan, ushbu davrda iqtisodiyotning yonil`gi-energetika, metallurgiya, kimyo, temir yo`l
transporti va shu kabi boshqa strategik tarmoqlarning yirik korxonalarini chet el investitsiyalarini
keng jalb etgan holda yakka loyihalar asosida xususiylashtirishga kirishildi. Ikkinchidan, ilgari
xususiylashtirilgan korxonalar negizida tashkil etilgan ochiq aktsiyadorlik jamiyatlaridagi
joylashtirilmagan, shu jumladan, davlatga tegishli aktsiyalar paketlari hamda ayrim korxonalarni
butunlay yoki ular mulkining bir bo`lagini birja yoki birjadan tashqaridagi bozorlarda turli
yondashuvlar va usullarni qo`llash asosida sotish yo`lga qo`yildi. Uchinchidan, iqtisodiy nochor,
zarar bilan ishlovchi hamda istiqbolsiz korxonalar va ular mulkidagi davlat ulushlari nol qiymat
bilan chet el yoki mamlakatimiz sarmoyadorlariga investitsiya kiritish hisobiga bepul berish tartibi
joriy etildi va amalga oshirilmoqda.