miqyosda tuziladi. Dasturlar o`z ichiga pirovard va oraliq maqsadlarni, vazifalarni, ularni amalga
oshirish
chora-tadbirlarni, resurslar ta`minotini olishi kerak.
Dastur maqsadi o`lchamga ega bo`lishi, chora-tadbirlar tizimi esa pirovard va oraliq
maqsadlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan ishlab chiqilishi lozim.
Maqsadli hududiy dasturlar hududiy rivojlanishni tartibga solishning samarali metodi
sifatida davlat, mahalliy, jamoaviy, shaxsiy manfaatlarni uy`gunlashtirishi hamda jamiyatning
barcha aholi tabaqalarini davlatning hududiy siyosatini amalga oshirishga da`vat etadigan,
yo`naltiradigan bo`lishi kerak. Shuningdek, hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlari
mamlakatda
amal qilayotgan qonunlar, huquqiy me`yoriy xujjatlar asosida ishlab chiqilishi lozim.
Hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdan
ko`zlangan asosiy maqsad hududiy iqtisodiyotni uning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali
foydalanish va tashqi manbalarni jalb etish yo`li bilan mutanosib va oqilona rivojlantirishdan
iboratdir.
Ushbulardan kelib chiqib, hududiy dasturlarni ishlab chiqishda qo`yidagi vazifalarni
bajarishga alohida e`tibor qaratish lozim bo`ladi;
- hudud ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini umumiy baholash va iqtisodiy rivojlanishning asosiy
tendentsiyalari, iqtisodiy o`sish muammolarini va rezervlarini aniqlash;
- hududning mahalliy mineral-xom ashyo, yer-suv va mehnat resurslaridan foydalanishning
miqdor va sifat
darajalarini tahlil qilish;
- hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish, istiqbolli
tarmoqlar
va
hududning
ixtisoslashish
sohasini,
iqtisodiyotning
bazaviy
tarmoqlari
rivojlanishining ustuvor yo`nalishlarini aniqlash;
- maxalliy qishloq xo`jaligi va mineral xom ashyolardan samarali foydalanishga asoslangan,
yangi eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishlarni shakllantirishning aniq yo`llarini belgilash,
jahon darajasidagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo`yicha kam chiqindili va chiqindisiz
texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni vujudga keltirish;
- hududda qulay, jozibador investitsion muhitni yaratish, xorijiy investorlar,
mahalliy
korxonalar, tadbirkorlar, aholi mabla`glari va resurslarini kengroq jalb etish;
- aholini ijtimoiy himoyalash va mehnat resurslarining oqilona bandligini ta`minlash
mexanizmini ishlab chiqish;
- xo`jalik sub`ektlari o`rtasida raqobat sharoiti va to`laqonli bozor infratuzilmasini vujudga
keltirish;
- hududni oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa ommaviy iste`mol mollari bilan o`zini-o`zi
ta`minlashini oshirish;
- qishloq aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni jadallashtirish uchun
qulay sharoitni shakllantirish. Buning uchun hududga mahalliy soliqlar bo`yicha imtiyozlar berish
maqsadga muvofiqdir.
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini har tomonlama qo`llab-quvvatlash,
ra`gbatlantirish orqali uning hudud yalpi ichki mahsulotidagi ulushini oshirish;
- hududning tashqi iqtisodiy faoliyatini kengaytirish, eksport va import tarkibini
oqilonalashtirish, hududda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini yanada
yaxshilash va yangi qo`shma korxonalarni tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: