Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Hududni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish yo`nalishlarini belgilash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

 
5.4.Hududni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish yo`nalishlarini belgilash.
Hududni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish yo`nalishlari belgilanadi. 
Rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat bo`lishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Dasturda hududni iqtisodiy va ijtimoiy istiqbolda rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari va 
ko`rsatkichlari bayon qilinadi. Bunda asosiy e`tibor yangi ishchi o`rinlari, tabiiy, moliyaviy
mehnat resurslari, ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanishga qaratiladi. 
Bu yo`nalishlar quyidagi tadbirlarga qaratilishi lozim: 
1. Hududning istiqboldagi ehtiyojlari va hududlararo ayriboshlash imkoniyatlarini 
kengaytirish asosida iqtisodiy maqbul tarmoq va ishlab chiqarishlar aniqlanadi. Istiqbolda 
tarmoqlarni rivojlantirishning iqtisodiy ko`rsatkichlari, tarmoq tarkibining o`zgarishi, eksportga 
yo`naltirilgan va import o`rnini bosuvchi mahsulotlar hajmi prognoz qilinadi. Bunda amaldagi 
korxonalarni texnik, texnologik va tashkiliy jihatdan yangilash muammolariga alohida e`tibor 
qaratiladi. Buning uchun ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish yanada chuqurlashtiriladi, nisbatan 
kichik korxonalar rivojlantiriladi. Bu korxonalarda mahalliy mineral-xom ashyo va qishloq 


xo`jalik resurslaridan foydalaniladi. 
2. Hududda yangi korxonalarni qurish, faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruktsiya 
qilish, ixtisosligini o`zgartirish zarurligi asoslanadi; yirik ob`ektlarga qo`shimcha mabla`glar jalb 
qilish hisob-kitoblari amalga oshiriladi. 
3. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o`sish sur`atlari, ekin maydonlari 
tarkibining o`zgarishi, qishloq xo`jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning natural hajmi prognoz 
qilinadi. Shuningdek, qishloq xo`jaligi ekinlari hosildorligi hamda chorva mollari mahsuldorligini 
oshirish yo`llari va manbalari belgilanadi. Yangi texnologiyalarni joriy etish ko`zda tutiladi. 
4. Hududda xom ashyolarni, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan tugallangan 
tsikldagi ishlab chiqarish tarmoqlari, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlash va sotish 
shaxobchalarini vujudga keltirish, xorijiy investitsiyali qo`shma korxonalarni vujudga keltirish 
orqali yangi zamonaviy texnologiyalarni, xo`jalik yuritish shakllari va boshqarish usullarini joriy 
etish. 
5. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va tabiiy resurslardan foydalanish uchun qulay 
sharoitlar yaratish maqsadida transport tizimi va kommunikatsiyalarni rivojlantirish istiqbollarini 
asoslash. 
6. Mulkdorlar sinfini vujudga keltirish bo`yicha vazifalarni hal etish maqsadida kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, ularning iqtisodiyotdagi ulushini ko`paytirish, 
bozor infratuzilmasini rivojlantirish. 
7. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish ko`lami, parametrlari belgilanadi. Bunda tashqi 
savdo tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga, mahalliy xom ashyo resurslarini hisobga olgan holda 
xorijiy investitsiyali korxonalarni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir. 
8. Dasturda tabiiy tashqi muhitni, tabiatni muhofaza qilish, ekologik toza mahsulotlar ishlab 
chiqarish tadbirlari, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora-tadbirlari 
ham o`z ifodasini topadi. 
Har bir hududiy dasturda uni amalga oshirish mexanizmi ko`zda tutilishi kerak. Bu 
mexanizmda dasturni moliyaviy, iqtisodiy resurslar bilan ta`minlanishi muhim o`rin tutadi. 
Dasturni ishlab chiqishda har bir tadbir va tarmoq bo`yicha turli resurslarga bo`lgan talab, 
ehtiyoj hisob-kitob qilinadi. Shundan so`ng dastur bo`yicha uning resurslar bilan ta`minlanish 
manbalari aniqlanadi. Dasturlarda resurslar balanslashtiriladi. Maqsadlar va resurslar o`rtasidagi 
muvofiqlik ta`minlanadi. 
Dasturlarni moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirishda, avvalambor maxalliy resurslar va 
imkoniyatlar hisobga olinadi. 
Joylardagi mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mahalliy byudjet, tadbirkorlar 
va korxonalar o`z mabla`glari, fermer va dehqon xo`jaliklari, aholi mabla`glarini jalb qilinadigan 
xorijiy investorlar, hududdan tashqaridagi tashkilot, korxonalar mabla`glarini hamda bank 
kreditlarini hududiy dasturni amalga oshirishga jalb qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishlari 
lozim bo`ladi. 
Shuningdek, hududiy dasturlarni amalga oshirishda respublika byudjeti va byudjetdan 
tashqari jam`garmalar, O`zbekiston Respublika taraqqiyot va tiklanish jam`garmasi mabla`glarini 
ham jalb etish mumkin. 
Dasturlarni ishlab chiqishda undan kutilayotgan natijalar qanday bo`lishi oldindan 
belgilanishi lozim. Dasturlarni amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy natijalari sifatida hududiy 
yalpi ichki mahsulot, sanoat va qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o`sish 
sur`atlari, umumiy hajmi aholi jon boshiga ishlab chiqarish sur`atlari olinadi. Shuningdek, aholi 
turmush darajasi va uning ish bilan bandligi, aholi jon boshiga daromadlarning o`sishi, hudud 
aholisining gaz, elektr energiya, toza ichimlik suvi, uy-joy bilan ta`minlanishining yaxshilanishi, 
hududning o`zini-o`zi oziq-ovqat, boshqa iste`mol tovarlari bilan ta`minlanishining yaxshilanishi 
ko`rsatkichlari dasturlarning bajarilishi natijalari hisoblanadi. 
Dasturlarning bajarilishini tashkiliy jihatdan ta`minlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Dasturlarni amalga oshirishda butun mas`uliyat joylardagi mahalliy hokimiyat va boshqaruv 
organlari zimmasiga yuklatiladi. Maqsadli hududiy dasturni ekspert baholash, umumiy nazorat 


qilishni Vazirlar Mahkamasining tegishli boshqarma va bo`linmalari amalga oshiradilar. 
Bunda respublika hukumati va joylardagi mahalliy hokimiyat organlarining maqsadli 
hududiy dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirishdagi vakolatlari hamda vazifalari aniq 
belgilanishi lozim bo`ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin