Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


 Raqobatni rivojlantirish va himoya qilishni kuchaytirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

 
6.4. Raqobatni rivojlantirish va himoya qilishni kuchaytirish 
O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisida 2010 yil 12 noyabrda qilgan 
ma`ruzasida: “Hammamiz yaxshi tushunamizki, bozor munosabatlarining asosi bo`lgan raqobatni 
rivojlantirishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari katta rol o`ynaydi. Ammo amaldagi “Tovar 
bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to``grisida”gi Qonun bugungi kunda 
eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e`tiborga olgan holda, “Raqobat 
to``grisida”gi yangi qonunni ishlab chiqishimiz va qabul qilishimiz zarur”
1
, – deb ta`kidladi. 
Hozirgi davrda “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat 
to``grisida”gi Qonun zamon talablariga javob bermay qolganligi quyidagi holatlar bilan 
izohlanadi: 
-
tovar bozorlarida jiddiy tarkibiy o`zgarishlar yuz berdiki, buning natijasida amaldagi 
monopoliyaga qarshi qonunchilik ularga mos kelmay qolishi; 
-
raqobat to``grisidagi qonunchilikni moliyaviy bozor sohasida ham qo`llash zarurati; 
-
iqtisodiyotning globallashuvi va yangi integratsion aloqalarning kuchayishi tufayli 
O`zbekiston Respublikasidagi monopoliyaga qarshi qonunchilikni jahon tajribasi va boshqa 
mamlakatlar qonunchiligi bilan uy`gunlashtirish zarurati; 
-
monopoliyaga qarshi davlat organlari vazifalari hamda vakolatlarini aniq belgilash 
zarurati; 
-
davlatning raqobat siyosatini amalga oshirilishi oqibatida tovar bozorlarining 
monopollashuv darajasi kamaydi. Monopollashgan bozorlarida xo`jalik sub`ektlarining amaldagi 
qonunchilikni buzish shakllari, holatlari, turlari xilma-xillashib murakkablashishi; 
-
monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzuvchilar tarkibi o`zgarib, ular ichida xo`jalik 
sub`ektlari birlashmalari ulushining o`sishi. 
Shu boisdan ham monopoliyadan chiqarish, raqobat muhitini yaratish va rivojlantirish 
vazifalari bilan bir qatorda, raqobatni himoya qilish vazifasi ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Qabul qilinishi mo`ljallanayotgan “Raqobat to``grisida”gi Qonun raqobat muhitini yaratishga 
ko`maklashish bilan bir qatorda tovar bozorlaridagi tarkibiy o`zgarishlarni hisobga olgan holda 
raqobatni himoya qilishga, jahon tajribasiga asosan monopoliyaga qarshi tartibga solish mexanizm 
samaradorligini oshirishga yo`naltiradi. 
Birinchi Prezident I.A.Karimov, “ushbu qonunda monopolistik faoliyatni nafaqat tovarlar 
bozorida, balki moliya bozorlarida ham tartibga solishni nazarda tutish lozim. Shuningdek, birja 
savdolarida ham monopoliyaga qarshi mexanizmlarni, aktsiyalarni sotib olish, qo`shish va 
1
Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини 
ривожлантириш концепцияси: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 
қўшма мажлисидаги маъруза. 2010 йил 12 ноябрь. –Т.: Ўзбекистон, 2010, 52-бет. 


birlashtirish bitimlarini tartibga solish va nazorat qilish tartib-qoidalarini soddalashtirish bo`yicha 
normalarni ushbu qonunga kiritish maqsadga muvofiqdir”
1
, – deb ta`kidlagan 
• 
.2012yilda O’zbekiston respublikasining “Raqobat to`g’risida”gi qonuni qabul qilindi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin