Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


 JAMIYaTNING IJTIMOIY SOHASI VA UNING DAVLAT TOMONIDAN



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

10. JAMIYaTNING IJTIMOIY SOHASI VA UNING DAVLAT TOMONIDAN 
TARTIBGA SOLINIShI
10.1. Jamiyatning ijtimoiy sohasi, uning mazmuni va ijtimoiy rivojlanishdagi roli. 
 
Ijtimoiy soha – bu aholini turmush darajasi, hayot tarzi va ularning farovonligi bilan 
bevosita bo`gliq bo`lgan tarmoqlar, korxonalar majmuidir. U o`zida xizmatlar sohasining barcha 
tarmoqlarini (ta`lim, so`gliqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta`minot, uy-joy kommunal xizmatlari, 
yo`lovchi tashish transportlari, aloqa) mujassamlashtiradi. 
Ushbu soha tarmoqlari va korxonalarining bir qismi bevosita mustaqil xo`jalik yurituvchi 
korxona va tashkilotlarga ta`lluqli bo`lsa, qolgan qismi davlatga tegishli korxona va tashkilotlar 
hisoblanadi. Unga mos tarzda, ularning tarkibi va rivojlanishi xo`jalik organlari resurslari, davlat 
byudjeti rusurslari va davlat byudjetdan tashqari fondlari hisobidan moliyalashtiriladi. Ijtimoiy 
sohaning davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlardan moliyalashtiriladigan qismiga davlat 
bevosita tartibga solish ta`sirini ko`rsatadi, qolgan qismiga esa bilvosita qonun chiqarish, qarorlar 
qabul qilish yo`li bilan ta`sir ko`rsatadi. 
Ijtimoiy sohaning rivojlanganlik darajasi, uning holati avvalam bor moddiy ishlab 
chiqarishning rivojlanganligi bilan bo`gliqdir. Biroq teskari munosabat ham mavjud, ya`ni o`z 
navbatida u ishlab chiqarishni rivojlanishiga ta`sir ko`rsatadi. Ijtimoiy sohaning rivojlanganlik 
darajasi davlatning iqtisodiy siyosati va iqtisodiy munosabatlar tizimi bilan uzviy bo`gliqdir. 


Hozirgi kunda jamiyatning rivojlanishida ijtimoiy sohaning roli oshib bormoqda. Ijtimoiy 
sohaning ustun darajada rivojlanib borishi ijtimoiy sohada band bo`lganlar ulushining oshib 
borishi bunga misol bo`la oladi. 
Jamiyat rivojlanishida inson omilining roli muhim bo`lib, u doim oshib boradi. Iqtisodiy 
o`sishda ilmni va so`gliqni ta`sirini o`sib borishi haqida jahon bankining 1998G’1999 yillar uchun 
«Rivojlanishda ilmning xissasi»(«Znanie na slujbe razvitiya») nomli hisobotida to`xtalib o`tiladi. 
Xodimlarning ma`lumoti, malakasining oshishi YaIM da ushbu omillar hisobiga o`sish ulushida 
namoyn bo`ladi. Masalan, Amerika iqtisodchisi ye.Denisov taxminiga ko`ra 1929-1982 yillarda 
milliy daromad o`sishining 14% ma`lumot, malakani oshirish hisobiga 21% mehnat 
ugumdorligining o`sishi hisobiga erishilgan. 
Ishchilar malakasining o`sishi – mehnat unumdorligini oshirishning muhim manbaidir
biroq ishlab chiqaruvchi so`gli`gini mustaxkamlash esa xodimlarning kasalliklari tufayli 
unumdorlikning pasayishiga va kasallik davri uchun nafaqalar to`lash bo`yicha xarajatlarning 
qisqarishi olib keladi. 
Bu Rossiya Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot institutiga hulosa chiqarishga asos bo`ldi, 
ya`ni «mamlakatning rivojlanganlik darajasi ijtimoiy sohaga qilingan xarajatlar bilan to``gridan-
to``gri bo`gliqlikda»
9

G‘arbning rivojlangan mamlakatlarida davlat byudjeti xarajatlari YaIM ga nisbatan 33-
50% tashkil etadi. Masalan, bu ko`rsatkich 2001 yilda: AQSh – 31,9% ni, Bubk Britaniyada – 
39,7% ni, Germaniyada – 46,5% ni, Italiyada – 47,2% ni, Frantsiyada – 52,1% ni, Shvetsiyada – 
59,7% ni, yeX mamlakatlarida – 46,1% ni tashkil etdi
10

Bundan byudjet xarajatlarining salkam yarmi va undan oshi`gi davlat tomonidan ijtimoiy-
madaniy maqsadlarda foydalaniladi. 
Rivojlangan davlatning asosiy byudjet xarajatlarini ijtimoiy-madaniy xarajatlar tashkil 
etadi. Davlat byudjetining ijtimoiy-madaniy xarajatlarini asosini ta`lim, so`gliqni saqlash, ijtimoiy 
to`lovlar, ya`ni pensiya, nafaqalar to`lovlari tashkil etadi. Masalan, 1999 yilda 1990 yilga nisbatan 
aholini katta yoshdagilariga ta`lim berishning o`rtacha yili quyidagicha oshdi: Italiyada 5,5 yildan 
13,5 yilgacha, Yaponiyada 9,9 yildan 17 yilgacha, AQSh da 11,3 yildan 19,6 yilgacha.
Shu tarzda XX asrning ikkinchi yarmida umumiy tendentsiyaning rivojlanishi, ya`ni 
ijtimoiy sohaning rivojlanishida, inson omiliga qo`yilmalarning o`sishida va bular orqali ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirishda davlatning roli oshib bordi. 
Bu sohadagi murakkab va asosiy muammolardan biri – bu vazifalarni chegaralash, ya`ni 
ko`proq maqsadga muvofiq bo`ladigan qaysi vazifalarni davlatdaga berish va qaysilarini mustaqil 
xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda qoldirish. 
Davlat byudjeti xarajatlarida ijtimoiy himoya xarajatlari asosiy rolni egallaydi. MDH va 
G‘arb mamlakatlarida ushbu xarajatlarni taqqoslashda `garb statistikasida shu guruh xarajatlariga 
ijtimoiy transfertlardan tashqari so`gliqni saqlash xarajatlari ham qo`shilishini hisobga olish zarur.
Bu holatda nodavlat mulkchilik shaklidagi xo`jalik organlari resurslari hisobiga ijtimoiy 
himoya xarajatlarining katta qismini moliyalashtirish ko`rinishlariga ega bo`lish lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin