Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Kam ta`minlangan aholini ijtimoiy himoyalash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

10.6. Kam ta`minlangan aholini ijtimoiy himoyalash 
Ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti to`la-to`kis ham bozor iqtisodiyoti, 
ham ijtimoiy iqtisodiyot hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotini ijtimoiy yo`naltirish zaruriyati, 
albatta, inson manfaatidan kelib chiqadi. Bozorning shunday oqibatlari borki, bunda ma`lum 
toifa himoyaga muhtoj bo`lib qoladi. Shuning uchun ham tsivilizatsiya ijtimoiy himoya 
tizimini talab qiladi. 
Ijtimoiy himoyalashdagi muhim masala aholini bozor bahosining tez o`sishi, 
inflyatsiya ta`siridan himoya etish va buning oldini olish bilan bo`gliqdir. Ayniqsa, bozor 
iqtisodiyotiga o`tish davrida mollar narxining ko`tarilishi to`xtatib bo`lmaydigan holatdir. 
Bunda oylik ish haqi va belgilangan daromadga ega bo`lganlarni o`sib borayotgan tovarlar va 
xizmatlar narxining salbiy ta`siridan muhofaza etish yirik ijtimoiy muammodir. Ayniqsa, 
davlat muassasasi tashkilotlaridagi band yumushchilar, nafaqaxo`rlar, talabalar ijtimoiy 
himoyaga muhtoj bo`ladi. Bunda vaqti-vaqti bilan maosh, stipendiya, nafaqalar miqdorini 
bir oz oshirish masalani hal qilmaydi. Shuning uchun indeksatsiya usulini q o`llash yuz 
beradigan o`girlikni biroz yengillashtirib, turmush darajasiga bo`lgan o`gir ta`sirni 
yengillashtiradi. Chunki qabul qilinadigan indekslar tufayli daromad narx-navo darajasiga 
qarab o`zgarib turadi hamda ko`tarilayotgan baholar keltiradigan zararlarning asosiy qismini 
qoplab boradi. 
Bundan tashqari, bozor narxlaridan himoya qilishda ta`minotning alohida usullarini 
qo`llash ahvolni yumshatishga yordam beradi. Masalan, aholining ayrim tabaqalari uchun 
maxsus ta`minot tayinlash yoki vaqti-vaqti bilan oziq-ovqat va sanoat mollari tarqatish kabi 
usullardan rivojlangan mamlakatlarda foydalaniladi.
Ijtimoiy himoya yuqorida qayd qilingan usullar bilan chegaralanmaydi, sharoitga qarab 
aniq shakllarni topib, ularni qo`llab boradi. Ayniqsa, kam daromadlilarni bozorning salbiy 
ta`siridan asrash va turmush darajasining pasayib ketishiga yo`l qo`ymaslik davlatning 
muhim vazifasidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin