Xavfsizlik tizimdagi ob`ektning ichki va tashqi tahdidlarning mavjudligi sharoitida yashay
olish va rivojlanish qobiliyatiga egalik va ko`zda tutilmagan, aniqlanishi qiyin bo`lgan noxush
omillar ta`siriga bardoshlilik holatini ifodalaydi (11.1.2-chizma).
11.1.2-chizma
Rivojlanish, barqarorlik va xavfsizlik tushunchalarining o`zaro bo`gliqligi
Ilmiy iqtisodiy
adabiyotlarda ushbu
ta`rif eng to``gri ta`rif sifatida
e`tirof
etilmoqda
2
Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyotning turli sub`ektlariga tegishli bo`lib, ular
quyidagilardan iborat: alohida fuqarolar; xususiy tadbirkorlik, biznes; davlat korxonalari; milliy
iqtisodiyot; davlat.
Ichki iqtisodiy sohalarda xavfsizlik tabiiy, texnikaviy-iqtisodiy, infratuzilmaviy, ijtimoiy,
mikro va makroiqtisodiy rivojlanishning boshqa omillari, shuningdek, turli beqarorlik, tanglikni
keltirib chiqaruvchi ichki va tashqi tahdidlar ta`siridan himoya qiluvchi ichki immunitetlar bilan
bo`gliqdir.
Tashqi iqtisodiy sohada xavfsizlik mamlakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi, milliy
valyutasining barqarorligi, davlatning moliyaviy ahvoli bilan tavsiflanadi.
O`tish, ya`ni tranzit iqtisodiyotiga ega bo`lgan, bozor iqtisodiyotiga o`tish maqsadida
islohotlarni amalga oshirayotgan mamlakatlarda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash alohida
ahamiyat kasb etadi. Ularda, shu jumladan, O`zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar mamlakatning geopolitik holatini, uning hozirgi zamon jahon iqtisodiy tizimidagi
o`rnini tubdan o`zgartirib yuboradi.
. Iqtisodiy xavfsizlik tamoyillari sifatida ijtimoiy-iqtisodiy tizim ahvolining quyi chegarasini
ifodalovchi ko`rsatkichlar qo`llaniladi. Mazkur quyi chegaralardan past ko`rsatkichlarda iqtisodiy
tizim uchun tahdidlar vujudga keladi, hatto bu tizimning buzilishi, degradatsiyasi yuz bera
boshlaydi. Ushbu quyi chegarani va uning miqdoriy o`lchamlarini aniqlash, belgilash uchun
quyidagilarni amalga oshirish lozim bo`ladi:
- milliy iqtisodiyot hamda iqtisodiy tizim faoliyatining asosiy sharoitlarini o`rganish va
ularni tavsiflovchi ko`rsatkichlarni aniqlash;
- milliy iqtisodiyotni tanglikka va beqarorlikka olib keluvchi omillarni aniqlash;
- turli tanglik, xavfli holatlar yuzaga kelishining tartibi va imkoniyatlarini baholash;
- xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga xavf soluvchi tahdidlarning oldini olish yo`llarini
aniqlash.
Turli iqtisodiy tahdidlar, noxush holatlar oqibatida ko`rilgan zararlarning o`rnini qoplash
uchun zarur bo`lgan xarajatlarni prognoz qilish ham muhim ahamiyatga ega. Buning natijasida
favqulodda holatlar oqibatida ko`riladigan zararlarni qoplash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishni ta`minlashga yo`naltirilgan resurslarni baholash va o`z vaqtida shakllantirish uchun
2
Спанов М. Экономическая безопасность: сущность, критерии, формы. // Транзитная экономика, 1998. №4.-
с.4.
Dostları ilə paylaş: