Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

Tarmoqlar krizisi.
Bunday krizis milliy xo`jalikni biron-bir tarmo`gini qamrab olib, ishlab 
chiqarishning tarkibiy o`zgarishi yoki normal xo`jalik aloqalarining buzilishi tufayli yuz beradi. 
Misol qilib, 1958-1962 yillarda dengiz kemachiligi (kema qatnovi), 1977 yil to`qimachilik sanoati 
inqirozini ko`rsatish mumkin. 
Agrar krizis.
Bunday krizis qishloq xo`jaligi mahsulotlari savdosining keskin tarzda 
qisqarib ketishi, qishloq xo`jalik mahsulotlari narxlarining keskin tushib ketishi bilan ifodalanadi. 
Struktura-tarkibiy krizis.
Ishlab chiqarish tarmoqlari o`rtasidagi normal nisbatlar buzilishi 
tufayli tarkibiy krizis yuz beradi. Bunda bir tarmoq boshqa tarmoqning hisobiga rivojlanadi. 
Natijada, bu tarmoqda ahvol o`girlashadi. Misol uchun 70- yillarning o`rtasida ro`y bergan xom 
ashyo, energetika krizislarini ko`rsatish mumkin. 
2. Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishi muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga 
ko`ra davriy, oraliq, nomuntazam krizislarga bo`linadi. 
Davriy (tsiklli) krizislar ma`lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi. 
Oraliq krizislar — to`liq tsikl bo`yicha yuz bermaydi. TSiklning biron-bir fazasida 
to`xtatiladi. Ular nisbatan uncha chuqur emas, ammo qisqa muddat davom etadi. 
Nomuntazam krizislar biron-bir alohida sabablarga ko`ra yuz beradi. Masalan, tabiiy ofat-
sel, to`fon, qur`goqchilik kabilar tufayli iqtisodiyot tang ahvolga tushishi mumkin. 
3. Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi xarakteriga ko`ra krizislar ikkiga: ortiqcha 
ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish krizislariga bo`linadi. Tovarlarni ortiqcha ishlab 
chiqarish krizisi turli naf keltiradigan ne`matlarni ko`p ishlab chiqarish, lekin ularni to`la 
realizatsiya qila olmaslikbilan xarakterlanadi. 
Taqchil ishlab chiqarish krizisi davrida yetishmovchilik natijasida tang ahvol yuzaga 
kedadi, chunki muvozanat buziladi. Shunday qilib, iqtisodiyotni tang ahvolga tushishiga faqat 
ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo`ladi. 
Krizislarning mohiyatini yoritish uchun odatda, davriy, ya`ni takrorlanadigan krizislar 
o`rganiladi. 
Vaqti-vaqti bilan takrorlanadigan krizislar tsiklning takrorlanish muddatiga ko`ra: qisqa, 
o`rta va uzoq tsikllarga bo`linadi. 
Taniqli iqtisodchilardan Y.Shumpeter iqtisodiyotning tsiklli rivojlanishini tadqiq qilib
iqtisodiyotda tebranishlar uch darajada yuz berishini ko`rsatdi va bu tsikllarni ularni kashf etgan 


iqtisodchilar J.Kitchin, K.Juglyar, N.D.Kondrat yevlar nomi bilan atadi hamda iqtisodiyotda 
uchala tsikl o`zaro bo`gliq, o`zaro aloqadorlikda namoyon bo`lishini qayd etadi. 
P. Samul son esa iqtisodiy tsikl bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma mamlakatlar hamda 
iqtisodiyotning barcha sohasi uchun taalluqli deydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin