Kaykovus 412 xijriy yilda (milod 1021-1022) tug’ilgan. Uning avlodlari g’ilon qabilasidan bo’lib, Tabaristonda (hozirgi Kaspiy dengizining janubidagi xudud) yashaganlar.
Ammo biz Kaykovus haqida batafsil ma’lumotlarga ega emasmiz. Kaykovus o’z hayoti davomida ko’rgan-bilganlari asosida o’zining buyuk "Qobusnoma" asasarini yaratdi. Kitobni u o’g’li G’ilonshoxga bag’ishlagan. Bu paytda Kaykovus taxminan oltmish yoshlarda edi. "Qobusnoma" SHarqda, xususan Eronning o’zida ham saqlanib kelayotgan an’anaga ko’ra pand-nasixat tarzida yozilgan bo’lib, mana bir necha asrlardan beri halqlarni, jumladan yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda, ularni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib kelmokda.
"Qobusnoma" murakkab yo’lni bosib o’tdi. SHo’ro mafkurasi davrida [asarning. insonni aqliy, ahloqiy tarbiyalashdagi ahamiyati xokim sinf axlokini targ’ib qilish deb baholandi. Kaykovusning Vatan haqidagi, kasb-xunarni ulug’lovchi, bilimlarni egallash haqidagi fikrlari, diniy qarashlari siyosiy nuktai nazaridan koralanadi. Asarning qimmati faqat uning adabiy-badiy, til xususiyati va tarixiy jihatlarida deb ta’kidlanadi."Qobusnoma” asariga davr va shart-sharoitlar, siyosiy qarashlar ta’sirida qay darajada soya tashlanmasin, bu asar mashhur xind asari "Kalila va Dimna", Nizom ul-Mulkning "Siyosatnoma”, Nosir Hisravning "Saodatnoma”, YUsuf Xos Xojibning "Qutadg’u bilig", Maxmud Qoshg’ariyning "Devonu lugatit turk" , "Sa’diyning "Guliston", Axmad YUgnakiyning "Xibatul xaqoyik", Alisher Navoyining "Maxbub ul-kulub", Voiz Koshifiyning "Ahloqiy muxsiniy", Davoniyning "Ahloqi Jaloli" kabi ahloqiy-ta’limiy asarlari bilan bir katorda SHarq pedagogik fikr taraqqiyotida inson kamolotini shakllantirishda muhim o’rinni egallaydi.
SHuningdek, mazkur bobda Kaykovus aql haqida ham fikr bildirib inson qobiliyatining bir xil emasligini, inson aqlining tug’ma, azaliy aql (tabiy aql) va kasbiy aql, ya’ni muktasib (o’rganilgan aql kabilariga bo’linishini bayon etadi. Kasbiy aqlni donish derlar, deydi.
Kaykovusning o’zi ta’kidlaganidek, butun bir asar ana shu oxirgi bobida ta’rif bergan juvonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. Kaykovus unda "... barcha fikr va tushunchalarimni sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, ham xunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirk to’rt bobda etdim", deyish bilan har bir yoshning aqliy, ahloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog’lagan holda kamolga yetkazish yo’llar usullarini bayon etgan. Kitobda juvonmardlar egallashi zarur bu, quyidagi yunalishlarda ta’lim-tarbiya berishrish nazarda tutilgan:
1. Kaykovus bilim olish haqida.
2. Xunar va turli kasb egalari haqida.
3. Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
4. Jismoniy yetuklik haqida.
Kaykovus "Qobusnoma" asarida jismoniy tarbiyaga ham katta e’tibor zgan. Zero, Kaykovusning "Qobusnoma" asari XI asrda yuzaga kelgan yirik tarbiyaviy asardir. Bunda o’sha davrga xos har bir yosh egallashi zarur bo’lgan aqliy, ahloqiy, jismoniy tarbiya bilan bog’liq faoliyat turlari: otda yurish, merganlik, suvda so’zish, harbiy mashqlar san’ati, ifodali o’qish, hatotlik san’ati, she’r yoza olish, musiqiy bilimga ega bo’lish, shatranj va nard uyinini bilish kabilar ham o’z ifodasini topgan.
Kaykovusning katta xizmati shundaki, u yoshlarni hayotga tayyorlashda xar tomonlama kamolga yetkazishning nazariy masalalarini amaliy faoliyatga tatbiqi nuktai nazaridan ifodalashi bilan hamma zamonlarda, xar qanday tuzumda ham o’z qimmatini yuqotmadi va amaliy hayot dasturi sifatida o’z o’rniga ega bo’ldi.
YUsuf Xos Xojib Bolasogunda tug’ilgan, o’z asarini yoshi ellikdan o’tganda yozgan. Asarning xijriy 462 (1069 - 1070) yozib tugallanganligi, uni o’n sakkiz oyda, ya’ni 461 yilning birinchi yarmida boshlab , 462 yilning o’rtalarida tugatganligi, agar bu davrda YUsuf Xos Xojib 50 yoshlar atrofida bo’lsa, 410 (1019 milodiy) yillarda tug’ilganligi taxmin etiladi. YUsuf Xos Xojibning "Qutadg’u bilig" asari 6500 baytdan yoki 13000
misradan iborat. Buyuk mutafakkir asarni yozib tugatgach, koraxoniylar xukmdori Tavgachxon (kitobda Tavgoch Ulug Bugra Koraxon (Xoqon), Abo Ali Xasan binni Sulaymon Arslon Koraxon (xokon) nomlari bilan zikr etilgan huzuriga kelib, unga taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo’lib, uning muallifiga Xos Xojiblik unvonini beradi. "Qutadg’u bilig" asari katta shuhrat qozonadi. SHuning uchun ham "Qutadg’u bilig" ni chinliklar
(Xitoy) "Adab ul - muluk" ("Xukmdorlar odobi"), mochinliklar (SHarqiy Turkiston) "Anis ul-malolik" ("Mamlakattaning tartib usuli"), eronliklar.; "SHoxnomai turkiy", SHarq elida "Ziynat ul-umaro", ("Amirlar ziynati"),; turonliklar "Qutadg’u bilig" ba’zilar esa "Pandnomai muluk" ("Xukmdorlar nasixatnomasi") deb atagani kitob mukaddimasiga kiritiriladi. Mazkur asarning shuxrat topishi bejiz emas edi. CHunki YUsuf; Xos Xojib o’z davrining yetuk mutafakkiri, chuqur bilimli, donishmand kishisi edi. Buni asarning mundarijasi va mazmunidan ham bilsak bo’ladi. U o’z asarida tibbiyot, falakiyot, tarix, tibbiyot, geografiya, riyoziyot, xandasa, falsafa, adabiyot, ta’lim-tarbiya, fikxga oid fikralarni bayon etib, faylasuf va Qomusiy olim sifatida o’zini nomoyon etdi. CHunonchi u barcha ijtimoiy tabaqalar o’rtasidagi muomala, munosabatlarni yoritish Bilan diplomatiyaga oid qoidalar tizimini yaratdi, turli kasb egalarining kasb-koriga oid talablar va jamiyatning ahloqiy tamoyillarini tarannum etish bilan ta’lim-tarbiya sohasida o’ziga xos uslubni yaratdi.
"Qutadg’u bilig" - baxt va saodatga eltuvchi bilim, ta’lim Dega ma’noni bildiradi. Demak, asar nomidan ham uning pand-nasixatlar, ta’lim-tarbiyaga oid, Har tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan yetuk didaktik asar ekanligi yakqol ko’rinib turibdi.
"Qutadg’u bilig"ning tadqiqotchilaridan biri B.To’xliyev ta’kidlaganidek, YUsuf Xos Xojib "Komil inson haqida gapirar ekan, kamolotning kator belgilarini ko’rsatib o’tadi. Ularning eng asosiysi aloxida shaxsning o’z manfaatlari, shaxsiy istaklari doirasini yorib chikib, Boshkalar g’ami bilan yashashi, ko’pchilik manfaati uchun fidoyi bo’la bilishdir".Hozirgacha "Qutadg’u bilig" ning Xirot, Koxira, Namangan nusxalari ma’lum bo’lib, Venaga keltirilgan Xirot nusxasini Xerman Vamberi nashr qildi va tarjimasini berdi.1890 yilda V.V.Radlov Vena nusxasining Faksimilesini, 1891 yilda shu Faksimile asosidagi matnini nashr qildiradi.1896 yilda Koxira nusxasi topilgandan so’ng, undan ko’chirma olgach, V.Radlov har ikki nusxani qiyoslab 1910 yilda rus grafikasiga asoslangan to’liq transkripsiyasini nemis tiliga tarjimasi bilan nashr ettirdi. 1913 yilda esa uning uchinchi nusxasi Namanganda
topilib, keyinchalik olimlar bu asarni tadqiq etishga kirishdilar.
Demak, YUsuf Xos Xojibning "Qutadg’u bilig" asasarini ilmiy jihatdan
o’rganishga juda ko’p olimlar hissa qo’shgan. V.V.Radlov, X.Vamberi, S.E.Malovlar uni tarjima etib, nashr qilgan bo’lsalar V.V.Bartolbd, E.Berishrtels, I.V. Stebleva, O.A. Valitovalar Har tomonlama tadqiq etdilar. Asarning mukammal nashrini tayyorlashda hamda uni tadqiq etishda o’zbek olimlarining xizmati, ayniqsa diqqatga sazovor.
Birinchi bo’lib professor Fitrat 1924 yilda Namangan nusxasini olib kutubxonaga keltiradi va u xaqda maqola e’lon qiladi. "Qutadg’u bilig"ning mukammal nashri o’zbek olimi K. Karimov tomonidan amalga oshirildi va tadqiq etildi. Uni tahlil etishda S.M.Mo’talliboyev, N.M. Mallayevlarning ham xizmati katta YUsuf Xos Xojib X asrning tashkil topgan Koraxoniylar xukmronligi davrida yashab ijod etdi. Koraxoniylar Sirdaryodan yettisuvgacha, SHimoli Fargona va butun SHarqiy Turkistonda xukmronligini o’rnatgandan so’ng Movarounnaxrning ichki xududlariga ham kirib borib, Qoshg’ardan tortib Kaspiygacha bo’lgan keng maydonda o’z davlatini tarkib toptirgan edi. Uning markazi Qoshg’ar (Urdukent) bo’lib, shimolda Bolasogun (Ko’zurdu), G’arbda Samarkand, markazidagi Uzgand yirik shaharlardan hisoblanardi. Har bir davlatda bo’lganidek Koraxoniylar davlatining ham idora qilish usuli, yurgizadigan siyosati, qonunlari, tarbiya tamoyillari ifodalangan komus nizomnoma zarur edi.
YUqorida eslatganimizdek, YUsuf Xos Xojibning asarida inson kamoloti masalasi markaziy masala bo’lib hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va hayotda tutgan o’rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o’ziga xos bir tarzda bayon etiladi.
Mutafakkir kitobning an’anaviy boshlanmasidan keyinrok insonning xaqikiy baxti bilimda ekanligini bayon etadi. YAna ilm-zakovatning ahamiyati haqida kator boblarda ham fikr yuritishi bilan birga unga alohida boblar ham bag’ishlangan. Lekin olim faqat ilm-ma’rifatning ahamiyatini ko’rsatibgina qolmaydi, u bilim va zakovatning amaliyotdagi o’rnini ham yoritadi.YUsuf Xos Xojibning biz tahlil etgan mazkur asari insonni har tomonlama kamolga yetkazishning barcha masalalari o’zining badiiy ifodasini topgan yirik ta’limiy - ahloqiy dostondir. Olim insonni kamolga yetishi uchun quyidagilarni nazarda tutadi:
1. Aqliy kamolot - bilim va zakovat, o’quvga ega bo’lish.
2. Ahloqiy kamolot.
3. Jismoniy kamolot.
YUsuf Xos Xojib insonning, kamolga yetishining yo’l-yuriklari, usullari, chora-tadbirlarini yuksak badiiy mahorat bilan yoritib beradi. uning uchun ham bu asar o’zining ilmiy , ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyatini shu paytgacha saqlab kelmokda.
Abulqosim Maxmud ibn
Dostları ilə paylaş: |