X-sinf uchun fizika fanidan I-tur maktab bosqichi uchun testlar. 1. Motorli qayiqning daryo oqimi bo‘ylab suzgandagi qirg‘oqqa nisbatan tezligi 6 m/s, oqimga qarshi suzganda esa 4 m/s. Daryo oqimining tezligi (m/s) nimaga teng?A) 0,5; B) 1; C) 2,5; D) 5.
2. Jism 15 m/s tezlik bilan vertikal pastga qarab tashlandi. U 2 s o‘tgach qanday tezlikka erishadi (m/s)?
A) 25; B) 35; C) 30; D) 45.
3. Jism qanday tezlik bilan vertikal otilsa, u 6 s dan so‘ng otilgan joyiga qaytib tushadi (m/s)?
A) 20; B) 35; C) 30; D) 40.
4. Yuqoriga tik otilgan jismning tezligi 2 s o‘tgach, ikki marta kamaydi. U qanday tezlik bilan otilgan?
A) 30; B) 40; C) 50; D) 60.
5. Massalari 100 g va 150 g bo‘lgan ikki metall sharcha bir xil tezlik bilan tik yuqoriga otildi. Ularning qaysi biri balandroq ko‘tariladi?Havoning qarshiligini hisobga olmang.
A) massasi kichik bo‘lgan sharcha;B) massasi katta bo‘lgan sharcha;
C) ikkalasi bir xil balandlikkacha ko‘tariladi;D) berilgan ma’lumotlar yetarli emas.
6. Aylanma harakat 50 ta tishi bo‘lgan g‘ildirakdan 150 ta tishi bo‘lgan g‘ildirakka uzatilmoqda. Birinchi g‘idirak 2 s davomida bir marta to‘liq aylanib chiqsa, ikkinchi g‘ildirakning aylanish davri qancha?
A) 3 s; B) 7,5 s; C) 5 s; D) 6 s.
7. Egri chiziqli tekis harakatda quyidagi kattaliklarning qaysi biri o‘zgarmaydi?
A) oniy tezlik moduli; B) tezlanish moduli;
C) o‘rtacha tezlik moduli; D) tezlanish vektori.
8. Egri chiziqli tekis harakatda tezlanish vektorining yo‘nalishi qanday?
A) trayektoriyaning egrilik radiusi bo‘yicha markazga;B) trayektoriyaga urinma;
C) harakat trayektoriyasi bo‘yicha;D) egri chiziq radiusi bo‘yicha markazdan tashqariga.
9. 125 m balandlikdagi minoradan jism 30 m/s tezlik bilan gorizontal yo‘nalishda otildi. Jismning uchish uzoqligini aniqlang.
A) 300 m; B) 120 m; C) 240 m; D) 150 m.
10. Jism yerdan gorizontga nisbatan 30° burchak ostida 20 m/s boshlang‘ ich tezlik bilan otildi. Boshlang‘ich tezlik vektorining gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarini aniqlang (m/s).
10 va 14,1; B) 17,3 va 10; C) 14,1 va 10; D) 20 va 10.
11. Gapni to‘ldiring. Tinch holatda turgan yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanayotgan sanoq sistemalari ... deyiladi.A) ... nisbiy sanoq sistemalari; B) ... inersial sanoq sistemalari;C) ... noinersial sanoq sistemalari; D) ... absolyut sanoq sistemalari.
12. Massasi 10 kg bo‘lgan jism 20 N kuch ta’sirida qanday harakat qiladi?
A) 2 m/s tezlik bilan tekis;B) 2 m/s2 tezlanish bilan tezlanuvchan;
C) 2 m/s2 tezlanish bilan sekinlanuvchan;D) 20 m/s tezlik bilan tekis.
13. 1 m/s2 tezlanish bilan yuqoriga ko‘tarilayotgan liftda 50 kg massali odam turibdi. Odamning og‘irligi qanchaga teng (N)?
A) 50; B) 500; C) 450; D) 550.
14. Qo‘zg‘almas blokka arqon orqali massalari m1 va m2 bo‘lgan yuklar
osilgan. Ular qanday tezlanish bilan harakatlanadi? m1 < m2 deb olinsin.
A) a = g; B) a = g ; C) a = g ; D) a = 0.
15. Liftning qanday harakatida undagi jismda yuklama vujudga keladi?
A) Yuqoriga o‘zgarmas tezlik bilan;B) Pastga o‘zgarmas tezlik bilan;
C) Yuqoriga o‘zgarmas tezlanish bilan;D) Lift harakatsiz bo‘lganda.
16. Yo‘ldoshning geostatsionar orbitasi deyilganda nima tushuniladi?
A) Yo‘ldoshning Yer sirtidan minimal orbitasi;B) Yo‘ldoshning Yer sirtidan maksimal orbitasi;C) Yo‘ldoshning Yer sirtidan ma’lum balandlikda siljimasdan turish orbitasi;D) Yo‘ldoshda kosmonavtlar kuzatuvlar olib boradigan orbita.
17. Dinamometr uchlariga ikkita 60 N dan bo‘lgan qarama-qarshi kuchlar qo‘yilsa, dinamometr necha nyutonni ko‘rsatadi?
A) 15; B) 30; C) 60; D) 120.
18. 3 N va 4N kuchlar bir nuqtada qo‘yilgan. Kuch yo‘nalishlari orasidagi
burchak 90°. Teng ta’sir etuvchi kuch moduli qanday (N)?
____________________________________________________
19. ... turli shakldagi harakatlar va o‘zaro ta’sirlarning miqdoriy o‘lchovidir. Gapni to‘ldiring.____________________________________
20. Energiyaning SI dagi birligi nima?____________________________
21. … kuchning shu kuch ta’sirida ro‘y bergan ko‘chishga skalyar ko‘paytmasiga teng bo‘lgan kattalik. Gapni to‘ldiring._________________
22. Energiya hech qachon yo‘qolmaydi ham, yo‘qdan paydo bo‘lmaydi ham u faqat bir turdan boshqasiga aylanishi mumkin. Bu nimaning ta’rifi ?
________________________________________________________
23. Foydali ishning to‘la ishga nisbati nimani anglatadi?
____________________________________________________________
24. Sistemaning … deb, uning kinetik va potensial energiyalarining yig‘indisiga aytiladi Gapni to‘ldiring.
______________________________________________________
25. … to‘qnashish deb, ikki yoki undan ko‘p jismlarning juda qisqa vaqt davomidagi ta’sirlashuviga aytiladi. Gapni to‘ldiring.