Удлинить – Uzaytirish buyrug’i «Удлинить» - Uzaytirish tahrirlash buyrug’i ob'yekt yoki ob’yektlarni boshqa bir chegara ob’yekt yoki ob’yektlargacha uzaytirishni nazarda tutadi.
Tahrirlash ketma – ketligi:
Uzaytiruvchi chegara ob’yekt yoki to’g’ri chiziq tanlanadi.
Tahrirlash panelidan «Удлинить» - Uzaytirishbuyrug’i tanlanadi.
Sichqoncha ko’rsatkichi ob’yektlarni tanlash rejimiga o’tadi.
Uzaytiriladigan ob’yektlar sichqoncha yordamida tanlab chiqiladi.
Разорвать в точке – Bir nuqtada uzish buyrug’i U shbu tahrirlash buyrug’i ob’yektni bitta nuqtada uzib ikkita ob’yekt hosil qilishni nazarda tutadi. Tahrirlash buyrug’i aylana va ellipslardan boshqa barcha ob’yektlarni ikkita ob’yektga ajrata oladi.
Tahrirlash ketma – ketligi:
Tahrirlash panelidagi «Разорвать в точке» - Bitta nuqtada uzishbuyruq piktogrammasi tanlanadi.
S ichqoncha ko’rsatkichi ob’yektlarni tanlash rejimiga o’tadi.
Uziladigan ob’yekt sichqoncha yordamida tanlanadi.
S ichqoncha ko’rsatkichi yordamida ob’yektning uzilish nuqtasi tanlanadi.
Ob’yekt ikkita aloxida ob’yeftga bo’linadi.
Разорвать – Uzish buyrug’i T ahrirlash buyrug’i ob’yektda uzilish hosil qiladi. Ya’ni ikkita nuqtada uzib oraliq ob’yektni olib tashlaydi. Ushbu tahrirlash buyrug’i barcha ob’yektlarda uzilish hosil qila oladi.
Tahrirlash ketma – ketligi:
Tahrirlash panelidagi «Разорвать» - Uzishbuyruq piktogrammasi tanlanadi.
Sichqoncha ko’rsatkichi ob’yektlarni tanlash rejimiga o’tadi.
Ob’yektdagi uzilish hosil qilinadigan birinchi nuqta tanlanadi.
Ob’yektdagi uzilish hosil qilinadigan ikkinchi nuqta tanlanadi.