Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar fanining o’quv-uslubiy majmuasi


Rahbarning avtomatlashtirilgan ish joyi



Yüklə 9,75 Mb.
səhifə26/108
tarix10.12.2023
ölçüsü9,75 Mb.
#139555
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   108
Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar fanining o’quv-uslubiy ma

2.Rahbarning avtomatlashtirilgan ish joyi.
Rahbarning AIJ o‘zining tuzilmasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
—tarqatilgan;
—lokallashgan.
Rahbarning tarqatilgan AIJ—monitor, klaviatura hamda sichqonchadan iborat va boshqa barcha funksional qismlar uning yordamchisi yoki kotibada bo‘ladi. Lokallashgan tuzilma avtonom ishlash va funksional yopiqlik bilan ta’minlanadi.
Rahbarning AIJni yaratishda ikkita asosiy funksiya hisobga olinadi:
tezkor boshqarish va qarorlar qabul qilish. Shuning uchun ham, rahbarning AIJ quyidagi talablarga javob berishi kerak:
—doimiy ravishda ishonchli axborotlar bilan to‘ldirilib boriluvchi, kirish chegaralangan, rivojlangan ma’lumotlar bazasi (MB);
—axborotlarni tezkor izlash;
—axborotlarni ko‘rgazmali tasvirlash;
—haqiqiy sharoitga maksimal moslashtirilgan, ishlash uchun optimal kirish sharoitini ta’minlovchi muloqot dasturiy vositalarning mavjudligi;
—boshqa axborot manbalari bilan tezkor aloqani ta’minlash;
—texnik va dasturiy vositalarning yuqori ishonch bilan ishlashi hamda oddiyligi;
—AIJ xotirasida qabul qilingan qarorlar tajribasini to‘plash imkoniyati mavjudligi. Shunday qilib, rahbarning AIJish faoliyatini ta’minlovchi; qarorlar qabul qilish; qo‘lda bajariladigan ishlar; kommunikatsiya kabi tizim- chalarni qamrab olishi kerak.. Rejalashtirilgan barcha tadbirlarni tashkil qilish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini rahbar yordamchisi yoki kotiba bajaradi. Majlislar bayonnomasi rahbarning AIJdagi maxsus elektron yozuv daftarchasiga yoki uning AIJ bilan bir tarmoqdagi boshqa AIJga maxsus faylga yoziladi. Faoliyatning ma’lum bir bosqichida bajarilgan ish natijalarini baholash uchun arxivlashtirish lozimdir. Rahbar o‘z ishini dasturning dispetcher bo‘limi orqali rejalash- tiradi. Shaxsiy arxiv uzoq muddatga mo‘ljallangan yozuvlarni saqlashga xizmat qiladi. Masalan, korxonalar, shaxslarning telefonlari, manzili, shablonlar hamda tez-tez ishlatiladigan shakllar va boshqa shu kabilar. Topshiriqlar kartotekasidan rahbarning shaxsiy topshiriqlari joy oladi.

Yüklə 9,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin